Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
210 kirib qoldi. Farida bilan ham besh yilcha unashgancha yurding. Eh, Komron, Farida be- choraga shunchalik jabr qilganingni hali-hali aqlimga sig‘dirolmayman! Choliqushining bulbulday ovozini, gulday yuzini eslasam, yuragim achishib ketadi. Oradan o‘n yil o‘tib ketibdiyamki, uyimiz orqasidagi boqqa qarashga yuragim dov bermaydi-ya. Ha, jon be- rayotganingda sening bu gumrohligingni kechirmayman, Komron! — Pochcha, o‘zingiz bahrini ochgani olib ketayotgan bir kasalga shunday so‘zlarni ay- tib bo‘ladimi? — To‘g‘riku-ya, lekin sendagi dardning bu narsalarga hech aloqasi yo‘q-da. Yaxshi ko‘rgan xotiningga uylanding-u, aqalli bir yil ham baxting ochilib umr qilolmading. Mu- navvar betob bo‘lib yotib qoldi. Uch yil umringni kasal boqish bilan o‘tkazding. Shifo is- tab qaerlarga olib bormading. Shahzoda oroli qolmadi, Shveytsariya qolmadi... Taqdirga chora yo‘q ekan! O‘tgan qish xotining o‘ldi, o‘zing-chi, boshingni ko‘tarolmay qolding. O‘zingni mundog‘ qo‘lga ololmaysan. Xuddi kasal odamga o‘xshaysan. Bu narsalarning Faridaga nima aloqasi bor? Sen-ku boshqa birovni yaxshi ko‘rarding... Komron yana boyagiday achchiq bir kulimsish bilan javob qildi: — Yo‘q, pochcha, hech kim menga ishonmaydi, siz ham, albatta, ishonmaysiz; devo- nalik deb hisoblaysiz. Hayotimda ba’zi sarguzashtlar, hatto ancha jiddiy sarguzashtlar ham bo‘ldi. Lekin sizga ishontirib aytamanki, men dunyoda hech bir narsani, hech bir kimsani Faridachalik sevgan emasman. Azizbey g‘ijinib gapirdi: — Yomon savdo, yomon ishq! — Ishonmaysiz demadimmi, pochcha! Shunaqa, hech kim ishonmaydi. Mujgon o‘shandan beri men bilan urish, Faridaning ismini og‘zimga ham oldirmaydi. Qoshlarini chimirib: “Yo‘q, Komron, undan og‘iz ochishga haqqing yo‘q!” — deydi. Onam ham shun- day, xolam ham, boshqalar ham shunday. Bu yerda Farida to‘g‘risida faqat Narmin bi- langina gaplasha olaman. Mana endi Narmin o‘t yettiga chiqdi, holbuki, Farida kelganda faqat yettida edi. Faridani es-es biladi. “Meni arg‘imchoqda uchirgan qizil ko‘ylakli opam” deb eslaydi. Shunday kunlar bo‘ladiki, Narminni qizil ko‘ylakli opasi haqida gapirtirish uchun ozmuncha ter to‘kmayman. — Qiziq odamsan-da, Komron! Yaxshi, unisi-chi? — Unisi kasal xotin edi. Meni deb o‘lib ketishi mumkin edi. Faridadan butun umidim uzilgandan ke- yin unga shafqat yuzasidan bir odamgarchilik qildim, xolos, bo‘lgani shu. — Tushunib bo‘lmaydigan narsalar. Chalkash odamsan, Komron! — Rosti shu, pochcha. Nima xohlaganimni, nima qilganimni hech mahal o‘zim ham bilgan emasman. Bilgan, ishongan bir narsam bo‘lsa, u ham Faridaga bo‘lgan muhabba- timdir. Bu qizning qalbimda qoldirgan shunday xotiralari borki, bir umr unuta olmayman. Menga shunday tuyuladi: o‘layotganimda ham esimga olib, yig‘lab turib o‘laman. Sizga bir dalil keltiray, pochcha. Doktorlar “Havoni o‘zgartirishingiz kerak”, deyishganda, eng avval o‘ylagan joyim Taqirdog‘ bo‘ldi. Siz, Komron mening taklifim bilan keldi, deb o‘ylarsiz? Yo qishloq to‘ylarida bahrini ochish uchun shu yerda bir oydan beri turibdi, deb o‘ylayotgandirsiz? Xafa bo‘lmang. Lekin men bu yerga yoshlik orzu-umidlarimning siniq zarralarini tergani kelganman, bo‘lgani shu. — Xo‘p, nodonlik-ku qilibsan, xo‘sh, buni tuzatishning iloji yo‘qmidi? — Men xato qildim, pochcha, juda yomon xato qildim. Farida biznikidan shunday bir g‘azab va alam bilan ketib qolgan ediki, izini topganimdan keyin ro‘para kelishdan hayiqdim. Uning faqat qalbigina emas, izzat-nafsi ham yaralangan edi. Yot-begona yurt- larga yolg‘iz ketish uchun, kim biladi, qanchalar yuragi ezilgan ekan. Oradan loaqal olti oy o‘tmay turib men bilan ko‘rishsa, jahli chiqishi, yana battar g‘azabga kelishi, bundan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling