Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
tun umr sizning oldingizda qololmayman-ku? Shunday emasmi?.. Eng og‘ir kunlarimda 
menga yordam qildingiz, buni hech mahal unutmayman, lekin... 
— Hoy, zing‘archa, shumlik qilma! Sen bilan biz “do‘st tutingan ikkita chovush” bo‘lib 
qolganmiz. Bas qil, bemaza gaplarni! 
Xayrullobey iyagimdan tutdi. 
Men esam hamon tiranib turib oldim. 
— Doktorbey, qolsam — o‘zimning jonim ham rohat qiladi. Ishoning, men sizning 
yoningizda o‘zimni juda baxtiyor his qilaman. Lekin qachongacha sizga yuk bo‘laman? 
Bilaman, siz juda odamparvar, jonkuyarsiz... 
Doktorbey kalta sochlarimni to‘zg‘itib hadeb mendan kulardi, keyin yana meni ermak 
qilish uchun, betlarini bujmaytirdi, lablarini cho‘chchaytirdi, tovushini ingichka qilib: 
— Odamparvar, jonkuyar!.. — dedi. — Nima, sen bilan tragediya o‘ynayabmizmi, jinni 
qiz? Tushunmaydigan maxluq ekansan. Odamgarchilik, jonkuyarlik degan narsalaring 
yetti uxlab tushimga ham kirgan emas, zing‘archa! Men o‘z kayfim uchun yashadim, 
senga ham yana shu kayf uchun xizmat qildim. Seni yoqtirmagan bo‘lsam, basharangga 
qararmidim? O‘zimni minoradan tashlaganimni eshitsang, “jonkuyarlik, fidokorlik qildi”, 
deb yurma, ishonma! “Bu xudbin chol minoradan o‘zini tashlab, qanday maza topdi 
ekan?” deb hayron ham bo‘lma. Molerning bitta qahramoni bor, menga juda yoqadi. 
Boyoqishni kaltaklashayotganda odamlar yordamga yugurib kelishsa, bularni haydab: 
“Bor, ishlaringni qil! Voy xudo! Voy xudo! Bilmaysizlarda, balki tayoqdan huzur 
qilayotgandirman!” — deydi. Bo‘ldi, bas qilaylik valaqlashni, qizim. Kelgunimcha uying 
taxt bo‘lmasa, ahvolingga voy! Bitta tanish qorovul bor, yo‘g‘on, o‘lguday to‘mtoq, xudo 
haqqi, o‘shani chaqirtirib kelaman-u dod deganingga qo‘ymay nikohingni o‘qitaman. 
Ko‘rdingmi, qanaqa jazo beraman? 
Xayrullobey ba’zi mahallardagi singari yana xunuk so‘zlar bilan hazillasha boshlaydi, 
meni tag‘in uyaltiradi, deb yonidan qochib ketdim. 
 
*  *  * 
Xayrullobey mening uchun ham ota, ham yaxshigina do‘st bo‘lib qoldi. Uyida o‘zimni 
begonaday sezmayman, men singari qalbi singan, hayoti barbod bo‘lgan bir qiz qancha-
lik baxtiyor bo‘la olsa, men ham shunchalik baxtiyorman. O‘zimga ming turli ish o‘ylab 
topaman: qari enagaga yordam, uy yig‘ishtirish, boqqa, mevalarga, hatto doktorning 
hisob-kitoblariga qarashish, shunga o‘xshagan yana ming xil ish... 
Bu yerdan ketib qolsam, nima qilaman? Men axir nogiron qatoridaman. Durust, 
sog‘lig‘im sekin-sekin yaxshilanib boryapti, lekin befoyda, ichimda allanarsa singanday 
ko‘rinadi. Eski sog‘lig‘imni, menga hamma narsani yoqtirib kelgan eski xushchaqchaqli-
gimni endi hech vaqt topolmayman. Kulib turib yig‘layman, yig‘lab turib kulaman. Minu-
tim minutimga o‘xshamaydi. Masalan, kecha kechqurun kayfim yaxshi edi. Boshimni 
yostiqqa qo‘yganimda o‘zimni juda baxtiyor bildim. Tongotarda, qorong‘ida esa hech sa-
babsiz yig‘lab uyg‘ondim. Menga nima bo‘ldi? Nimaga yig‘ladim? Buni o‘zim ham bilmay-
man. Nazarimda, kechasi bu vafosiz dunyoning hamma uylariga birma-bir kirib, qancha-
lik g‘amu g‘ussa, qanchalik umidsizlik bo‘lsa, hammasini yig‘ib kelib qalbimga joylagan-
dayman. Bu sababsiz, nomsiz, tilsiz hasrat ichida titrab: “Onajonim, onajonim!” deb 
qichqirar, faryod qilib yubormaslik uchun qo‘llarim bilan og‘zimni to‘sardim. 
Birdaniga qo‘shni xonadan Xayrullobeyning ovozi eshitildi: 
— Farida, senmisan? Nima bo‘ldi, qizim? 
Qari doktor qo‘lida shamdon bilan xonamga yugurib kirdi. Nima bo‘lganini, nimaga 
yig‘laganimni so‘roqlab o‘tirishni lozim ko‘rmay, ahamiyatsiz, balki ma’nosiz shafqat 
so‘zlari bilan tasalli bera boshladi: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling