Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
chulg‘adi. 
Bo‘rilar olov taftini sezganlari hamon, qamish har tomondan yonayotganini ko‘rib, bo‘richalarni 
qutqarish uchun o‘zlarini u yoqdan-bu yoqqa ura boshladilar. Ularni tishlarida dam u yerga, dam bu 
yerga ko‘tarib o‘tishardi. Aldashbo‘yi qamishzorlarida qiyomat qo‘pdi. Qushlar ko‘l uzra bulutday 
uchishar, to‘xtovsiz zorlanib, chag‘illar edilar. Asrlar bo‘yi qamishzorda kun kechirgan qobonlardan 
tortib ilonlargacha qo‘rqinch sarosimaga tushdilar, o‘zlarini jonholatda to‘rt tomonga urdilar. Bo‘rilar 
boshiga ham shu kun tushdi. Olov har yoqdan o‘rab, o‘rlab kelar, faqat ko‘lga tashlabgina qutulish 
mumkin edi. Akbara bilan Toshchaynar uchta bo‘richani qoldirib, ikkitasini tishlarida tishlab ko‘lda 
suzib ketishdi. Nihoyat, narigi qirg‘oqqa yetib borganlarida, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qancha 
yuqoriroq ko‘tarishga urinmasinlar, bo‘ri bolalari suvga bo‘kib o‘lgan edilar. 
* * * 
Akbara bilan Toshchaynar yana boshqa yurtlarga bosh olib ketdilar. Endi ular tog‘ sari yo‘l olgan 
edilar. Bo‘rilar savqi tabiiy bilan endilikda faqat tog‘lardagina jon saqlash mumkinligini anglagan 
edilar. 
Bo‘rilar yongan kulxonalarni ortda qoldirib, uzoq yo‘l bosdilar. Qurday tog‘liklaridan bordilar. Bir 
necha marotaba kechasi chiroqlari ko‘zni oladigan qo‘rqinchli mashinalar tinmay g‘izillagan katta 
yo‘llarni kesib o‘tdilar. Ularning nazarida shu yugurik chiroqlardan ko‘ra dahshatli narsa dunyoda yo‘q 
edi. Qurdaydan so‘ng bo‘rilar Oq tuz tog‘lariga ko‘chdilar. Lekin, bu yerlar ham ko‘zlariga xatarli 
ko‘rinib, yana ichkarilab ketdilar. Oq tuz dovonidan oshib, bo‘rilar Issiqko‘l o‘yig‘idan chiqdilar. Yo‘l 
tugadi. Naryog‘i dengiz... 
Akbara bilan Toshchaynar shu yerda hayotni yana qaytadan boshladilar... 
Bola ko‘rdilar. Bu safar ular to‘rtta edi. 
Nasl  qoldirish uchun bu so‘nggi qattiq urinish edi. 
Shu yerda, Issiqko‘lda bo‘rilar qissasi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan fojia bilan tugadi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling