Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 erkalaganlarini ko‘rib, Gulimxon nihoyat yengil tortdi. Bo‘ston o‘zi kenjasini qattiq suyar, shuning uchun ham unga Kenjabek — naslning kenja begi deb nom qo‘ygandi. Cho‘ponlar hamma vaqt bek bo‘lishlikni orzu qilganlar, lekin taqdirning kulgisini ko‘ringni, hamma vaqt cho‘ponlar — cho‘pon bo‘lib qolaverganlar. Bo‘ston ham bundan mustasno emasdi. Ular o‘g‘ilchani o‘rtalariga olib yotgancha uxlab qoldilar. Lekin, hayal o‘tmay yana mungliq bo‘ri ulisidan cho‘chib uyg‘ondilar. Itlar yana bezovta vovullasha boshladilar. — Voy, yana nima bo‘ldi? Qurib ketsin shu turmush! — uyqu azobidan norozi bo‘lib dedi Gulimxon va shu zahoti aytgan so‘zi uchun afsuslandi. Bo‘ston indamay o‘rnidan turib, qorong‘uda timirskilanib kiyimini ustiga ila boshladi.— Ketmang,— iltijo qildi xotini.— Uvlasa uvlayversin...Men qo‘rqaman, Kerakmas, ketmang! Bo‘ston ko‘na qoldi. Shunday qilib, ular qop-qorong‘u tunda, zimiston qoplangan tog‘larda, qorong‘u uyda bo‘rilarning nolakor uliganiga quloq tutib yotardilar. Tun yarmidan og‘gan, halizamotda tong oqaradi, bo‘rilar esa hamon qayg‘uli, alamangiz uv tortganlari tortgan edi. — Odamning jonini sug‘urib olay deydi-ya. Ularga nima kerak ekan o‘zi? — o‘zini tutolmay dedi Gulimxon. — Nima kerak bulardi? Bolam qani, deb so‘rashyapti-da, javob berdi Bo‘ston. — Bolalari bu yerda emas-ku, axir. Olib ketdilar-ku allaqachon. — Ular ne bilsin buni? — dedi Bo‘ston.— Bular — Xudoning maxluqi. Faqat bitta narsani bilishadi: izlar ularni shu yergacha olib kelgan. Shu yerda ular uchun hamma narsa tamom bo‘lgan — dunyo oxir bo‘lgan. Qani, borib ularga shuni tushuntirib ko‘r-chi. Attang, o‘shanda uyda o‘zim bo‘lmabman-da! Bozorboy ablahning shu ishi uchun bo‘ynini qayirib tashlardim. O’ljani olgan u — o‘lponini biz to‘laymiz... Xuddi uning so‘zlarini tasdiqlaganday qo‘tonlar va qo‘y qo‘ralari uzra bo‘rilarning dam mungli va og‘ir, dam darg‘azab va qahrli uvvoslari taralar — alamidan o‘zlarini qo‘yarga joy topmagan bo‘rilar atrofda tinmay izg‘iganlari izg‘igan edi. Ayniqsa, Akbara o‘rtanib yonardi. U xuddi mozorga borgan xotindek nola chekardi. Shuni Gulimxon Ernazar dovonda nobud bo‘lganda, boshini devorga urib yig‘laganlarini esladi. Shu tobda alamidan dod deb yuboray dedi. Bo‘stonni uyg‘otib unga hamma-hammasini bir chekkadan so‘ylab berishiga oz qoldi, bundan o‘zini bazo‘r to‘xtatdi. Ular shu tariqa mijja qokmay yotishar, yolg‘iz ma’sum go‘dak Kenjashgina miriqib uxlardi. Ona bo‘rining bolalaridan ayrilib tinmay uv tortayotganini tinglarkan, ona Gulimxon garchi hech qanday xavfu xatar bo‘lmasa ham, o‘z farzandidan tashvishlanardi. Tog‘larning boshi oqardi. Qorong‘ulik ko‘k toqlarida erib bormoqda. Tungi posbonligini o‘tagan yulduzlar birin-birin o‘chmoqda. Olis-yaqin cho‘qqilar ravshan tortdi. Yer — yerga o‘xshay boshladi. Mana shu soatda Akbara bilan Toshchaynar tog‘larga, Boshat darasi tomon ketib borardilar. Ularning soyalari dam adir-tepaliklarga tushar, dam qorong‘ulik ichra yo‘qolardi. Bo‘rilar boshlarini xam qilgancha kadam tashlar — bolalaridan ayrilish oson bo‘lmaganidek, tun bo‘yi ulib chiqish ham oson emasdi. Ular yo‘l-yo‘lakay o‘lja qo‘tos to‘shi qolgan yalanglikka o‘tishlari ham mumkin edi. Odatda ular to‘yib-to‘yib et yeyishdan o‘zlarini tiyib o‘tirmasdilar. Lekin Akbaraning ko‘ngli shu tobda et tusamadi va Toshchaynar ham, unga buni eslatishga yuragi betlamadi. Quyosh chiqay deb qolgandi. Akbara inga yaqinlasharkan, birdan xuddi uni bolakaylari kutib turgandek, yugurgilab chopib ketdi. Ushbu g‘alati holat — o‘z-o‘zini aldash Toshchaynarga ham yuqdi. Endi ular ikkovlan dara ichidan halaka otib yugurib borishar, bulturuqlarni yana tezroq ko‘rmoq umidi yuraklarini hapriqtirardi. Yana bari takror bo‘ldi. Akbara changalzor oralab sho‘ng‘idi, kamarga kirdi, o‘zini qoya tagidagi iniga urdi, yana hamma yoqni iskab chiqdi, sovugan o‘rnini timdaladi, yana bulturuklar g‘oyib bo‘lganiga ishondi, faryod chekib, o‘zini indan tashqariga otdi, ko‘ziga alamidan hech narsa ko‘rinmay, g‘or og‘zida duch kelgan o‘ng‘aysiz Toshchaynarni yana tishlab-tishlab oldi, yana jilg‘a |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling