Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
tomosha qilgani kelgan xotinlar bir-birlariga pichirlasha boshlashdi. 
Bozorboy,— dedi Gulimxon,— bu yerda sut berib boqilayotgan qo‘zilar bor. Qo‘zilarning 
sutidan bo‘richalarga ichirsak, bo‘lmasmikin? 
— Bo‘ladi!— kulib yubordi Bozorboy.— Qo‘ylar bo‘rilarni boqsin. Qoyil! Qani, olib kelinglar! 
Ularning har biri keyin mana shu soatni eslab, qo‘rqib yoqasini ushlaydi. Yirtqich bolalarini qo‘y 
suti bilan boqishayotgani ham, bo‘richalarning erkalanib, alpong-talpong qadam tashlashlari ham, 
ulardan birining ko‘zi ko‘k ekanligi ham yig‘ilganlarga qiziq ermak bo‘lib tuyulardi. Axir, qiz 
bo‘rining ko‘zi ko‘k bo‘ladi deb, kim eshitgan? Bunaqasini faqat cho‘pchaklardagina uchratish 
mumkin. Bo‘stonning kichkintoyi Kenjashning hursand bo‘lganini aytmaysizmi? Birdan to‘rtta shirin 
dumalashib yurgan bo‘richalarni ko‘rib kichkintoyning ko‘zlari o‘ynab ketdi. Bir yarim yashar 
Kenjash faqat o‘zi tushunadigan tilda allanarsalar deb chuldirar, bo‘rivoylar bilan achomlashib 
o‘ynashar, buni ko‘rib, kattalarning zavqi kelardi. To‘rtala bo‘richa ham xuddi bu yerdagi eng yaqin va 
ishonchli kimsalariday negadir tinmay unga suykalishardi. Kattalar: qarang, bola bolani biladi-da, deb 
bir-birlariga so‘z qotishar, Gulimxon, o‘g‘lingiz asti nimalar deyapti, deb so‘rashardi. Gulimxon esa 
ochilib-sochilib, o‘g‘ilchasini bag‘riga bosar, erkalardi: 
— Voy, kuchuk, kuchugim, voy seni qara! Ko‘rdingmi bo‘richalarni. Qara, qanday yumshoq
chiroyli. Sen ular bilan o‘rtok bo‘lasanmi, a? Shunda Bozorboy bir so‘z dedi. Uning bu so‘zlarini keyin 
eslab yurishdi: 
— Uydagi bitta bo‘ri beshta bo‘ldi. Bo‘ri bo‘lishni xohlaysanmi? Voy, Bo‘stonning to‘rva 
qoqdisi-ey, seni bular bilan bo‘ri iniga oborib qo‘yaymi, birga katta bo‘lasan... 
Hammalari hazil-hazil qilib kulishar, choy ichishardi. Bozorboy bilan Marat yarimtani tugatishgan, 
yuzlari qip-qizarib, bo‘g‘riqib ketgan, qovurilgan go‘sht-yog‘ yeyishar, ichgan sayin o‘zlari ham, tillari 
ham yechilib borardi. Hovli jim-jit bo‘lib qoldi — itlar vovullashdan to‘xtashdi, junlari qalin kattakon 
Jayson degan malla it esa birdan yarim ochiq qolgan eshik ostonasida paydo bo‘ldi. U eshik oldida 
turib dumini likillatar, ichkariga kirishga yuragi betlamasdi. Unga bir burda non tashlashdi, it nonni 
havoda ilib oldi, tishlari shaqillab ketdi. Shunda kayfi chog‘ Marat hammani quldirish uchun 
bo‘richalardan birini ushlab ko‘tardi-da uni itga ro‘para qildi. 
— Qani, Jayson, ol, ol buni! Ol deyman!— u qaltirab turgan murg‘ak bo‘richani it oldiga tashladi. 
Hammani hayron qilib, Jayson jahli chiqib irilladi, dumini qisdi, bo‘ynini ichiga tortib tiraqaylab 
qochib ketdi. Keyin hovliga, derazaning tagiga yetgach, nochor va qulinch vovulladi. Hammalari xa-
xolab kulib yuborishdi. Ayniqsa, Bozorboy qattiq kuldi: 
— Qo‘y, bekorga urinma, Marat! It deganing bo‘rining hidigayoq o‘tirib qo‘yadi! Nima, 
Jaysoningni yo‘lbars deb yuruvdingmi? Bunaqasini hech kim ko‘rmagan! 
Kichkintoy Kenjash bo‘ri bolasi uchun qo‘rqib yig‘lab yubordi. Hamma kulishdan to‘xtadi. 
Kattalarning zil hazillaridan bo‘richani himoya qilmoqchi bo‘lganday, uning oldiga emaklab bordi. 
Ko‘p o‘tmay Bozorboy xurjunga bo‘ri bolalarini soldi-da, jo‘nab ketdi. Bu orada oti ham ancha 
dam olgan, unga boshqatdan zgar-jabduq urishgan, u shundan so‘ng Bo‘ston qo‘rasidan shahdam 
yo‘lga tushgan edi. Marat va Risqul otga minib, yelkalariga miltiq osib Bozorboyning ikki yonida 
kuzatib borishdi. Ularning ikkovlari ham ichishgan, lekin Maratning kayfi oshibroq qolgan, shuning 
uchun og‘zi gapdan bo‘shamasdi. Chaqirilmagan mehmon Bo‘stonning uyidan xayrlashib chiqarkan, 
orada andak ko‘ngilxiralik ham bo‘lib o‘tdi. Ana shuni siporishlash uchun bu baquvvat yigitlar 
Bozorboyni kuzatgani chiqqan edilar. 
Bozorboy uydan chiqmoqchi bo‘lib, qo‘lidagi bo‘richalar solingan xurjunni egarga tashlab 
qo‘yarsan, deganday qilib Maratga berdi. U Bo‘stonning qo‘rasida izzati joyiga qo‘yilgandan xursand 
edi. Bozorboy devorda kattakon bo‘ri terisi yonida osig‘liq turgan miltiqni qo‘liga oldi. U miltiqni 
diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Qoramtir po‘lati yaraqlab turgan, ko‘p o‘qlanadigan, yirik o‘lja urishga 
mo‘ljallangan soyli miltiq ko‘zni quvontirar, u Bozorboyga rostdanam yoqdi. Devorga osilgan bo‘ri 
terisini Bo‘ston shu miltiqdan aniq nishonga urib qo‘lga kiritgan edi. Buni shu atrofda bilmagan odam 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling