Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 maktbga shuncha tez kelib turibdi? Har safar “Shu tomonlarda turadigan bir kasal o‘rtog‘imni ko‘rgani kelib edim-da. Taqsin bog‘ida bir oz mashq etishib ketay deb edim- da...” kabi sabablar ko‘rsatadi. Boshqa bir kun hech narsa so‘ramasam ham: — Otamning Nishontoshida bir qadrdon do‘stini ko‘rib kelyapman... Otam u kishini ko‘p yaxshi ko‘rardi, — dedi. O‘zimni tutolmasdan birdaniga hamla qilib: — Oti nima? Nima ish qiladi? Manzili qanday? — dedim. Bo‘lam shoshib qoldi. Shu darajada shoshdiki, bironta yolg‘on ism, yolg‘on manzil ham tiliga kelmadi. Rangdan rangga kirib, kulib turib: — Nima qilasan so‘rab? Seni nimasi qiziqtiradi?— kabi so‘zlar bilan meni aldashga tu- tindi. Bunda muhim bir masala borday: — Kelasi hafta boshlarida borib xolamdan so‘rayman, — dedim. Komron bu gapimni eshitib, beshbattar qizarib ketdi. — Zinhor so‘ray ko‘rma! Onamga og‘zingdan chiqarma!.. U kishi bilan ko‘rishishimni hech xohlamaydi, — deb yolvora boshladi. Zaharli chayon, meni hech alday olmaysan... Sening yuragingda nimalar borligini bila- man. G‘azab bilan o‘rnimdan turdim, u zo‘rlik bilan ushlamoqchi bo‘lgan qo‘llarimni cho‘ntaklarimga yashirdim. — Na otangizning do‘stlari va na o‘zingizning do‘stlaringiz meni qiziqtiradi, deb o‘yla- sangiz, xato qilasiz... O‘rinsiz laqmalik qildim, xolos, — dedim-u, tashqariga chiqib ket- dim. * * * O‘sha kundan keyin Komron har safar maktabga kelganda turli xil bahonalar qilib, oldiga chiqishdan bosh tortdim. Har safar olib kelgan qutichalarini sinfda yo bog‘da yirtib ochadi- gan, ichidagilarining bir donasiga ham qo‘l urmay, bolalar ustiga sochib yuboradigan bo‘ldim. Haqiqat oyday ravshan edi. Baxtiyor tul mutlaqo shu atroflarda turishi kerak. O‘sha kechadan keyin, albatta, pisandalari shunday bo‘lgan. Bo‘lam tez-tez unikiga boradi, shu orada meni ham yo‘qlab turadi. Xohlagan axloqsizliklarini qilishaversin... Menga nima, faqat ikki o‘rtada meni o‘yin- choq qilishlari jon tomirimni sug‘urardi. Shu narsa esimga tushdi deguncha badanimni o‘t olar, alamimdan yig‘lab yubormaslik uchun lablarimni tishlab qonatar edim. Narimonning qaerda turishini uydagilardan so‘rab bilib olish hech gap emas, lekin bu xotinning otini tilga olish men uchun chidab bo‘lmaydigan narsaday tuyulardi. Dam olish kunlarining birida uyga borgan edim, mehmonlardan biri Najmiyaga: — Ilgari kuni Narimondan xat oldim, juda baxtli emish, — deb qoldi. Kichkina laychani hovuzda cho‘miltirgani olib chiqib ketayotgan edim. Shu so‘zlarni eshitdim-u, eshik oldida to‘xtadim, yerga cho‘kkalab kuchukchani quchog‘imdan sekin qo‘yib yubordim. Baxtiyor tul haqida bir narsa so‘rash fikrim yo‘q edi, lekin qulog‘imga birov paxta tiqib qo‘yibdimi? Mehmon hamon so‘zlardi. — Eridan juda xursandga o‘xshaydi, bechora bu gal zora baxtli bo‘lsa... Najmiya odam ovozini takrorlaydigan hammom gumbaziga o‘xshab: — Ha, ha, bu gal zora baxtli bo‘lsa bechora, — deb mehmonning so‘zlarini takrorladi- yu, ahmoqona bir tarzda gapga xotima berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling