Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
114 edi. G’arib edi. G’aribdan g‘arib. Kuzning shamollari shuvillab daraxtlarning boshlarini egadi. Tez orada qor tushadi. Qor daraxtlarni ham, Avdiyni ham ko‘mib ketadi. Hammasini qor bosadi va hammasi unutiladi... Avdiy jonidan to‘ygan edi. Agar shu soatlarda u Inganing kelmasligini yoki mabodo, kelsa ham, yolg‘iz kelmay, narsalari-yu kitoblarini yig‘ishtirib, so‘ng o‘z harbiy uchuvchisi bilan jo‘nab ketishini bilsa, shu zahoti hatto o‘ylab ham o‘tirmay, o‘zini poezd tagiga tashlagan bo‘lardi... Mo‘yinqum safari uchun zarur odamlarni to‘plab yurgan Ober-Kandalov Avdiy Kallistratovni mana shunday og‘ir soatda, bemahal bir vaqtda Jalpoq-Soz vokzalida uchratdi. Ober-Kandalov ancha ko‘zi pishgan odam bo‘lsa kerak, har qalay, bir qarashda Avdiy g‘oyatda nochor ahvolda ekanligini va o‘zini qo‘yishga joy topolmayotganligini bildi. Haqiqatan ham, Ober-Kandalov Avdiyni Mo‘yinqum cho‘liga ikki-uch kunga mo‘may pul ishlab kelish uchun taklif qilganda, u darhol ko‘na qoldi. U shomi g‘aribonda nima bo‘ladi-nima qo‘yadi deb, shumshayib o‘tirmaslik uchun har narsaga tayyor edi. Balki Mo‘yinqumdan pul topib qaytgunimcha, Inga Fyodorovna ham kelib qolar va hammasi joy-joyiga tushib ketar: yoki u (o, qanday baxt!) sevgani bilan butkul qovusha-di, yoki orqaga qaytishga, yana yashash uchun o‘zida kuch topishga to‘g‘ri keladi... Lekin bunisidan u juda-juda qo‘rqadi... O’sha kecha Ober-Kandalov Avdiyni yong‘indan saqlanish binosiga olib bordi. U shu yerda bo‘sh karavotda tong ottirdi... Ertasiga ertalab hammalari mashinalar karvonida Mo‘yinqum cho‘liga qirg‘inga otlandilar. O’ynab-kulib kelamiz derdilar... * * * Mana endi ular Avdiy Kallistratovni sud qilishardi. Ular deganimiz — besh aroqxo‘r — Ober- Kandalov, Mishash, Kepa, Gamlet-Galkin va Aborigen-Uzuqboy. To‘g‘rirog‘i, Gamlet-Galkin va Aborigen-Uzuqboy faqat tomoshabin bo‘lib turishar, anov quturib sud qilayotgan uchovni qandaydir yumshatishga qo‘rqa-pisa, botinib-botinmay urinishardi. Gap shundaki, kechga borib, ho‘v vagonda bo‘lganiday yana Avdiyning jini tutdi. Shundan keyin o‘ch olish boshlandi. Mo‘yinqum kiyiklariga uyushtirilgan qirg‘in Avdiyga shunchalar og‘ir ta’sir qildiki, bu xunrezlikni darhol to‘xtatishni talab qildi, vahshiylashib ketgan ovchilarni tavbaga chaqirdi, Xudodan kechirim so‘raylik dedi, Gamlet-Galkin, Uzuqboyga menga qo‘shilinglar, deb yalindi. “Uchovlon bo‘lib, Ober-Kandalov va uning malaylarini tashlab ketaylik, jahonga bir jar solaylik, har birimiz Xudoni, Olloh Karimni o‘ylaylik, Uning behudud rahm-shafqatidan umidvor bo‘laylik, tirik tabiatga yetkizgan ziyon-zahmatimiz uchun, qilgan gunohlarimiz uchun Undan mag‘firat tilaylik, inchunun, chin dildan tavba-tazarru qilibgina marhamatiga yetishmoq mumkin”. Avdiy qichqirar, qo‘llarini osmonga ko‘tarar, menga qo‘shilinglar, yomonlikdan poklanaylik, istig‘for aytaylik, deb yolvorardi. U jazavaga tushar, bema’ni va kulgili bo‘lib ko‘rinar, xuddi oxir zamon kelganidan xabar berayotganday bo‘kirar, faryod ko‘tarar, nazarida hamma-hammasi zulmat chohiga, jahannam olovlari ichiga qulayotganday edi. U mo‘may pul ishlash uchun kelganlarni Xudo bilan yarashtirmoqchi bo‘lardi... Ko‘z ilg‘amas Mo‘yinqum kengliklarida avjga minib borayotgan qirg‘in barotni to‘xtatishga ko‘shish etardi. Lekin har narsadan qudratli mexanizatsiyaga kuchi yetarmidi uning... Yengib bo‘lmas narsani yengaman derdi... Shundan so‘ng Mishashning maslahatiga ko‘ra uni arqon bilan chirmab bog‘lashdi-da, mashinaga yuklangan o‘lgan sayg‘oqlar ustiga itqitishdi. — Shu yerda yot, onangni. Sayg‘oq bilan qo‘shmozor bo‘l!— deb hirqiradi Mishash azbaroyi bo‘g‘ilib.— Chaqir endi Xudoyingni! Balki chaqirganingni eshitsa, oldingga tushar, he, onangni... Tun edi. Mo‘yinqum osmonida oy edi. Hammayoq qonga botgandi. Barcha tirik jonivorlar va hatto |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling