Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
131 hushi ham (o‘ziga yetarlicha, fahmi-farosati ham joyida, Bo‘ston va Bozorboy ikkovlari bir-birilariga toqat qilolmasliklarini aniq biladi, lekin zarracha sir boy bermay, uni ochiq yuz bilan qarshi oldi, achingan, tasalli bergan bo‘ldi. Keling, keling, qo‘shnimizning qo‘shnisi, to‘rga o‘ting, ana gilam, o‘tiring, voy, namuncha bo‘rilar sizni quvlamasa, voy, omon-eson qutulibsiz-ey bir balodan, ota- bobolarimizning arvohlari qo‘llabdi sizni, kulfatingiz arigani rost bo‘lsin. Lekin, o‘zlari uyda yo‘q edilar. Rayonga majlisga ketgan edilar, tezda kelib qolishlari kerak. Direktorning «Gazigi»da tashlab ketishmoqchi edi, o‘tiring, o‘tiring, o‘tiring, hozir choy damlab kelaman, birpas shoshmay tursangiz, issiq ovqat ham tayyor bo‘ladi. Ko‘rgilik ekan, hamon mundoq mehmonnavozliklar borligini bildi, Bozorboy har qalay uy bekasini bir sinab ko‘ray-chi, chaqirilmagan qo‘noqqa mehribonchiliklari rostmikan, dedi. Buning ustiga qocha- qocha bo‘laricha bo‘lgan, sal o‘zimga kelvolay deb, ichkisi qistab, aroq so‘ragani jazm qildi. U betini sidirib tashladi: — Choyni xotinlar ichadi,— dedi u dabdurustdan.— Gapimdan xafa bo‘lma. Lekin Bo‘stonday davlatmand odamning uyidan o‘tkirrok bir narsa topilmaydimi? Dovruq solib yurgan odam-ku, Bo‘ston! Bozorboyning o‘zi asli shunday itfe’l edi. Mabodo, ichkilik olib kelmaganlarida ham, u Bo‘stonning xotini tusi qochganligini ko‘rib, ich-ichidan mamnun bo‘ldi. Bozorboyning betgachoparligi Gulimxonga yoqmadi. Nima, ohanjama qilib o‘tiradimi, xon bo‘lmasa, bek bo‘lmasa, bor-yo‘g‘i jo‘ngina bir cho‘pon — ko‘yboqar bo‘lsa? — Voy, gapingizni qarang,— dedi Gulimxon sal rangi o‘chib.— Bo‘stoningizni hech shu qurib ketkurga hushi yo‘q, shuning uchun... — Bilaman, bilaman, Bo‘stoning ichmaydi!— uning gapini pisand qilmay bo‘ldi Bozorboy.— Bir aytdim-qo‘ydim-da. Choyingga rahmat. O’ylovdimki, o‘zi ichmaydiyu, lekin mehmonlarga... — Voy, u nima deganingiz,— qisindi Gulimxon va Bozorboyning yonida o‘tirgan Risqulga qaradi. Risqulning tizzalari bo‘ri bolalari solingan o‘sha qurmag‘ur xurjunga tegib turardi. Risqul aroqqa chiqmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘algan edi, shu payt eshikda Bo‘stonning ikkinchi yordamchisi pedinstitutni chala tashlab ketgan, oyoq-qo‘li chaqqon va chapdast yigitcha Marat ko‘rindi. Uning oblastda ko‘rmagan joyi, qilmagan ishi yo‘q, mana endi esi kirib, Bo‘stonning oldida mahkam o‘rnashib qo‘ya qolgan edi. — Menga qara, Marat,— dedi unga Risqul.— Berkitib qo‘ygan yarimtang bor edi shekilli. Bilaman seni. Qo‘rqma, agar Bo‘ston so‘rasa, men javobini beraman. Obke, tezroq o‘sha yarimtangni. Bozorboyning o‘ljasini yuvamiz. — Yuvamizmi? Men birpasda!— mamnun bo‘lib ha-xoladi Marat. Yarim stakandan keyin Bozorboyning xafagarchiligi yozildi. Qo‘rquv ketib, yana o‘sha-o‘sha qashshang va betamiz Bozorboy bo‘ldi-qoldi. Xuddi o‘z uyiday gilamga yonboshlab, boshidan kechirganlarini hikoya qildi, bo‘ri bolalarini xurjundan chiqarib ko‘rsatdi. Shunda o‘zi ham ularni yaxshilab ko‘rib oldi. Oldin bo‘richalar qimirlagilari kelmay turdi, hech narsaga qarashmadi, xuddi himoya istaganday qaygadir yashirinmoqchi bo‘lishardi, keyin issiq ta’sir qildi shekilli, jonlanib, g‘imirlab qolishdi, uy ichida har yoqqa dumalab, ingillab, tumshuqchalarini o‘tirganlarning tizzalariga urishdi. Ular hech narsani ko‘rmagan, bilmagan ko‘zchalarini mo‘ltillatishib, onalarini, uning emchaklarini qidirishardi. Uy bekasi yuragi achib, boshini sarak-sarak qildi: — Voy, sho‘rlikkinalar-ey, ochkab ketishibdi-ku! Bo‘ri bolasi bo‘lsa-da, baribir bola-da. Nima, bularni ochdan o‘ldirmoqchimisiz? Nima qilasiz? — Nega endi o‘larkan?— xafa bo‘ldi Bozorboy.— Bularning joni toshdan ham qattiq. Ikki kun boqib turamanu keyin rayonga topshiraman. Hayvonot bazasida bilishadi ularni qanday boqishni. Xo‘jayinlarning qo‘lidan har narsa keladi — xohlasa, bo‘rini ham ko‘lga o‘rgatib, tsirkda o‘ynatadi, chipta sotib, pul yig‘adi. Balki bularni ham tsirkka olishar. Bekach bilan birga achinishib turgan odamlar bu gapga iljayib qo‘yishdi. Lekin, bo‘ri bolalarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling