Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
122 tomoshaga yig‘ilgan xaloyiq ham xursand bo‘lganidan osmonga sakraydi, chaqqonboyga sharaf- shonlar, hamma gazetalar og‘iz ko‘pirtirib ko‘klarga ko‘targan, ertadan-kechgacha dam olish, yakshanba nima bilmay, beli bukilib peshona ter to‘kkanlarning topgani esa yeb-ichishga bazo‘r yetadi. Alamingdan ichasan. Keyin xotin diydiyo qiladi, yegan-ichganing burningdan chiqadi. It yotish — mirza turish. Talab esa katta. Qo‘zi ber, bittayam qo‘y qisir qolmasin, vazn ber, mayin jun ber. Jun o‘rniga sun’iy tola topamiz, deb-ku, toza ayyuhan-nos solishdi. Qani, o‘sha tola? Qirqim boshlanganda-ku yuztasi ber-ber deb, kalxatday bostirib keladi, qil ham qoldirmaydi. Hammasini topshir, oxirigacha ber. Mayin jun valyuta uchun kerakmish... Valyuta desa, o‘ligini osmondan tashlaydi bular... Keyin bularning hammasi o‘pqonga tushganday badar g‘oyib bo‘ladi-ketadi. E, hammasi qurib ketmaydimi — qo‘yi ham, odamlar ham, shu jonga tekkan hayot ham... Yo‘lda Bozorboyni mana shunday noxush o‘ylar kemirar edi. Bora-borguncha miq etmadi, faqat unda-munda orqada kelayotgan geologlarga qarab qo‘yar, xatarli joylar uchrasa, ogohlantirardi... Ko‘ngliga qil sig‘masdi. Hammasiga yaramas xotin sababchi... Voy, alvasti-ey! Hech burnini tiqmay turolmaydi. Albatta, oh-voh qiladi. Begona kishilar bor demay, shang‘illaganini qarang! Voy, shavaqi- ey! Dod-voy ko‘tarmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Ularning bari shunday — barbod bo‘ldi! Qadimgilar bekor aytmaganlar: xotin kishi kechasi mushukday surkala-di, kunduzi — ilonday buraladi. Ana, ko‘rdingizmi! Ha, shang‘i-ya! Yana qay go‘rga qochyapsiz, deydi. Boshingizga urasizmi, bu geologlarni. Ish oshib-toshib yotibdi. Qo‘y qo‘zilayman deb turibdi. Qo‘li yosh boladan bo‘shamasmish. Kattalari internatda bezori bo‘lib ketganmish. Ta’tilga kelsa, og‘zi ovqatdan bo‘shamasmish. Pishirib ber, kuydirib ber. Qo‘llarini sovuq suvga urishmaydi. Yana chekkanlariga balo bormi? Aroq ichishdan ham qaytmaydi bular! Internatda ularga qaraydigan odam yo‘q. Direktorning o‘zi — aroqxo‘r. Uyda kimdan aql o‘rganadi ular? Siz bo‘lsangiz, dumingizni tutqizmaysiz, uzzukun qorangizni ko‘rsatmaysiz. Qurib ketkur ichkilikdan ortmaysiz. Yaxshiyam, ot bor ekan, joningizga ora kiradi. Allaqachon yo‘l-po‘lda o‘lib-netib qolmasmidingiz... Voy, bu shallaqi-ey! Qancha urma-so‘kma, baribir aql bitmaydi. Doim ko‘karib yuradi. Shuning uchun Ko‘k Tursun deydilar-da. Lekin tili uzun. Hech tilini tiymaydi. Bu gal ham geologlar bor demay toza vag‘illadi, ahmoq. Bo‘lmasa, necha martalab ko‘zining ola- kulasini chiqarib bo‘g‘zidan olgan! Qayda! Voy, o‘ldim, boshqa gap qaytarmayman deb, necha marta so‘z bergan. Qayda! Lekin baribir Bozorboy yana uni tinchitishning epini topdi. Gap bor, beri kel deb, ichkariga chaqirdi. Uyga kirgach, indamay uni devorga bosdi. Yuzini yuziga tiradi. Nafas olgani qo‘ymadi. Ana shunda u xotinining momataloq bo‘lib ketgan, so‘ngan, ajin bosgan chehrasi-da, behol ochilib qolgan tishsiz og‘zida, qo‘rquvdan xira tortgan jonsiz ko‘zlarida o‘tgan yillarning qayg‘u- g‘amlari, nochorlik, omadsizlik, alamzadaliklarini o‘qidi. Shunda o‘zi-o‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi-da, vishillab zahrini sochdi: — Ho‘, qanjiq, yana og‘zingni vaq etib ochsang, qurbaqaday bosib o‘ldiraman-qo‘yaman!— shunday deb, uni bir chekkaga itqitib yubordi. Xotini miq etmay chelagini ko‘targancha eshikni qarsillatib yopib, hovliga chiqib ketdi. Sal o‘tmay, o‘pkasini bosib olgach, u chiqdi, otga o‘tirdi va geologlarni boshlab yo‘lga tushdi... Ha, yaxshiki, ot qurg‘ur zotli — uning birdan-bir quvonchi shu ot, baraka topsin, ot zavoddan chiqqan. Allakimga uning tusi yoqmay, chiqit qilgan — rostdanam, qora to‘riqmi, qo‘ng‘irmi, bilib bo‘lmaydi. Lekin axir buning nima ahamiyati bor? Aqlli ot, tog‘da qaerga qadam qo‘yishni biladi, hammadan ham, juda chidamli, naq bo‘rining o‘zi. Doim egarlog‘liq, doim ko‘zi ochiq. E, nimasini aytadi, oti yaxshi, bu atrofda unga taraf yo‘q, faqat Bo‘stonnikini demasang. Voy, bu sovxozning ilg‘or cho‘poni. E, odam bo‘lmay ket. Dunyoda bunaqa qurumsoq topilmasa kerak. Negadir bir-birlarini jinlari suymaydi. Ana uning otini — ot desa bo‘ladi. Sirti tilladay yiltiraydigan Don oti, Do‘nqo‘liq deyishadi. Omadi bor ekan Bo‘stonning. Ertayu-kech otini parvarish qiladi. Boshqa iloji ham yo‘q. Otda yurib, o‘zini ko‘z-ko‘zlamasa bo‘lmaydi, azamat. Xotini yosh, Ernazarning bevasi. Ernazar o‘ch yilcha burun Ola Mo‘ngu dovonida muz yorig‘iga qulagancha, shu-shu o‘lib ketdi, o‘ligi o‘sha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling