Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Oradan qancha vaqt o‘tdi, Avdiyning esida yo‘q. Uning juda mazasi qochdi. Nima 
bo‘layotganligini endi fahmladi: tomog‘i qattiq og‘rirdi. Hatto tupugini yutolmasdi. «Angina bo‘lsa 
kerak,— deb o‘yladi Avdiy. U shunchalar holdan toygan ediki, shu yerning o‘zida polga uzala tushib 
yotgisi kelar — ustidan bosib, toptab o‘tsalar ham mayli edi — faqat ko‘z yumsa bas, ko‘z yumsa bas 
edi... 
Avdiyning ko‘zi endigina ilingan ekan, birdan kutish zalidagi xaloyiq harakatga keldi, g‘ovur-
g‘uvur eshitildi. Avdiy ko‘zini ochdi va militsiya xonasidan choparlarni olib chiqishayotganini ko‘rdi. 
Ularni to‘rt tomondan militsionerlar o‘rab olgandi. Tajang leytenant oldinda — odamlar unga yo‘l 
bo‘shatishar, uning orqasidan qo‘llari bog‘langan choparlar kelishardi. Petruxa, Maxach, Lyonka, 
Kolya, ikki qo‘poruvchi va yana allakimlar — o‘n kishining hammasi shu yerda edi. Ularni soqchilar 
vokzaldan qator qilib olib chiqishardi. 
Avdiy zo‘r berib, ne mashaqqat bilan taxtasini qo‘ltig‘iga qistirdi-da, choparlar orqasidan 
lo‘killadi. Nazarida jon-jahli bilan harakat qilayotgandek bo‘lsa ham, lekin negadir baribir mahbuslarni 
quvib yetolmadi. Yig‘ilgan olomon orasidan u tomonga yorib o‘tish oson emasdi. Lekin choparlarni 
qandoq olib ketishayotganini yaqqol ko‘rib turdi: vokzal eshigi oldida orqa darchasi panjarali yopiq 
mashina turar— ikki militsoner chopar bolalarning qo‘ltiqlaridan ko‘tarib, ichkariga jildirib 
yuborishardi. 
Keyin mashinaga soqchi o‘tirdi va eshik yopildi. Leytenant haydovchining yoniga chiqdi. Shundan 
so‘ng mashina vokzal maydonidan jo‘nab ketdi. Xaloyiq har turli taxminlarni bichib-to‘qirdi. 
— Qaroqchilarni ushlashibdi. Bir gala. 
— Anavi uylarga kirib odamlarni o‘ldirib yurganlar shular bo‘lsa kerak. 
— Voy, qo‘rqib ketyapman-e... 
— E, qaroqchimi shular! Tagi ho‘l bolalar-ku hammasi! 
— Bola deysan-a? Hozirgi bolalar duch kelgan odamni o‘ldirib ketadi. Hech narsaga qaramaydi. 
— E, qo‘yinglar-e, baraka topkurlar. Bular nasha yig‘adigan, bangi bolalar. Nashaga kelishgan. 
Har kuni qanchasini tutishadi yuk vagonlarda!.. 
— Shuncha tutgani bilan yana yopirilib kelaverishadi bular... 
— Qanday zamonlarga qoldik... 
Choparlarning achchiq-alamli hikoyasi ana shunday tugadi. Negaligini o‘zi ham bilmaydi: 
Avdiyning yuragi bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi... 
Avdiy qaerda o‘tirganini yaxshi eslolmay kutish zaliga yurdi. U oyoqlarini bazo‘r sudrab bosar, 
boshi oqqan tomonga ketmokda edi. Shunda boyagi sochlari oqargan xotinga duch keldi. 
— Ha, mana o‘zi, mana!— dedi o‘sha xotin oq xalat kiygan hamshiraga.— Sen qayoqqa ketib 
qolding, bolam. Axtarib yuribmiz. Mana, hamshira qiz keldi. Isitmalab turibsan shekilli. Yuqumli kasal 
emasmikin, deb xavotir olishyapti. 
— Undaymas,— zo‘rg‘a ovozi chikdi Avdiyning. Hamshira Avdiyning peshonasiga qo‘l tekkizdi. 
— Issig‘i baland,— dedi u.— Nima bo‘ldi? Sizdan balchiq isi kelyapti. Ichingiz ketyaptimi?— 
o‘smoqchilab so‘radi u. 
— Yo‘q. 
— Mayli, farqi yo‘q. Medpunktga boraylik. Doktor ko‘radi. 
— Mayli, men tayyorman. 
— Narsalaringiz qaerda? 
— Narsalarim yo‘q... 
IV 
Avdiy Kallistratovni Jalpoq-Soz bekat kasalxonasiga yotqizishdi. Tund yuzli qozoq vrachi Oliya 
Ismoilovna kasalni ko‘rib, jiddiy dedi: 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling