Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
128 payida edilar. Bozorboyning esiga shu tobda Xudo tushdi, unga yalinib-yolvora boshladi. Boshqa paytda Xudoning go‘riga g‘isht qalashdan ham toymasdi bu odam. Qaysi go‘rdan kelib qolgan geologlarni bo‘ralab so‘kardi: «Oltinlaring tomoqlaringga tiqilsin!» Xotinini qiynaganlaridan afsuslanar, undan uzr-ma’zur so‘rardi: «Senga so‘z beraman! Tirik qolsam, chertsam, odam emasman!» Bo‘ri bolalarini olganiga tavba qilardi: «Nima qilardim olib! Nimaga kirdim iniga? Hammasini toshga urib, boshini yorib tashlamaymanmi? Endi, nima qildim, qayoqqa qo‘yaman ularni?» Xurjun tasmalar bilan mahkam tortib bog‘langan, ularni yo‘l-yo‘lakay tashlab ketib bo‘lmaydi. Buning ustiga shom qorong‘usi tushyapti, kimsasiz tog‘ yonbag‘irlariga xufton qorasi bostirib kelmoqda — dunyoda hech kimning o‘ladimi, qoladimi, u sho‘rlik bilan ishi yo‘q. Faqat sodiq ot jonivorgina ko‘rkuvdan esini yo‘qotib, bor kuchi bilan chopib bormoqda. Lekin Bozorboy hammadan ham yonida miltiq yo‘qligi uchun achinardi. Miltig‘i bo‘lsa, ularga kursatib qo‘yardi: bitta-bitta otib qulatar-di, o‘qni esa ketkizmasdi. Miltiq topilmas matoh ekanmi deng! Hamma cho‘ponlarning uyida bor. Lekin kim uni doim yonida olib yuradi! Eh, bilganda-ku! Bozorboy yirtqichlarni qo‘rqitish uchun joni boricha bo‘kirardi. Uning barcha umidi otdan edi. Yaxshiyam asl, zotdor ot... Hayot-mamot poygasi... O’g‘irlangan bo‘ri bolalarini xurjunga solgan otliq bilan izma-iz Akbara va Toshchaynar xufton qorong‘uligi tushgan tog‘ oralaridan ana shunday qochdi-quvdi bo‘lib borardilar. Olib qochilgan toyloqlarining hidini sezgan bo‘rilar o‘zlaricha yolvorar, o‘zlaricha tavallo qilardilar. Koshkiydi, ot bir martagina, bir zumgina qoqilsa! Agar buqa go‘shtini bunchalar ko‘p yemaganlarida, quvish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymasmidilar, allaqachon qaroqchiga yetib olib, uni ko‘z yumguncha pora-pora qilib tashlamasmidilar, nasl qoldirish yo‘lidagi azaliy, omonsiz kurashda qonli o‘ch olib adolatni tiklamasmidilar? Mo‘yinqum cho‘llarida sayg‘oq suruklarini tumtaraqay quvgan, ularni o‘zlariga kerak tomonga burish uchun yanada shiddat solib yugurganlari ham gapmi? Lekin katta ovga bo‘rilar qorinlarini to‘ydirmasdan, shiddatli quvg‘inga oldindan tayyorlanib chiqardilar. Bolalarni boqish uchun ustma-ust bo‘kib et yegan Akbara, ayniqsa, qiynalib chopmoqda edi. Lekin u ham bo‘sh kelmas, joni boricha yugurar, agarda otliqqa yetib olsa, bir zum o‘ylab o‘tirmay, nima bilan tugashidan qat’iy nazar, o‘zini jangga tashlardi. Shukrki, yonida Toshchaynari bor, suyanchig‘i va yengilmas madadkori, lekin nima demang, har kimning go‘ri boshqa... Akbara har qanday o‘limga tayyor edi, ishqilib yetib olsa, ishqilib, uchqur otda ketayotgan shu kishini quvib yetsa bas... ishqilib... Garchi Bozorboy chindan ham uchqur ot mingan bo‘lsa ham, lekin bunday qarab, bo‘rilar qadam- baqadam yaqinlab, o‘ng biqinidan yetib kelayotganlari, uni ko‘l tomonga o‘tkazmaslik uchun yo‘lni kesib chiqayotganlarini ko‘rdi. G’addor g‘ajirlar otliqni tog‘ tomonga qarab haydashga zo‘r bermoqda edilar. Shunday qilsalar, ertami, kechmi, baribir, albatta, yuzma-yuz to‘qnashar edilar. Ular niyatlariga erishay deb qolgan ham edilar: hurkib ketgan ot o‘zini yo‘qotib qo‘yib, o‘ng yoqdan daf etayotgan bo‘rilardan qo‘rqib, boshini tog‘lar tomonga burishga urinmoqda edi. Biroq otni ongli maxluq — odam boshqarib bormoqda edi, u yirtqichlarning niyatini anglab turardi, bo‘rilar xuddi shu narsani hisobga ololmasdilar, bu ularning fojiasi edi. Bozorboyni yana bir narsa qutqarib qoldi. Taqdirning marhamati bilan oldinda chiroqlar ko‘rindi. O, omadning kelganini qarang! Ular Bo‘ston O’rkunchiev qo‘rasining chiroqlari edi. Ha-ha, o‘sha ilg‘or quloq Bo‘ston, hech jini yoqtirmaydigan Bo‘ston. Lekin hozir kim kimni yaxshi ko‘radiyu, kim kimni yomon, surishtirib o‘tiradigan payt emasdi. Nima farqi bor. U hozir har qanday qimirlagan tirik jonni ko‘ziga surtishga tayyor. Ishqilib, odamlar yashaydigan joyga yetib keldi-ku — bundan ortiq quvonch bo‘lishi mumkinmi odamga! U axir, qutuldi! U o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, otni yana tovoni bilan qistadi, shunda ot qo‘ralar, odamlar tomonga shamoldeq uchdi. Biroq, ana endi qutuldim deguncha, Bozorboy uchun yana bir asr vaqt o‘tganday bo‘lib ko‘rindi lekin, mana, Bo‘ston qurgan elektr dvijokning pulemyotday tarillagan ovozi eshitilib qoldi, mana, cho‘ponlarning itlari bo‘ri isini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling