Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 mumkin? Xotini tashlab ketganining o‘zi yetmaydimi? Xo‘p, ichsa ichibdi, lekin kim ichmaydi hozir? Holbuki, agar e’tibor bilan qarashsa, u juda ham kerakli odam-ku. Mana, jiddiy bir ishni topshirishdi. Ko‘z ochib-yumguncha odam to‘plab kelmadimi, axir. Yarim kechasi vokzalga bordi. Xaloyiqqa shundoq sarasof soldi. Uning ko‘zlari pishib ketgan. Darrov Mo‘yinqumga borishga tayyor, pulga muhtoj, mo‘may daromadga suyagi yo‘q odamlarni ajratib oldi. Avdiy Kallistratovni ham ana shunda uchratdi. Avdiy, Kandalovning taklifini muhtojlik tufayligina qabul qilgani yo‘q: u hech kutmagan, g‘oyatda tashvishli bir hol ro‘y berdi — Inga Fyodorovnaning xati bo‘yicha Jalpoq-Sozga kelib, uni bu yerda topmadi. Juda ma’yus tortib qoldi. Lekin bu shunchalik xafa bo‘lishga arzirmidi, noma’lum edi. Samolyotda keldi. Samolyotga chiqish uchun Moskvaga bordi. Kuni bo‘yi yugurib yurib bilet topdi. Olmaotadan bu yergacha poezdga o‘tirdi. Nihoyat, ikki kun deganda, kasalxonaga qo‘shni laboratoriya hovlisidagi mo‘‘jazgina uyga yetib kelsa, eshik berk. Kalit solinadigan teshikda Inga Fyodorovna ikki enlik xat qoldirgan ekan. Unda vokzal pochtasidan Avdiy nomiga yozilgan maktubni talab qilib olishni so‘ragan edi. Avdiy zudlik bilan pochtaga chopdi. Unga xatni darhol topshirishdi. U yuragi urishdan to‘xtab qolay deb, kichkina bog‘chaga kirib, skameykaga o‘tirdi-da, xatni ochdi: «Avdiy, mehribonim, meni kechir. Bunday anglashilmovchilikni bilganimda, senga hozircha kelmay tur deb, xabar qilgan bo‘lardim. Hoynahoy, jo‘natgan telegrammamni olmagandirsan, yo‘lga chiqqandirsan, bu paytda. Gap shundaki, Jambulga kutilmaganda Igorning otasi kelib, bola xususida sudga ariza beribdi. Tezlik bilan Jambulga jo‘nadim. Bunga unga yozgan xatim sababchi bo‘lsa kerak. Unga o‘zim g‘oyatda hurmat qiladigan odam bilan yangi hayot qurmoqchi bo‘layotganimni ochiq ma’lum qilgan edim. O’rtamizda bola borligi uchun buni unga aytishim kerak edi. Sevgilim, meni yana bir karra kechir. Shunday bo‘lib qoldi. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Ertami, kechmi, bari bir bu masalani hal qilish kerak edi. Boshidan bitadigan ishning bitgani ma’qul. Sen kelganingda eshik yopiq bo‘ladi. Kalitni laborant qizimiz Saula Alimboevaga qoldirib ketaman. Juda ham yaxshi qiz. Bizning laboratoriyamiz qaerdaligini bilasan-ku. Undan kalitni olib, bemalol menikida turaver. Hech narsadan qisinma va meni kut. Afsuski, Oliya Ismoilovna dam olishga chiqqan, bo‘lmasa u bilan gaplashib turishing mumkin edi, antiqa ayol. U seni juda hurmat qiladi. Bir haftada ishlarimni bitirsam kerak. Bundan bizga hech narsa to‘g‘anoq bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Kichkina Igorni ko‘rishingni istagan edim. Menimcha, u bilan inoq bo‘lib ketasizlar. Hammamiz birga tursak deyman. Ungacha oldin aytganimday, ota-onamni ko‘rib kelsak, sen Fedor Kuzmich va Veronika Andreevna bilan tanishib olishing kerak. Sevgilim Avdiy, ranjima va ko‘nglingni cho‘ktirma. Hammasi joyida bo‘ladi. Sening Ingang. Aytgancha. Agar ishdan tashqari paytda kelib qolsang, Alimboevaning adresi: Abay ko‘chasi, 41. Erining ismi sharifi Daurbek Iksanovich». Avdiy xatni hovliqqancha o‘qib chiqib, o‘yga toldi. U hang-mang bo‘lib qoldi: hech kutilmaganda ish butunlay boshqacha tus ola boshlagan edi. Avdiy kalit izlab bormadi. Kutish zalida yaxshilab o‘ylab olishga qaror berdi. Keyin jomadonini saqlash uchun topshirdi. Xiyobonga chiqib o‘tirdi. Tanish kasalxona atrofida aylanib yurdi. Keyin bekat bilan shaharcha orasida yolg‘izoyoq yo‘l borligini ko‘rib, undan nari borib, beri kela boshladi... Cho‘lga kech kuz kirgan edi. Ancha salqin tushgan. Momiq, ukpar bulutlar xuddi ummonlarning olis oq yollari kabi oktyabrning yoz o‘tib bo‘zrang tus olgan osmonini qoplagan edi. Daraxtlar yaproqlarini to‘kib qo‘yayozgan, oyoqlar ostida qip-qizil, qo‘ng‘ir yaproqlar shildirardi. Otizlar ham yig‘ishtirib olingan, yalang‘och bo‘lib qolgandi. Jalpoq-Sozning ko‘chalari huvillagan, zerikarli edi. Havoda mezonlar uchib yurar, kutilmaganda yuzga yopishardi. Bularning bari Avdiyni dilgir qilardi. O’z texnika qudrati bilan cho‘l kengliklyrini bosgan bekatda hammayoqni guldiragan, qaldiragan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling