Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
Hammadan bizga yomon bo‘ladi. Bo‘rilar shu atrofda in qurishgan, alamini bizdan olmasalar 
go‘rgaydi... 
Gulimxon uning so‘zlaridan dong qotib qoldi. U hamma xotinlar ga o‘xshab oh-voh qildi, 
xo‘rsindi, yelkasiga og‘ib to‘kilgan soch o‘rimlarini tuzatdi. 
— Voy, sho‘rim! U shumqadamning o‘zi nima qilib bizning tomonlarda adashib yuribdi ekan? 
Bo‘rining iniga tegib nima bor? Odam achinadi. Hayvon bo‘lsa ham, bolasi o‘ziga shirin. Hamma 
biladi buni. O’shanda bu aqlimga kelmaganini qarang. 
— Men boshqa narsani o‘ylayapman,— dedi tashvishlanib Bo‘ston.— Qanday bo‘ri ekan bo‘lar? 
Anovlar emasmi?— Bo‘ston jim qoldi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi:— Qudurmatning gapiga qaraganda
bo‘rilar Bozorboyni Boshat darasi tomondan quvib kelishganmish. 
— Nima qildi? 
— Anovi kelgindi bo‘rilar — Toshchaynar bilan Akbara bo‘lmasin deyman-da ishqilib. Shunday 
bir juft bo‘ri bor. 
— Voy, qo‘ying, hazilingiz qursin! — qiqirlab kulib yubordi Gulimxon.— Hech zamonda 
bo‘rilarning ham odamlarday oti bo‘ladimi? Hazillashasiz! 
— Haziling nimasi! Hazil gap emas. Bu bo‘rilarni biz bilamiz. O’zimizning bo‘rilarga 
o‘xshamaydi. Ko‘rgan odamlar bor. Juda qahri qattiq bu bo‘rilarning. Ikkovi ham kuchli. Qopqonga 
tushmaydi. Otaman desang, ko‘zga ko‘rinmaydi. Qurmag‘ur aroqxo‘r Bozorboy kelib-kelib ularning 
inlariga duch kelib qolganini qara. Butun naslini quritibdi. Tag‘in sen ularning o‘z otlari borligiga 
hayron bo‘lib o‘tiribsan! Erkagi Toshchaynar shunaqangi kuchliki, hatto otni ag‘daradi. Onaboshi 
Akbara esa haddan tashqari aqlli, men bunaqa aqlli darrandani ko‘rmaganman! Shuning uchun juda 
xatarli. 
— Bo‘ldi qiling, otasi, yuragimni chiqarmang! Nima, meni bola fahmlayapsizmi? — ishonmay 
iljaydi Gulimxon.— Xuddi bolalikdan ular bilan birga o‘sganday gapirasiz...Hech odamning ishongisi 
kelmaydi... 
Bo‘ston xayr mayli, deganday ko‘ngilchan kulib qo‘ydi, lekin o‘ylanib koldi, xotinini 
tinchlantirmasa bo‘lmasligini bildi. 
— Bo‘lar ish bo‘libdi,— dedi u bir oz jim o‘tirgach,— hayolingdan chiqarib tashla. Bir 
dimog‘ingni chog‘ qilay dedim-da. Qani, to‘shakni sol. Kech bo‘lib ketdi. Ertalab barvaqtroq turish 
kerak. Erta-indin yalpisiga qo‘zilash boshlanadi. Ba’zi qo‘ylar kechasi yo ertaga ertalab tug‘ib qo‘yishi 
mumkin. Ayniqsa, ikkita, uchtalab qo‘zilaydiganlari! 
Chiroqni o‘chirib o‘ringa kirganlaridan so‘ng odatda darrov uxlab qoladigan Bo‘ston rayonda 
bo‘lgan majlis, unda mana shu bilan nechanchi marta nega hozirgi yoshlar chorvachilikka 
qiziqmayotganligi, nimalar va qanday qilish kerakligi haqida ikki og‘izgina so‘ylab berdi. Shunda 
tashqarida ot tuyoqlarining tovushi eshitildi. Gulimxon o‘rnidan dik etib turdi, ichki ko‘ylakda 
yelkasiga shol ro‘molini tashlab darcha oldiga keldi. Katta qo‘ton oldida miltiq osgan ikki otliq otdan 
tushayotganlarini ko‘rdi. 
— Risqul bilan Marat qaytib kelishdi,— dedi u.— Bozorboyni kuzatib qo‘ygani ketishgan edi. 
— Voy, tentaklar-ey! — deb g‘o‘ldiradi Bo‘ston va shu zahoti uxlab qoldi.
Gulimxon anchagacha uxlolmay yotdi. Karavotda yotgan o‘g‘ilchasining ustini to‘g‘riladi. Bolasi 
tushmagur, doim ustidagi ko‘rpalarini tepib tashlaydi, qorni ochilib qoladi. Bola emas, balo, hech 
uxlagani bermaydi, ayniqsa, ko‘zini uyqu tortib ketayotgan mahalda. Hozir Gulimxonning uyqusi 
qochdi. Xo‘p serg‘alva, bevosh kun bo‘ldi-da bugun. Hammasiga Bozorboy sababchi. Osmondan 
tushganday kelib qolganini qarang. Ko‘zim uchib turuvdi senga. Ayniqsa, Bo‘ston jini suymaydi. 
Bo‘ston o‘zi shunaqa, shovqin-suronni, shoshqaloqlikni, Bozorboyga o‘xshagan tamizi yo‘qlarni 
garchi shaxsan hech qanday yomonlik qilmagan bo‘lsa ham, yoqtirmaydi. Bozorboyning esa Bo‘stonga 
baxilligi keladi, ishi yurishgan, oshig‘i olchi deyishadi... Lekin ish yurishsin deb, qancha ter to‘kish, 
aql ishlatish kerak, Bozorboy buni bilmaydi. Ertaga tong qorong‘usidan ishga sho‘ng‘ib ketadi, to kech 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling