Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
lekin zo‘r bilan o‘zini yengdi, inni unutishga majbur qildi. Ko‘l atroflarida o‘ljaning isini olganlaridan 
keyin esa, ov nash’asi uning butun borlig‘ini qamrab oldi. 
Akbara bilan Toshchaynarning omadlari bor ekan: ular yangi tushgan izlarni iskab borarkanlar, 
keng yalanglikka chiqib qoldilar. 
Bu yerda podadan ajralib qolgan bo‘lsa kerak, uchta qo‘tos o‘tlab yurardi. Bo‘rilar bir yilcha burun 
mana shunday nochor paytlarida ularga tashlanib ko‘rgan edilar. O’shanda kelgindi bo‘rilarning duch 
kelgan narsani o‘lja qilishdan o‘zga choralari qolmagandi. Bo‘rilar u yokdan-bu yoqqa o‘g‘rincha 
boqishib, daf’atan hujumga o‘tdilar. Qo‘toslar chopib kelayotgan bo‘rilarni ko‘rib, oldiniga irg‘ishlab, 
o‘kirgancha qochdilar, lekin bo‘rilar quvib yetayotganligini fahmlagach, to‘xtashdi,— ularning 
bo‘ksalari sandonday ko‘tarilib tushardi — bo‘rilarga shoxlarini to‘g‘rilab hujumga o‘tishdi. 
Qo‘toslarning boshqa ilojlari qolmagan edi. Shunda qandaydir bir zum ichida dunyodagi azaliy 
muvozanat hokim bo‘ldi: osmondagi quyosh, huvillagan sukunat, kimsasiz atrof jondorlarga ham, 
kavsh qaytaruvchilarga ham bab-baravar tegishli edi. Kavsh qaytaruvchilar to‘qnashuvdan qochib 
qutulmoqchi edilar, lekin yirtqichlar osonlik bilan orqaga qaytib ketadigan emasdilar, ochlik ich-
ichlarini tatalab tashlamoqda edi. Ular qanday bo‘lmasin olishib, jilla qursa, bitta qo‘tosni ag‘darishlari 
va shu oilan ham o‘zlari, ham bolalari jon saqlashlari kerak edi. Qo‘toslar yirik xam emas, mayda ham 
emas, o‘rtacha; qish chiqishiga junlari patila bo‘lib o‘sib ketgandi. Dumlari ot dumiday bu qo‘toslar 
ham jang qilmay iloj yo‘qligini tushundilar. Ular qahr va qo‘rkinch ichida boshlarini quyi egdilar, 
tuyoqlari bilan yerni tirmab, o‘kirib tatalay boshladilar. Ko‘k betida quyosh hamon charaqlab turar, 
tevaragini qori eriy boshlagan kimsasiz tog‘lar qurshagan sarg‘ayib yotgan ochiq yalanglikda o‘txo‘rlar 
bilan yirtqichlar yuzma-yuz to‘qnashdilar. 
Bo‘rilar qulay fursatni kutib, qo‘toslar atrofida sakrab-sakrab aylanishardi. Akbaraning vakti ziq — 
bolalari uni intizor bo‘lib poylab o‘tiribdi. Nihoyat u andak kuchsizrok bo‘lib ko‘ringan qo‘tosga 
tavakkal qilib tashlandi. Qo‘tosning ko‘zlariga qon to‘lgandi. Shunga qaramay, Akbara uning yuragi 
po‘killab turganligini payqadi. Ehtimol yanglishayotgandir. Lekin, o‘ylab o‘tiradigan payt emasdi. 
Akbara o‘zini qo‘tosning bo‘yniga otdi. Hammasini soniyalar hal qiladi. Quturib ketgan qo‘tos uni 
yelkasidan itqitib yuborish va shoxlari bilan yerga qoqib tashlash uchun kallasini zo‘r berib 
silkitayotgan mahalda. Toshchaynar uning ikkinchi biqinidan tashlanib, bo‘yin tomirlarini uzib, g‘ajib 
tashlashi, qonini oqqizishi, miyasini ishdan chiqarishi kerak edi. 
Shunday ham bo‘ldi. Lekin ungacha qo‘tos Akbarani yerga uloqtirib, bosib ulgurdi, endi o‘kirib 
uni shoxlariga ilib itqitmoqchi va yana ozgina bo‘lsa, uni butunlay ezib, toptab tashlardi. Lekin Akbara 
qo‘tosning shoxlari ostidan ilonday sirg‘alib chiqdi va shu zahoti yana qo‘tosning yag‘riniga sakradi, 
uning jag‘ni ayirib yuboradigan darajada qattiq jun bosgan gardaniga o‘tkir tishlarini kuch bilan 
botirdi. U o‘zining vahshiy va rahmsiz bo‘ri tabiatini to‘la namoyon qildi. U yashash uchun o‘ldirishi 
kerak edi. Lekin bu safargi o‘lja osongina jon beradiganlardan emasdi. U — sayg‘oq bilan quyon — 
zo‘ravonlikka qarshi bo‘yin egib turadigan. Badjahl qo‘tos yaralanib, qoni oqayotganiga qaramay, hali 
ancha qarshilik ko‘rsatishi va hatto yengib chiqishi mumkin edi. Biroq, har qalay, Akbaraning yulduzi 
birdan balqib chiqdi: Toshchaynar xuddi shu damda yon tomondan Akbara bilan olishayotgan qo‘tosga 
yopishdi va uning kekirdagiga tishlarini botirdi. Toshchaynarning hujumiga dosh berish qiyin edi. Bu 
hujumga u butun kuchini sarfladi. Qo‘tos o‘z qoniga belanib, qaltirab ketdi va hirqiray boshladi. So‘ng 
bo‘g‘zidan varaqlab qon otildi va u og‘ir bo‘kirib yerga quladi. Qo‘tosning ko‘zlari shishaday qotib 
qoldi. Olishuv borarkan, boshqa tirik qolgan ikki qo‘tos tiraqaylab qochishdi va ancha nariga yetib 
olgach, qadamlarini sekinlatib, go‘yo hech narsa bo‘lmaganday shoshilmay yurib ketishdi. 
Bo‘rilar chalajon qo‘tosni tortqilab, yulqilay boshladilar. O’ljaning qachon joni chiqishini poylab 
o‘tirishga fursat yo‘q. Qaysi joyidan boshlab yeyishni ham chamalab turadigan vaqt emasdi. Akbara 
qo‘tosning choviga yopishdi, hali issiq dirillab turgan go‘shtini tishlari, panjalari bilan yulqib olib 
yamlamay yutaverdi. U iloji boricha ko‘p et yeyishi kerak va iloji boricha tezroq iniga qaytishi kerak. 
Bolalari zoriqib, mahtal bo‘lib qolishdi. Toshchaynar undan qolishmasdi. U vahshiyona irillab, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling