Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
Uning so‘nayotgan nigohlariga ulug‘ ummon, keta-ketguncha cheksiz-hududsiz suv ko‘rindi. Suv 
sassiz qaynar, xuddi bo‘m-bo‘sh dalalarda yer bag‘irlab yugurgan yalatma izg‘irinday suv uzra sassiz 
oq to‘lqinlar mavj solib yugurgilardilar. Ularning qaerdan paydo bo‘layotgani va qayoqqa borayotgani 
noma’lum edi. Lekin o‘sha gung ummonning elas-elas ilg‘angan sohillarida suv uzra bir odamning 
qorasi g‘ira-shira ko‘zga chalinardi. Avdiy bu odamni tanidi. U o‘zining otasi dyakon Kallistratov edi. 
Shunda birdan Avdiyning qulog‘iga o‘z o‘smir ovozi chalindi. Xuddi bolalik chog‘lari eski pianino 
oldida turib qiroat qilgan kabi ovoz yana otasiga cho‘kib ketgan kema haqidagi tilovatni o‘qirdi. Faqat 
hozir oralarida olis-olis makonlar yotardi. O’smir ovozi esa jahon mulkatlari uzra ilhomkor bir jarang 
bilan sadolanardi: 
«Osmon oqarib kelyapti, hali hamma uyquda...» 
...Senga, har narsani Qo‘ruvchi va har narsaga Rahm va Adolat etguvchi, ko‘ngildagi zorimni 
tilovat qilib aytaman. Xudoyo, o‘zing kechirgaysan, to Seni yod etmoqdan burun o‘z dodimni esladim. 
Lekin to tirik ekanman, shu tilovatni tilimdan qo‘ymagayman. 
Sen Rahimi Rahmonsan, Haqsan, Karimsan, kechir, seni o‘z arzim bilan bezovta qilmoqdaman. 
Men o‘lim uchun hech narsa so‘ramayman. Menga dunyo rohat-farog‘ati darkor emas. Umrim 
chirog‘ini uzaytirmasang ham, mayliga. Yolg‘iz odamzod bolalarining dillarini xalos etmoq istayman. 
Sen G’affori olamsan, ko‘ngillarimizga muhr bosma, jaholatda yondirma. Toki, yaxshilik va yomonlik 
bu olamda birga mavjud ekan,bizni bahonai sabab zanjirlaridan xalos et. Odam bolalarining dil 
ko‘zlarini ochgaysan. O’zim uchun so‘ramayman, tilim ojiz. Men har qanday ajr-oqibatingga hozirman 
— xoh jahannam o‘tiga tashla, xoh hududsiz Saltanatingga qabul et. Qismatimiz o‘z qo‘lingda, 
o‘zingga ayon, yo Xalloq, yo Malloh!.. 
Senga yolg‘iz bir arzim bor, o‘zga arzim yo‘q... 
Yolg‘iz shuni so‘rayman: mo‘‘jizangni ko‘rsat: mayliga, o‘sha kema kechani kecha, kunduzni 
kunduz demay o‘z yo‘lida to‘xtovsiz davom etsin, to samo evrilmog‘ida kun tunga batamom 
quyulguncha, tun kunga batamom quyulguncha. Mayliga, o‘sha kema, to‘p-to‘pxonalarni 
qantargancha, to‘xtovsiz ummonlardan ummonlarga kezib yursin, to‘lqinlar uvvos solib to‘shlariga 
urilsin, ularning to‘xtamas qudratli guldurosi mudom eshitilib tursin, ummon zarralari uning ustiga 
shuvillagan yomg‘ir bo‘lib yog‘ilsin, shu nam va uchqur zarrot ila nafas olsin. Mayliga, u kema 
devorlarining qarsillagani, mashinalarning gursillagani, shamol epkinida kema ketidan ergashgan 
chorloqlarning ohu zorlarini tinglasin. Mayliga, kema eng uzoq ummonlarning ko‘z ilg‘amas 
sohillariga va u yerdan oppoq shaharga yo‘l tutsin, va lekin hech qachon garchi u yerga yeta olmagay... 
Omin». 
Uning tovushi uzoqlashib, tinib borardi... Avdiy o‘zining okeanlar uzra ho‘ngrab yig‘laganini 
eshitardi... 
Mo‘yinqumning intihosiz cho‘lida tun bo‘yi to‘lin oy saksovulga osib ketilgan, endi sovub, qotib 
qolgan odam tanasiga ko‘zni qamashtiradigan yarqiroq shu’lalarini to‘kib chiqdi. Uning qiyofasi 
osmonga parvoz qilib intilgan, lekin banogoh o‘q tegib qulagan va daraxt ustiga itqitib yuborilgan
qanotlari yozilgan kattakon qushni eslatardi. 
Mana shu yerdan bir yarim chaqirim narida esa o‘sha harbiy siyoqli, usti brezent bilan yopilgan 
yuk mashinasi turar, unda sayg‘oqlarning to‘shlariga chalqancha tushib, qusiqlariga belangan Ober-
Kandalovchilar uxlab yotishardi. Xirqiragan og‘ir xurrak tovushlari eshitilardi. Ular Avdiyni kechasi 
yolg‘iz qoldirish uchun nariroqqa ketdilar, uning ta’zirini berib qo‘ymoqchi edilar: qani, bir o‘zining 
qo‘lidan nima kelarkin, hali dumini likillatib yalinadi, balki Xudodan ham qaytib qolar... 
Avdiyga bunday jazo berish yo‘lini sobiq artist Gamlet-Galkin qayta-qayta shisha ko‘targandan 
keyin to‘qib chiqargan edi. Ober-Kandalovga yaxshi ko‘rinish uchun shuni aytdi. Xudojo‘yni bir sazo 
qilaylik, qo‘rqib o‘takasi yorilsin, dedi... Osib, tashlab ketishdi deb o‘ylasin. Ularning orqalaridan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling