Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
135 yechishga qarashdi, suv, sovun, sochiq keltirdi. Erining qo‘liga indamay suv quydi, ular odatda, keyin — choy ustida bafurja o‘tirib gaplashishadi. O’shanda eri: «Mana, endi quloq sol, dunyoda nimalar bo‘lmaydi-ya»,— deydi-da, ko‘rgan-bilganlarini hammasini bir boshdan oqizmay-tomizmay hikoya qilib beradi. Ular ikkovlari mana shunday yolg‘iz qolgan paytlarida o‘zlarini juda yaxshi sezishadi. Bu bir-birlariga juda yaqin bo‘lib ketgan odamlarning o‘zaro gapi,— u xuddi tanish sohilga o‘xshaydi, qaeri past, qaeri chuqur-oldindan ma’lum. Esida, Orzigul qazo qilganiga bir yildan oshgan, barcha ta’ziya marosimlari o‘tgan edi. Ular aloha turmush quradigan bo‘lishdi. O’shanda Bo‘ston uning ko‘l bo‘yida joylashgan qishloq chekkasidagi uyiga tog‘dan tushib keldi. O’shanda ular Bo‘stonning otini otxonada qoldirib, odamlar ko‘z o‘ngida o‘zlarini birgalikda g‘oyatda o‘ng‘aysiz his qilib, avtobusga o‘tirib, rayon ZAGSiga borishdi, zarur qog‘ozlarga tezgina qo‘l qo‘yib, tezgina chiqib ketishdi, keyin yana avtobusga o‘tirgilari, ko‘chalarda tanish odamlarni uchratgilari kelmay ko‘lga karab yurishdi, so‘ng sohil bo‘yidan uning beva boshpanasiga o‘tishdi. Kuzning quruq kunlari. Qilt etgan shabada yo‘q. Issiqko‘lning tiniq moviy yuzasi har qachongidan g‘oyatda sokin va shaffof edi. O’shanda Bo‘ston tilog‘och butazori o‘sgan sohilga tushgan so‘qmoqning boshida qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan ikki qayiqni ko‘rib to‘xtadi. Qayiqlar ohista chayqalishar, suvning qumloq tagi yaqqol ko‘rinib turardi. «Qara, atrof suv, tog‘lar, yer — mana shuning hammasi hayot. Manov ikki qayiq esa tob sen bilan menga o‘xshaydi. To‘lqin bizni qayoqqa boshlab ketadi — hali ko‘ramiz. Boshimizga nimalar tushdi, nimalar kechirdik — to tirik ekanmiz, doim xotiramizda turadi, bizdan qochib ketmaydi. Ke, doim boshimiz qovushib, birga bo‘laylik. Meni chol desang ham bo‘ladi. Qish kirsa, qirq to‘qqizga to‘laman. Sening bolalaring esa yosh, ularni o‘qitish, odam qilish kerak... Yur, bud-shudni yig‘ishtiraylik. Baliqchining qizisan. Seni tog‘larga olib ketaman... Men bir o‘zim yasholmayman, toqatim qolmadi...» Gulimxon negaligini o‘zi ham bilmagan holda yig‘lab yubordi, Bo‘ston uni uzoq yupatib turdi... Keyin o‘zlari yolg‘iz qolgan chog‘larida turmush haqida gaplashishar ekan, Gulimxon tez-tez sohildagi o‘sha ikki qayiqni eslardi. Shuning uchun ham, eng yaqin odaming bilan qiladigan suhbating xuddi tanish sohilga o‘xshaydi, deb o‘ylardi u. Biroq, bu safar eri nazarida odatdagidan sal tashvishliroq ko‘rindi. Bo‘ston dahlizdagi lip-lip qilib turgan chiroqning yorug‘ida yirik dag‘al qo‘llarini sochiqqa atay erinmay artardi. U xotiniga qaraganda bo‘yi ancha baland, bir oz qisilgan ko‘kimtir ko‘zlari norizo boqar, shamollar yalayverib pishigan cho‘ng va quyma dahani qurch kabi qoraygan edi. Tinchlikmikin ishqilib? Qo‘llarini artib bo‘lgach, Bo‘ston Kenjash tepasiga bordi. O’z qo‘li bilan yasagan yog‘och karavot oldida cho‘k tushib o‘tirdi, o‘g‘lini erkalab dag‘al lablarini uning yuziga bosdi, kichkintoy otasini sezib, o‘rnidan shirin qimirlab qo‘ydi, buni ko‘rgan Bo‘ston beixtiyor jilmaydi. — Men yo‘g‘imda bu yerga Bozorboy kelgan emish,— deb so‘z qotdi u ovqatga o‘tirarkan.— Xosiyati yo‘q bu ishning... Gulimxon bu so‘zlarni o‘zicha tushunib, qizarib ketdi, jahlini bosib xafa bo‘lib dedi: — Men nima qilay axir? O’zlari uyga bostirib kelib qolishdi. Bo‘ri bolalarini tutishgan ekan, ko‘rsatamiz deyishdi. Kenjash yopishib olsa bo‘ladimi — yosh bolaga o‘yin-da... Choy qo‘ydim keyin oldilariga. — Buni aytayotganim yo‘q. Mayli-ku-ya, o‘zi kelar yor-yor, o‘zi ketar yor-yor. Xosiyatsiz odam deyman-da... — Nima qipti shunga?— uning nima demoqchiligini anglolmay dedi Gulimxon.— O’zingiz ham bo‘rilarni otgansiz-ku. Ana, terisi bulturdan beri osilib yotibdi, xo‘pam yaxshi oshlashgan ekan terisini,— u devordagi bo‘ri terisiga ishora qildi. — Turishga-ku turibdi-ya,— javob berdi Bo‘ston xotiniga bo‘sh piyolani uzatarkan. Gaping rost, men ham bir payt bo‘ri otganman. Nima qilaylik, dunyo shunday qurilgan ekan, bir yoqda odam bor ekan, bir yokda bo‘ri. Lekin men hech qachon bo‘ri uyasini to‘zg‘itmaganman. Shumqadam Bozorboy deganing bo‘ltiriqlarni o‘g‘irlab olibdi, katta bo‘rilar esa omon qolibdi, endi ular toza quturishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling