Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
105 bizning ishimizga xalal berma. Mabodo, mendan o‘tgan bo‘lsa, ko‘nglingga olma. Ishimiz o‘zi shunday, juda qiyin. O’zing ham ko‘rding-ku. Iltimos, boradigan joyingga jo‘na. Sen ozodsan. Faqat bizga boshqa borma. Tushundingmi, a? Avdiy ahvolimni qanday tushuntirsam, ushlangan choparlar haqidagi fikr-mulohazalarimni qanday bayon qilsam ekan deb, o‘ylab, hayolini yig‘ishtirayotgan edi, leytenant o‘rnidan turdi-yu, odamlar orasini yorib o‘tib, jo‘nab qoldi. Yo‘lovchilar bekorchilikdan tag‘in Avdiyga alang-jalang ko‘z tashlay boshlashdi: u turli-tuman odamlar yig‘ilgan shu xaloyiq ichida ham otning qashqasiday ko‘zga tashlanib turmoqda edi. Kiyimlari yirtilgan, aft-basharasi ko‘kargan, g‘urra bo‘lgan, qo‘ltig‘iga taxta qistirib olgan bir holi-bir sar Avdiy odamlarning g‘ashini keltirib, nafratini qo‘zirdi. Ustiga-ustak, uni hozirgina militsioner bu yerga tashlab ketgan edi. Avdiyning ahvoli tobora yomonlashardi... Qattiq isitmalay boshlagan, boshi sirqirab og‘rirdi. Kecha bo‘lib o‘tgan voqealar, tungi jala, shishib, yurolmay qolgan oyog‘i, nihoyat, og‘ir jazoga duchor bo‘lgan choparlar bilan hozirgi uchrashuv — Avdiyga bular hammasi endi o‘z kuchini ko‘rsatmoqda edi. Avdiyning badani uvishib, tinmay qaltiray boshladi, jismi xuddi yonib ketayotganday edi. U kunishib, bo‘ynini ichiga tortib o‘tirar, o‘rnidan turishga majoli yo‘k edi. Qurib ketgur qo‘ltiqtayoq esa oyoqlari tagida yotardi. Shunda murdaday bo‘lib qolgan Avdiyning ko‘z o‘ngi tuman bilan qoplandi. Odamlarning xira tortgan, yoyilib ketgan gavdalari, aft-angorlari yana cho‘zilib, bujmayib, biri uzra biri qalashib ketardi. Avdiyning ko‘ngli behuzur bo‘lar, fikrlari chuvalashar, nafas olishi tobora og‘irlashardi. Avdiy odam tiqilinch, havosi dim shu begona zalda bir o‘ziga kelib, bir o‘zidan ketib o‘tirardi. «Voy, mazam qochib ketyapti,— o‘ylardi u,— odamlar ham ko‘p g‘alati bo‘lishadi-da. Hech kim hech kimga kerak emas. Hammayoq bo‘m-bo‘sh, tirik zot qolmaganday». Avdiy bu birpasdan so‘ng o‘tib ketadi, yana hushim o‘zimga keladi, o‘shanda anavi qamokdagilarga balki biron yordamim tegib qolar, deb umid qilardi. Kuni kechagina uni o‘lasi qilib urib, poezddan uloqtirib yuborganlarini u hozir hatto eslamas ham edi. Bu qabih jinoyatchilar, nodon qotillar uning rahmini emas, g‘azabini keltirishlari, unda intiqom hissini uyg‘otishlari kerak edi aslida. Lekin hayolparast Avdiy Kallistratov hayot saboqlarini o‘zlashtirishni istamas, bunda hech qanday mantiqning foydasi yo‘q edi. Nasha yig‘uvchilarning pataroti — o‘zining ham pataroti ekanligini u g‘ayrishuuriy bir tarzda tushunardi. Bu fidoyi rahmdillik g‘oyasi ham tamomila yengilganligidan darak berardi. Choparlarni halokat chohidan halos etish uning qo‘lidan kelmadi. Ularga o‘z ta’sirini o‘tkazolmadi. Shu bilan birga har narsani kechirib yuboraverish ham ojizlik alomati ekanligini tushunmay iloji yo‘q edi, bu hali qanchalar og‘ir oqibatlarga olib borishi mumkin... Lekin baribir, dunyoda yaxshi odamlar qurib ketgani yo‘q, vokzaldagi tasodifiy yo‘lovchilar ichidan ham shunday kishi topildi. Avdiyning ro‘parasidagi skameykada yuklarini olib o‘tirgan, boshini ro‘mol bilan o‘ragan, sochlari oqargan xotin uning mazasi qochib, yordamga muhtoj bo‘lib qolganligini sezdi. — Grajdanin,— deb gapini boshladi-da, shu zahoti onalarcha mehribonlik bilan so‘radi:— Tobing qochdimi, bolam? Kasal bo‘lib qolganga o‘xshaysan-ku? — Tobim qochyapti, lekin siz tashvish chekmang,— deb iljayishga urindi Avdiy. — Hech qanday tashvishi yo‘q. Voy, Xudoyim-ey, nima gap o‘zi, biron yerdan yiqilib tushdingmi? Issig‘ing juda baland-ku,— dedi u Avdiyning peshonasiga qo‘lini tekkizib ko‘rib.— Ko‘zlaring ham qizarib ketibdi. Menga qara, bolam. Sen hech qaerga ketmay shu yerda o‘tir. Men borib bilib kelay, balki bironta vrach topilib qolar, ehtimol, seni kasalxonaga yotqizish kerakdir. Seni bu ahvolda qoldirib bo‘lmaydi... — Qo‘ying, ovora bo‘lmang,— derdi unga Avdiy ovozi ichiga tushib ketgan holda. — Yo‘q, yo‘q. Sen birpas o‘tira tur. Men darrov qaytib kelaman... Bolali qo‘shni ayoldan narsalariga qarab turishni so‘radi-da, rahmdil xotin qaygadir ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling