Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
ko‘rgan, kim isbotlaydi!.. 
Avdiy hushdan ketib, ularning oyoqlari ostiga quladi. Ikkovlashib uni tepkilay berishdi. Ko‘zi 
qorong‘ilasharkan, Avdiy oxirgi marotaba Ingani o‘yladi: uning holi nima kechadi, uni hech qachon 
hech kim o‘zi sevgan kabi sevolmaydi. 
Uning qulog‘i chip bitdi, ko‘z o‘ngini tuman qopladi. Shunda hayol lavhasida ko‘kyol bo‘rini 
ko‘rganday bo‘ldi. Issiq yoz payti nashazorda ustidan olovday uchib o‘tgan bo‘ri... 
— Meni qutqar, bo‘rijon,— bu Avdiyning bo‘g‘zidan chiqqan oxirgi so‘z edi. 
U allaqanday savqi tabiiy bilan Akbara va Toshchaynar o‘z inlariga yaqinlashib kelayotganliklarini 
aniq his qildi. Lekin uya atrofida odamlar bor edi. Maxluqlar, odamlar endi jo‘nab ketgan bo‘lsalar 
kerak deb, umidvor bo‘lib yana qadrdon joylarini qora tortib kelgan edilar... 
Lekin yuk mashinasi hamon o‘sha yerda haybatli qorayib ko‘rinar, u yerdan baqiriq-chaqiriqlar, 
to‘polon, urgan, so‘kkan ovozlar quloqqa chalinardi... 
Bo‘rilar yana cho‘lga qaytishga majbur bo‘ldilar. Ular xit, aftodahol, boshlari oqqan tomonga ketib 
borardilar... Odamlar tufayli ular halovatlarini yo‘qotgan, na kechasi va na kunduzi tinchimas edilar... 
Ular ohista sudralishar, oy dumlarini qisgancha oqsoqlanib borayotgan maxluqlarga mayus nurini 
sochardi... 
Sud, tergov esa davom etardi... G’irt mast qirg‘inchilar Avdiyni do‘pposlab yerga qulatisharkan, u 
endi butunlay o‘rnidan turolmay yotib qolganiga e’tibor bermasdilar. 
— Qani, o‘rningdan tur-chi, popning o‘g‘li,— deb tepkilashardi uni dam Mishash, dam Kepa 
o‘rnidan turg‘izmoqchi bo‘lib. Lekin Avdiy tinmay ingrardi, xolos. Quturib ketgan Ober-Kandalov 
qopday bo‘shashib qolgan Avdiyni yerdan ko‘tardi-da, yoqasidan bo‘g‘ib olgancha, og‘zidan ko‘pik 
sochib bo‘kira boshladi. U bo‘kirgan sari yana battar xurushga minardi: 
— Sen qanjiq, hali bizni Xudo bilan qo‘rqitadigan bo‘ldingmi! Ko‘zimizni xudo deb o‘yib 
olmoqchimisan, iflos! Bizni Xudo bilan qo‘rqitolmaysan. Sen o‘ylagan odamlar boshqa, qanjiq! 
O’zing kimsan! Biz bu yerda davlatning topshirig‘ini ado etyapmiz, sen, qanjiq, planga qarshisan, 
oblastga qarshisan. Bundan chiqadiki, sen, iflos, xalq dushmanisan, xalq va davlat dushmanisan. Senga 
o‘xshagan dushmanlarga, zararkunandalarga, qo‘poruvchilarga yer yuzidan o‘rin yo‘q! Stalin aytgan: 
«Kim biz bilan emas, demak, bizga qarshi». Xalq dushmanlarini tag-tomiri bilan quritib tashlaymiz! 
Ayamaymiz! Agar dushman taslim bo‘lmasa, uni majaqlab onasinikiga kirgizib yuboradilar. Armiyada 
bunday so‘zlar uchun oyog‘ingni osmondan qiladilar, vassalom! Ona zaminimizni senday ifloslardan 
tozalaymiz. Hey, cherkov kalamushi, sen qilayotgan ishingni bilasanmi? Sen hammasini barbod 
qilmoqchisan! Topshiriqqa g‘ov qo‘yyapsan! Hammamizni yuzimizni yerga qaratmoqchisan. Hey, 
men seni xalq dushmaniday bo‘g‘ib o‘ldiraman. Menga rahmat deydilar. Chunki sen imperializmning 
ayg‘oqchisisan, iflos! Stalin yo‘q, xohlagan ishimizni qilamiz deysan-da, a? Sen popning gazandasi, 
qani, tiz cho‘k, hoziroq tiz cho‘k. Mana, men senga hokimman. Qayt Xudodan! Tanimayman, 
bilmayman de! Voz kech! Aksincha, asfalasofilinga jo‘naysan, iflos! 
Avdiy tizzasida turolmadi, yiqildi. Uni ko‘tarib qo‘ydilar. 
— Gapir, iflos,— bo‘kirardi Ober-Kandalov.— Xudodan yuz o‘gir! Ayt! Xudo yo‘q, deb ayt! 
— Xudo bor!— ingrandi Avdiy. 
— E, hali shundoqmi!— ilon chaqqanday o‘kirdi Mishash.— Men senga aytdim-ku, onangni, tilini 
bermaydi deb! 
Ober-Kandalov qahridan bo‘g‘ilib yana Avdiyni yoqasidan bo‘g‘ib silkitdi. 
— Bilib qo‘y, hoy, xudojo‘y, hozir onangni uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatib qo‘yamiz! Hech esingdan 
chiqmaydi! Qani, uni huv anov saksovulga olib boringlar. Iflosni osamiz!— deb chinqirardi Ober-
Kandalov.— Oyog‘ining tagidan o‘t qo‘yamiz. Yonib ketsin bu to‘ng‘iz! 
Shundan so‘ng Avdiyni jar tepasida o‘sgan qari saksovul sari sudrab ketdilar. 
— Arqon keltir!— buyurdi Ober-Kandalov Kepaga.
Kepa kabinaga yugurdi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling