Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 ikki chog‘lik odam o‘tirishardi. Faqat Grishan ko‘rinmasdi. Bular orasida O’zi yo‘q edi. — Bolalar, nima qildi? Nega bundoq bo‘lib qoldi?— beixtiyor og‘zidan chiqib ketdi Avdiyning. Choparlar miq etishmadi. Ular hatto qimirlashgani ham yo‘q. Xumorilar panjara orqasida bir- birlariga zich tiqilishib o‘tirishar, basharalari juda o‘zgarib ketgan, tumtaygan, qovoqlari soliq edi. — Tanidingmi oshnalaringni?— g‘alati irshaydi jahldor leytenant. — Albatta!— dedi Avdiy.— Bular hammasi bizning bolalar. — E, hali shundoqmi!— hayron qoldi leytenant Avdiyga diqqat bilan razm solib.— Nima, bu oshnalaringmi?— so‘radi u choparlardan. Hech kim javob bermadi. Hamma ko‘zini yerdan uzmay jim o‘tirardi. — Hey, sizlardan so‘rayapman!— jahli chiqdi leytenantning.— Javob bermaysizlarmi? Mayli, ko‘ramiz hali. Tovaga tushgan qisqichbaqaday sakrataman hali. Hammangga uch yuz o‘n yettinchini berganda, meni eslab qolasanlar. Inson qadami yetmagan joylarga borib o‘tira-sanlar. Yoshmiz deysanlar-da. Yoshligingga qarab o‘tirmaymiz. Ilgari sud bo‘lmagansanlar-da, a. Bu hisobga o‘tmaydi. Ha, ha, bu hisobga o‘tmaydi. Ashyo bilan qo‘lga tushdinglar!— u polda sochilib yotgan Avdiyga tanish, nasha bilan to‘ldirilgan yukxaltalar va jomadonlarni ko‘rsatdi. Ularning ayrimlari ochilgan, ayrimlari yirtilgan, u yer-bu yerda nasha sochilib yotar, xonani yovvoyi giyohning og‘ir hidi tutgandi. Stol ustida telefon yonida og‘u solingan gugurt qutilari va shisha idishchalar turardi.— Ko‘rsatib qo‘yaman javob bermaslikni! Xafa bo‘lishdi bular tag‘in! Ashyo bilan qo‘lga tushdinglar-ku!— deb takrorladi leytenant tajangligi ortib, jahl ustida uning ovozi jaranglab chiqa boshladi.— Mana, dalil! Mana, ashyoviy dalillar! Mana, senlarga afyun!— u nasha to‘la yuk xaltalarni tepib ko‘rsatdi.— Shaykalaringdan bitta ablah qochib qutuldi-da. Lekin u ham hali shu yerga— panjaraga kelib o‘tiradi, yaramaslar! Turlaring! Tur, kimga aytyapman! Yalpayib o‘tirib olganini qarang! Tikka bu yoqqa qarab turlaring! Ko‘zingni olma! Kimga aytyapman ko‘zingni olma deb! Senlarga o‘xshagan yaramaslar meni vagonning tagidan otishdi. Mendan rahm-shafqat kutmalaring endi! Ablahlar, mishiqilar, qurollanib olishibdi! Yana nimalarni istaydilar! Hayotim boricha sizlar bilan olishaman. Men qanday olishishni bilaman. Hamma poezdlarda, hamma yo‘llarda sizlarni quturgan itday tutib olaman! Mendan hech qayoqqa qochib qutulolmaysanlar!— ko‘pirib-toshib qichqirardi u.— Senlardan so‘rayapman kim manavi juldurvoqi? Muxbirmish! Kim bu ro‘dapo!— Leytenant Avdiyning qo‘lidan tutib, panjara oldiga sudrab bordi.— Aytlaring yaxshilikcha! Oshnalaringmi? Bir zum hammalari jim qolishdi. Avdiy choparlarning badqovoq basharalariga razm solarkan, hech o‘z ko‘zlariga ishongisi kelmasdi. Shularmi kechagina cho‘lda poezd to‘xtatgan? Shularmi so‘rib- so‘rib nasha chekib, kayf surgan? Shularmi uni o‘lguday urib, vagondan uloqtirgan? Shularmi chapdast bolalar? Mana endi kamarsiz shim kiyib, yalang oyoq bo‘lib (zaruratga olib chiqqanda qochib ketmasinlar deb, shunday qilsalar ehtimol), sho‘rlariga sho‘rva to‘kilib, panjara ichida nochor tumtayib o‘tiribdilar. — Oxirgi marotaba so‘rayapman senlardan,— g‘azabidan bo‘g‘ilib dedi leytenant.— Men tutib kelgan manavi taviya oshnalaringmi, yo‘kmi? — Yo‘q, oshnamiz emas,— g‘o‘dinglab hamma uchun javob qildi Petruxa, Avdiyga istar-istamas qarab qo‘yarkan. — Nega unday deysan, Pyotr?— hayratga tushdi Avdiy panjara tomon sudralib yaqinlasharkan.— Nima, meni esdan chiqardinglarmi?— ta’na qilganday so‘radi u panjara ortidagilardan.— Sizlarga jonim achiydi,— deb ko‘shib qo‘ydi u.— Qanday qilib bunday bo‘ldi? — Ta’ziya bildiradigan joy emas bu yer sizga,— siltab tashladi uni leytenant.— Men endi har bittangdan alohida-alohida so‘rayman,— po‘pisa qildi u choparlarga.— Kim yolg‘on aytsa,— bu bari bir ma’lum bo‘ladi,— unga yana bir modda qo‘shiladi. Qani, sen ayt,— dedi u Maxachga qarata. — Bizdanmas,— deb javob berdi u tupuk sochilgan lablarini qiyshaytirib. — Endi sen ayt,— buyurdi leytenant Lyonkaga. — Bizdanmas,— dedi Lyonka va og‘ir xo‘rsindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling