Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
yaxshisi, meni ur! Nega kishini sharmanda qilasan? Nimaga? 
— Qoch, ey, maraz! — siltab tashladi uni Bozorboy.— Senga kim qo‘yibdi! Him-hi, Bozorboy 
unga yalinarmish! Ma, ol, bo‘rilar seniki! Olasan-a, olasan! Ko‘raman olganingni! Hali kim deb 
qo‘yibsan meni! 
— Voy, sho‘rim! Hali bo‘rilarni deb shuncha g‘avg‘omi! — ajablandi Ko‘k Tursun.— Voy, qurib 
ketsin matoh bo‘lmay! Qiyomat qo‘pdimi! Voy, sharmanda... 
IV 
O’sha kuni bo‘rilar joylaridan ko‘chdilar. Uyalarini tashlab ketdilar, tunda bu yerga qaytmadilar 
ham, atrofda daydib yura boshladilar. Dam biron joyda g‘amga botib uzzukun cho‘zilib yotishar, dam 
tevarakni charx urib kezishar, o‘zlarini unchalar ham yashirishmas, odamlardan ehtiyot bo‘lishni bas 
qilganday, aslo tap tormas edilar. O’sha kunlari atrofdagi ko‘p cho‘ponlar ularni hech kutilmagan 
joylarda ko‘rib qolar edilar. Ona bo‘ri xuddi es-hushidan ayrilganday doim oldinda boshini quyi 
solintirib borar, erkak bo‘ri esa undan qolmay ergashgan edi. Juft bo‘ri xuddi o‘lim istaganday xavf-
xatarga parvo qilmay qo‘ygandi. Ular bir necha marotaba itlarning yuragiga vahima va xarosonlik 
solib, uylar hamda qo‘tonlar yaqinidan o‘tdilar. Itlar jon holatda akillashar, quturib, hujumga 
tashlanmoqchi bo‘lishar, lekin bo‘rilar ularga mutlaqo e’tibor berishmas, hatto orqalaridan o‘q 
uzishganda ham, qadamlarini tezlatmay, xuddi miltiq ovozini eshitmaganday yo‘llarida davom 
etardilar. Bu taajjub bo‘rilarning telbaligi tillarda doston bo‘ldi. Akbara bilan Toshchaynar bo‘rilar 
rasmini unutib, odamlarga daf qila boshlaganlarida hammayoq shov-shuv bo‘lib ketdi. Bir gal kuppa-
kunduzi ular yo‘lning o‘rtasida traktorchi yigitga tashlanganlar. U xashak olib ketayotgan ekan. Rul 
ishlamay qolibdi-da, traktorchi yigit nima gap ekan deb, pastga tushibdi. Tuzataman deb, ancha 
urinibdi. Bir mahal eriy boshlagan qor ustidan ikki bo‘ri o‘ziga tomon yurib kelayotganlariga ko‘zi 
tushib qolibdi. Hammasidan ham bo‘rilarning ko‘zlari uni lol qilib qo‘yibdi. Keyin uning hikoya qilib 
berishicha, bo‘rilarning ko‘zlari quturib ketgan, bir nuqtaga tikilgan, ona bo‘rining esa yoli pastroq, 
boshi solingan, ko‘zlari ko‘m-ko‘k emish. Uning ko‘zlariga xuddi yosh to‘lib turganday, xuddi shisha 
kabi qotib qolganday emish. Ular yaqinlab kelishayotganda, yaxshiyamki, yigitcha o‘zini yo‘qotib 
qo‘ymabdi. Kabinaga sakrab chiqib, eshikni yopib olibdi. Murvatini buragan ekan, motor darrov o‘t 
olibdi. Aks holda doim motorni pastdan aylantirib yondirar ekan. Omadi yurishganini qarang. Traktor 
tarillab yurib ketibdi. Bo‘rilar o‘zlarini chetga olishibdi, lekin bari-bir, butunlay ketmay, traktorga dam 
u tomondan, dam bu tomondan yaqinlashmoqchi bo‘lishaveribdi. 
Boshqa bir safar esa bir qo‘ychivon bola mo‘‘jiza bilan omon qolgan. Uyam kunduz kuni ro‘y 
bergan. Eslikkina bola eshagiga minib o‘tin-cho‘p olib kelish uchun yo‘lga chiqqan. Hovlidan unchalik 
ham yiroq ketmay, butazorda quruq shox-shabbalarni chopib yig‘a boshlagan ekan, bir mahal ikki bo‘ri 
qaydandir paydo bo‘lgan. Eshak hatto ovoz chiqarolmay qolgan. Uni ko‘z ochib-yumguncha tilka-pora 
qilib tashlaganlar. Bola qo‘lidan o‘tkir o‘rog‘ini qo‘ymay jon holatda qochgan, qo‘tongacha chopib 
kelib yiqilgan va g‘ayritabiiy ovoz chiqarib dodlayvergan. Odamlar qo‘radan miltiqlarini ko‘tarib 
chiqib, butazorga borib qarasalar, bo‘rilar shoshilmay adir orqasiga o‘tib ketishayotgan ekan. Ular o‘q 
tovushlarini eshitib ham, hatto qadamlarini tezlatishmagan... 
Shundan sal keyinroq bo‘rilar qo‘tondan picha nariga o‘tlatish uchun olib chiqilgan bo‘g‘oz 
sovliqlarni qiyratishgan. Nima bo‘lganini hech kim ko‘rmay qolgan. Tasodif bilan omon qolgan 
qo‘ylar qo‘raga tiraqaylab qochib kelganlaridagina ishdan voqif bo‘lganlar.. O’tloqda o‘n besh 
chog‘lik bo‘g‘oz sovliq qoniga belanib yotardi. Hammasi bema’nilarcha, vahshiyona bir tarzda 
bo‘g‘izlab tashlangan edi. 
Shunday qilib, Akbara bilan Toshchaynar quturgandan quturishdi. Ular haqida bir-biridan 
qo‘rqinchli gaplar tarqaldi. Lekin, odamlar faqat sirtdan qarab fikr yuritishar, bu qasosning asl 
sabablarini bilishmas — ona bo‘ri indan o‘g‘irlab ketilgan bola-larini sog‘inib bo‘zlab, alam o‘tida 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling