Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
207 bunday deyishing ayb. Lekin, afsuski, sen hech nimani parvo qilmaydigan, mustaqil, er- kin ko‘rinsang ham, haqiqatda to‘pori, burnidan narisini ko‘rmaydigan, sho‘ri qurigan qiz ekansan. “Xinali qo‘zi” deb atalganlar toifasidan chiqib qolding... Bunday bo‘lmasligi ke- rak edi, nima qilaylik, bo‘lar ish bo‘ldi. Endi mening gaplarimga diqqat qil, Farida. Qari, samimiy do‘stidan kichkinagina yordam olishni ham o‘ziga ep ko‘rmaydigan sen singari mag‘rur bir qiz ana shuncha gap-so‘zdan, g‘iybatdan, tuhmatlardan ke- yin qanday qilib yakka o‘zi yashay oladi? Shuning uchun ham boshingni ikkita qilib qo‘ysak qalay bo‘lar ekan devdim, Farida. Birovdan yordam olishni xohlamaysan, ishlashni xohlaysan, lekin buning imkoni yo‘q. Birga turaylik, ajrashmaylik desam, bunga ham ko‘nmaysan, shunday emasmi? Ana, boshingni solintirib olding, javob berging yo‘q-da. Lekin rostini aytganda, mening o‘zim ham buni mushkulni oson qiladigan to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamay- man. Ko‘nglimizda bor gaplarni nega endi shartta-shartta ochib aytmaylik? Xabaring yo‘q, mahalla nomidan shahar boshlig‘iga elchilar boribdi. Meni uyimda oila a’zoyimdan, qarindosh-urug‘larimdan bo‘lmagan bir qiz bilan turadi, bu urf-odatimizga, shariatimizga to‘g‘ri kelmaydi, deb shikoyat qilishibdi. Hatto, hatto sening boshqa yurtga yuborilishing- ni ham talab etishibdi. Hammaning aybini betiga soladigan “ko‘rqozi” bo‘lganim uchun meni odamlar uncha yoqtirishmaydi. Shu bahonada nima uchun menga ham bitta tayoq tushirib qolishmasin, shunday emasmi? Gapning qisqasi, Faridajon, na men bilan yasha- shingning imkoni bor va na o‘z boshingga yashashingning. Nohaq shubhalar bilan hayotingni zaharlashadi. Bu la’nati dog‘ qaerda bo‘lsang ham seni tinch qo‘ymaydi. O‘tmishingdagi kichkina qora dog‘ ham har bir muttahamga, har bir firibgarga seni haqorat qilish huquqini beradi. Nima qildik endi, Farida? Nima chora topsak ekan? Seni qanday qilib himoya qilsak ekan? O‘lim to‘shagida yotgan kasal mazlumligi bilan yuziga qaradim, qalbimdagi chuqur umidsizlikka qaramay kulimsirab turib: — Nihoyat, o‘limni o‘ylashga haqqim borligini siz ham tan ola boshladingiz. Mana shu quyoshga, mana shu daraxtlarga, hov anovi uzoqdagi dengizga bir qarang-a, doktorbey. Menchalik joni bo‘g‘ziga kelmagan bir inson o‘z qalbining rizoligi bilan mana shu ajoyib dunyodan ketgisi keladimi? Xayrullobey qo‘li bilan og‘zimni yopdi. — Bas endi, Farida, bas qil! Umrimda qilmagan noma’qulchiligimni hozir qildirasan. Hali zamon yosh boladay ho‘ngrab yig‘lab yuboraman. Yaproqlari to‘kilgan yalang‘och shoxlar orasida porlab turgan kuz quyoshiga qo‘l cho‘zib: — Men anchagina qarib qolganman. Men o‘z umrimda odamlarning qayg‘u alamlarini, bechorachilik va muhtojliklarini juda ko‘p ko‘rganman. Mana shu qo‘llarim bilan qancha ochiq qolgan ko‘zlarni yopganman. Lekin men oldimda o‘lish majburiyatida shu qadar xotirjamlik bilan so‘zlayotgan mana shu chiroyli qiz yuzidan, kulish bahonasini qidi- rayotganday titrayotgan yaramas lablaridan ham zo‘rroq fojiani ko‘rmaganman! Xayrullobey tizzalari ustidagi yopiqni irg‘itib tashlab, xona ichida anchagina o‘y surib yurdi. Keyin oldimda to‘xtab: — U holda oxirgi chorani qo‘llaymiz, — dedi. — Seni shariatlariga muvofiq shart bilan uyimda olib qolaman, shu tariqa himoya qilaman. Tayyor bo‘l, Farida. Kelasi payshanba- da... * * * Bir haftadan beri Qushadasidaman. Ertaga kelinchak bo‘laman. Xayrullobey ham o‘zining xu- susiy ishi, ham uyga ba’zi yangi buyumlar olish niyati bilan ilgari kuni Izmirga tushib ketdi. Bu- gun kechqurun kelar ekan, telegramma oldim. Yangi buyumlarning hojati yo‘qligini aytib edim. G‘alati dalillar keltirib, qarshi chiqdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling