Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
141 bo‘rilarga achinib, ularni ko‘paytirmoqchisan — shundaymi? Quloq boshing bilan o‘ylab ko‘r, axir! Men butun boshli bo‘ri bolasini quritdim. Demak, davlatga juda katta foyda yetkizdim. Sen esa, ularni iniga qaytarmoqchisan. O’ssin, unsin, bo‘rilar ko‘paysin — shunday demoqchimisan? Niyating shumi? Yana meni sotib ham olmoqchisan. — Seni sotib olib boshimga uramanmi! Bo‘ri bolalarini olmoqchiman. Bekor meni qo‘rqityapsan, sudga beradiganday do‘q-po‘pisa qilyapsan. Sen oldin sal kallangni ishlat, nima qilyapsan, shundan keyin qanday odam bo‘lding! Zo‘r ekansan, avval katta bo‘rilarni yo‘qotgin edi! Ayniqsa, ona bo‘rini! Inini topib boribsan-ku, axir. Kuching yetmasa, boshqalarga aytishing kerak edi, shunday-shunday deb. Kuchi yetadigan odam qilsin edi bu ishni. — Kim ekan u — senmi? — Men bo‘lsam, nima! Ana endi katta bo‘rilarni topib bo‘psan. Tutqich bermaydi. Ini buzilgandan keyin ketadi boshi oqqan tomonga. Dumini tutqizmaydi. Endi atrofdagi duch kelgan mol-holni bo‘g‘izlab ketaveradi. Odamdan qasdini oladi. Qani ushlab ko‘r-chi, ularni. Buni o‘ylaganmiding? — Gapir-a, gapir. Yaxshi, bo‘riga ham advokat chiqibdi. Kim ishonadi bu gaplaringga? Odammidi ular senga, bo‘ri-ku bitgani. Qachon qarasa, boshni aylantirganing-aylantirgan. Laqillatmay qo‘ya qol. Ichingdagini shundoq ko‘rib turibman! Senga boshqa narsani aytmoqchiman. Agar bu yerga bir jig‘ini ezib qo‘yay deb kelgan bo‘lsang...— Bozorboy so‘zini tugatmay taqir boshidan qalpog‘ini shart tortib oldi-da, xuddi buqaday Bo‘stonga xezlanib keldi. Ular pishillab nafas olgancha baqamti, yuzma-yuz turib qoldilar, bir-birlariga yeb yuborguday bo‘lib qarashardi. — Xo‘p, qani, nima demoqchisan? — ovozi xirillab so‘radi Bo‘ston.— Bo‘l, vaqtim yo‘q! — Bilaman, sen Xudo urgan ziqnasan, doim o‘z foydangni ko‘zlaysan. Shuning uchun majlisma- majlis yurganing-yurgan, cho‘ponlar mensiz hal qilib qo‘yishmasin deb. Lekin birovning kosasi oqarganligini ko‘rolmaysan. Ichingni it tatalaydi- boshqaning ro‘shnoligini ko‘rganda. Ammo buni hech kim bilmaydi. O’ljani sen olmading, sen bo‘ri bolalarini qo‘lga tushirmading, yuraging kuyib ketyapti ilon chaqqanday kechasi bilan to‘lg‘anib chiqasan, birovning baxtini ko‘rgani ko‘zing yo‘q! — Tuf senga-ey! — toqati toq bo‘ldi Bo‘stonning.— Hali senga o‘xshagan ablah bilan gaplashib o‘tiribmanmi! E, o‘zim ahmoq! Bilganimda qadam bosmasdim! Bas, yetar! Tamom! Endi bersang ham, olmayman. Bor, ishingni qil! Hazilakam jahli chiqmagan Bo‘ston otni qoziqdan zarda bilan yechdi, qorinbog‘ni shunday tortdiki, ot dosh berolmay tebranib ketdi, so‘ng shahd bilan o‘zini egarga oldi. Shunchalar qoni qaynagan ediki, hatto orqasidan Bozorboyning xotini chaqirganini ham eshitmadi. Sho‘rlik xotin pichagina kech qoldi. Uydan eshikka chiqib, u eri kim bilandir qo‘llarini paxsa qilib, qattiq-qattiq gaplashayotganligini ko‘rdi. «Kim bo‘ldi bu? — o‘ylanib qoldi u.— Bo‘stonga o‘xshaydi-ku siyoqidan, nima qilib yuribdi ekan, biz yoqlarda?»—Shunda u erkaklar nimadir to‘g‘rida tortishayotganlarini payqadi. Shoshilib ular tomon yurdi. Lekin ulgurolmadi. Bo‘ston saman otiga minib, ancha nariga borib qolgan edi, ko‘rinishi g‘oyatda darg‘azab edi. Tulki tumog‘ini bostirib kiydi- yu, otiga qamchi bosdi, ot uchib ketdi, egasining po‘stini barlari xuddi qanot kabi silkinardi. — Bo‘ston! Bo‘ston! Shoshma! To‘xtab tur! — qichqirdi Ko‘k Tursun, lekin Bo‘ston qayrilib qaramadi — kim bilsin, balki eshitmadi, balki o‘girilib qarashni istamadi. — Nega kishini xafa qilding? Nimani talashdinglar! — surishtira ketdi Ko‘k Tursun Bozorboydan. — Ishing bo‘lmasin! O’chir ovozingni, nega uni chaqirasan? Kiming bo‘ladi? — Yuz yilda bir uyingga kelibdi, sen bo‘lsang! E! Kim seni bunday qilib tuqqan o‘zi, a?! Odam emas, vahshiysan, vahshiy! Xotinining so‘zlaridan Bozorboyning badaniga o‘t tutashdi. U jingirtob bo‘lib, dik etib to‘nka ustiga chiqdi-da, Bo‘stonning orqasidan bo‘kira ketdi: — Onangni...palon-piston! Kim deb o‘ylovding meni! Malaying bormi senga bu yerda! He, onangni palon... — Bas! Bas qil! — Ko‘k Tursun shahd bilan borib erini to‘nkadan tortib tushirdi.— Mana, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling