Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
Ocherkni tezlatishni aytishyapti, ocherkni kutishyapti. Balki bu muhim mavzuda bir turkum ocherklar 
yozarman. Agar niyatim yo‘ldoshim bo‘lsa, shoyad doimiy ishlash uchun shu gazetada qoldirishar. 
Lekin, bu haqda gapirishga vaqt erta. Muhimi, ertaga yozishga o‘tiraman. Safarda atay hech narsa 
yozib bormadim. Hammasini bir chekkadan xotirada tiklashga to‘g‘ri keladi. 
Nima qilganda ham, og‘u tarqatganligi uchun og‘ir va adolatli, qonuniy jazosini kutayotgan 
choparlarning taqdirlariga men beparvo qarayolmayman. Ularni qismati achchiq va o‘ngmagan tirik 
odamlar deb bilaman. Ayniqsa, Lyonkaga achinaman. Bolakay xarob bo‘lyapti. Bu yerda yana o‘sha 
axloqiy masala ko‘ndalang bo‘lib turadi. Bu haqda sen bilan ko‘p gaplashganmiz, Inga. Sen mutlaqo 
haqsan, Inga, Yer kurrasining har qanday nuqtasida ro‘y bergan har qanday insonning har qanday 
jinoyati, har qanday yovuzligi, garchi biz bundan bexabar bo‘lsak-da, va garchi biz bundan juda 
yiroqda tursak-da, va bu haqda hech narsa bilishni istamasak-da, bari bir barchamizga taalluqlidir. 
Yashirib o‘tiradigan joyi yo‘q, goho masxara qilib kulib qo‘yamiz: qaranglar-a, bizning raqiblarimiz 
qanday ahvolga tushishibdi, deymiz. Lekin, gazetalar mamlakatimizdan tashqarida bo‘layotgan 
jinoyatlar haqida yozib to‘g‘ri kilishadi, buning o‘ziga yarasha chuqur ma’nosi bor. Zotan, dunyoda 
inson yelkasiga tushgan barcha og‘irchiliklarning o‘z muvozanati mavjud, koinotda birdan-bir 
fikrlovchi xilqat — bu odam va ularning mana shu xislatlari,— biz buni istaymizmi, istamaymizmi, 
ularni bir-birlaridan o‘zaro ayirib turgan barcha narsalardan ko‘ra afzalroqdir. Barcha qarama-
qarshiliklarimizga qaramasdan, biz oxir-oqibat ana shunga kelamiz. Yer yuzida aql-idrok tantanasi shu 
bo‘ladi. Inga, shundan g‘oyatda xursandmanki, meni hayajon va tashvishga solayotgan narsalar haqida 
senga bemalol yozishim mumkin, chunki, meni tushunasan, men bunga aminman. To‘xtovsiz xatlar 
yozaverib, joningga tegib ketamanmi deb, qo‘rqaman. Nima qilay, yozmay turolmayman, iloji yo‘q, 
aks holda chidayolmayman. Fikru hayolim senda, doim sen bilan bo‘lishni istayman, Goho qaniydi, 
yana Mo‘yinqumga borib qolsam, mototsiklda Uchquduqqa kelganingni ko‘rsam, men sho‘rlik 
xudojo‘y fikri jadidni bir qarashda asiru mubtalo etganingni his qilsam, deyman. O’shanda seni ko‘rib, 
shu qadar lol qolgan edimki, hali-hanuzgacha eslasam, yuragim gursillab urib ketadi, o‘zimni qo‘ygani 
joy topolmay qolaman. Odam buni aytishga ham hatto, xijolat chekadi. Sen zamonaviy liboslarda 
misoli oydan tushgan ilohaday bo‘lding... 
Mana shularni eslab o‘tirarkanman, o‘shanda, choparlar bilan to‘qnashganlarimda inson azob-
uqubatlari toshu-tarozusida mayli, zig‘ircha bo‘lsa-da, yomonlik kamayib, yaxshilikning hissasi 
andakkina ko‘payishiga xizmat qilolmaganimdan o‘kinaman. Ular Xudodan qo‘rqadilar, deb 
o‘ylovdim. Lekin ularning xudosi pul ekan. Mana hozir o‘sha chopar bolalarga qanday yordam 
berishim mumkin, degan fikr meni qiynaydi. Takdir ekan, ularga duch keldim, ular o‘rtasida bo‘ldim. 
Men avvalo tavba-tazarruni nazarda tutyapman. Men ularga tavba yo‘lini ko‘rsatmoqchi edim. Tavba 
— insoniyat ruhiyati tarixining eng ulug‘ ne’matlaridandir. Bizning kunlarda uning sariq chaqachalik 
e’tibori qolmadi. 
Hozirgi zamon kishisining ma’naviy dunyosidan u tamomila badarg‘a qilindi. Lekin odam tavba-
tazarrusiz odam bo‘lishi mumkinmi? Xoh xatti-xarakatda, xoh, o‘y-fikrlarda, xoh o‘zini qiynab 
o‘rtanishlarda, xoh iztirob, pushaymonliklarda aybi, xatosini tan olib, larzaga tushmog‘i va ko‘zi 
ochilmog‘isiz inson — inson bo‘larmidi?.. Haqiqatning yo‘li — kamolotga erishmoqlikning kundalik 
yo‘lidir... 
O, Xudoyim, yana o‘sha eski gapga tushib ketibman-ku! Meni kechir, Inga. Yuragim toshib 
ketyapti, chunki faqat seni o‘ylayman. Nazarimda, senga aytishim kerak bo‘lgan gaplarning yuz 
mingdan birini ham aytib ulgurolmayotgandayman... 
Qaniydi, seni tezroq, tezroq ko‘ra qolsam, axir mundoq o‘ylab qarasam, ko‘rishmaganimizga bir 
hafta bo‘libdi... 
Juda, juda sog‘indim. Dilim tinmasdan o‘rtanadi. Boshqa hamma hayot tashvishlari men uchun o‘z 
qimmatini yo‘qotdi, hech narsaga arzimaydigan narsa bo‘lib qoldi, ajoyib...» 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling