Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
— Hey, menga qaranglar! Uzuqboy, mamlakatning egasi, qaydasan, padaringga la’nat! Sen-chi, 
hoy, bozori kasod artist, nega bir chekkada qarab turibsanlar, a? Qani, kelib buni bir boslaring-chi! 
Bo‘lmasa, aroq yo‘q senlarga?— qo‘rqitdi Ober-Kandalov aroqxo‘rlarni. Shundan so‘ng ikkovi 
yugurgilashib kelib sho‘rlik Avdiyni osa boshladilar. 
Bezorilik birdan mash’um tus oldi. Bema’nilik, masxarabozlikning oxiri katl bilan tugaydiganga 
o‘xshab qoldi. 
— Onangni, bu cho‘lda mix bilan taxta topilmadi-da! Voy, onangni!— afsuslanardi Mishash 
saksovul shoxlarini qasir-qusur sindirarkan.— Buni taxtaga qoqsak, ko‘p zo‘r ish bo‘lardi-da, onangni! 
Qaniydi mixlab tashlasak! 
— Hech ziyoni yo‘q! Uni arqonga tortamiz! Mixlaganday bo‘lib turadi!— yo‘lini topdi Ober-
Kandalov.— Qo‘li, oyog‘idan tortib baqaday qotirib qo‘yamiz, qimir etolmaydi! Ertalabgacha osilib 
tursin-chi, ko‘ramiz. Xudo bormi, yo‘qmi! O’ylab olsin ertalabgacha! Men uni shunday ham 
tarbiyalayki, bir umr esidan chiqarmaydi, popning sarqiti! Armiyada bundan battarlarini ko‘p 
ko‘rganman! Yotqizib turg‘izganman! Qani, ko‘tarlaring, bolalar! Qani, ol, ha! Qo‘lini bu yoqqa tort, 
oyog‘ini bu yoqqa! 
Avdiy endi zig‘ircha ham qarshilik ko‘rsatolmas, shuning uchun hammasi ko‘z ochib-yumguncha 
ro‘y berdi. Qo‘l-oyoqlari saksovulning shoxlariga tortib bog‘langan Avdiy xuddi yangi so‘yilgan 
qo‘yday osildi-qoldi. Avdiy hali so‘kingan ovozlarni elas-elas eshitib turdi. Azob kuchini qiyib 
tashladi. O’ng biqini chidab bo‘lmaydigan darajada achishardi, belida nimadir uzilib ketdi. Avdiy 
hushidan ayrilib borardi. Uni qiynoqqa solganlar oyog‘ining tagida yoqishga zo‘r berib urinishardi. 
Lekin, endi Avdiyga bari bir edi. O’t oldirolmadilar. Kuni kecha tushgan qor ostida qolib nam tortgan 
shox-shabbani yondirib bo‘lmadi. Benzin sepish hech kimning esiga kelmadi. Shusiz ham Avdiyni 
boplab jabrlaganlaridan mamnun edilar. Tashqaridan qaraganda, u xuddi osilgan va og‘ochga 
tortilgandek bo‘lib turardi. Bu hammalarining kayflarini chog‘ qilib, bahri dillarini ochib yubordi. 
Ayniqsa, Ober-Kandalovning dimog‘i chog‘ bo‘ladi. E, bu hali nima bo‘pti. Osilsa, cho‘lda bitta odam 
osilibdi. Uning ko‘z o‘ngida aqlni lol qiladigan ne-ne shu kabi manzaralar keng miqyoslarda 
gavdalanardi! 
— Har kim bilib qo‘ysin! Doim ana shunday bo‘ladi!— deb iddao qilardi u saksovulga tortilgan 
Avdiyni tomosha qilarkan.— Menga qolsa, bizga qo‘shilmaganlarning hammasini ana shunday 
oyog‘ini osmondan keltirardim. Tilini osiltirib yotardi. Kim bizga qarshi bo‘lsa, hammasini osib 
chiqardim. Yer sharini shunday siqib, iskanjaga olardim. Ana o‘shanda hech kim bizga miq etib 
og‘zini ochmasdi. Hamma qulluq qilib turardi... E, qani, yurlaring, komissarlar, yana bittadan otaylik
eh, bizdan nima ketdi... 
Ular hammalari Oberning gap-so‘zlarini ma’qullashib, tasanno o‘kishib, to‘palang solib, mashina 
tomon ketdilar. Ober esa chamasi, yolg‘iz o‘zigagina ma’lum qo‘shiqni xirgoyi qila boshladi: 
Galifeni kiyamiz, 
yonimizda to‘pponcha, 
Bir-ikki, bir-ikki... 
«Komissar»ning kayfi taroq ulfatlari jo‘r bo‘lishdi: «bir-ikki, bir-ikki». Keyin yana ikkita 
yarimtalikni ochishib, shishaning o‘zidan ichishdi. 
Bir ozdan so‘ng mashinaning chiroqlari porladi, motor gurulladi, burilib, asta cho‘l ichiga yurib 
ketdi. Zimiston qorong‘ulik quyuqlashdi. Atrofga suv quyganday jimjitlik cho‘kdi. Daraxtga osilgan 
Avdiy dunyoda yolg‘iz qoldi. Ko‘kragi sirqirab og‘rir, ichi ag‘darilib, chidab bo‘lmas azob berardi... 
Suv bosganda cho‘kayotgan orol kabi es-hush uni tark etmoqda edi. 
«Mening Okadagi jaziram... Endi seni kim xalos etajak, Murabbiy?»— oxirgi fikr uchquni shunday 
sachrab so‘ndi. 
Xayrul umurning so‘nggi suvlari oqib borardi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling