Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
yuborishi mumkinligini Komron hech mahal aqliga keltirmagan edi. 
Faridaning lablaridan tabassum arimas edi. Eski ohangiga bir yeridan nozikkina darz 
ketgan billurning mungli, shikoyatli jarangi qo‘shilgan ovozi bilan bolalik chog‘larining 
xotiralaridan gapirardi... 
Komron yuragini changallab turib, keyingi hayoti qanday o‘tganligini so‘radi. Farida 
birdan jiddiylashib, boshini chayqadi. 
Esimdan chiqdi, Komron. O‘n besh yoshimgacha, shu yerga kelgan vaqtlarimgacha 
bo‘lib o‘tgan narsalar esimda, qolganlarini esa tuman bosdi, ko‘rmayman. 
Xotiralarini bosib qolgan tumandan gapirayotganda, ko‘zlarini ham tuman bosib borar, 
boshini bir yonga egib, uzoq-uzoqlarga tikilib o‘tirardi. 
 
*  *  * 
Farida eng eski bolalik xotiralaridan so‘ng, nihoyat keyingi o‘n besh yil izlaridan bahs 
eta boshladi. U Hoji xalfaning ajoyibligini, Zaynilar oqsoqolining o‘gitlarini, mudir Rajab 
afandining alomatligini hikoya qilib turganda, kuluvchi ko‘zlariga, jonli harakatlariga ba’-
zan bir sababsiz horg‘inlik cho‘kar, shunda ovozidagi siniq billurning sezilar-sezilmas ja-
rangi yana ham kuchayar, yaralangan qalb fig‘oni kabi titrardi. 
Farida daryo bo‘yidan so‘z ochganda, Komron ko‘zlarini yumdi-yu: “Farida tanbur cha-
layotgan sevgilisining tizzasiga bosh qo‘yib, uning ko‘zlariga tikilgan o‘sha sharshara 
bo‘yi bo‘lmasin tag‘in!” deb o‘yladi. 
Choliqushi hayotiga oid bir qancha mayda-chuyda va ahamiyatsiz narsalarni aytib 
bergandan so‘ng, birdan esiga tushganday: 
— Komron, senga hali pochchangning suratini ko‘rsatganim yo‘q, a? — dedi. 
U bo‘ynidagi tilla zanjirda osig‘liq kichkina oltin medalonni olib, Komronga uzatdi. 
Yigit sarosimaga tushganini, titray boshlaganini sezdirmaslikka tirishib, suratni oldi. 
Farida u bilan birga suratni tomosha qilish uchun boshini engashtirdi, yuzi Komron yuzi-
ga yaqinlashdi. 
— Uning yuziga qara, Komron. Naqadar olijanob, naqadar issiq, a? 
Yigit esa ko‘z qiri bilan Faridaga sezdirmaygina qarab turardi. Farida qattiq o‘yga bot-
gani va suratga butun borlig‘i bilan tikilib qolgani uchun uning qarab turganini sezmadi. 
Komronning hayotida bu eng achchiq, eng iztirobli isyon minuti bo‘lgan bo‘lsa kerak. 
Demak, Faridaning nozli, yoqimli va pok go‘zalligi mana shu oq soch, dag‘al yuzli 
so‘loqmon cholga nasib bo‘libdi-da? 
Komronning ko‘z o‘ngiga dahshatli bir manzara keldi. Farida uyalganidan lavlagiday 
qizarib ketgan yuzida javdirab turgan shahlo ko‘zlaridan duv-duv yoshlar to‘kib, bolalar-
niki singari mas’um lablarida yolborayotganga o‘xshash bir titroq bilan chol qo‘llarida 
o‘zini urib tipirchilayotganday ko‘rindi. 
Choliqushi uning yuziga qaramagan bo‘lsa ham, lekin xayolidan o‘tgan o‘ylarni sez-
ganday bir seskandi-yu, medalonni sekin olib ko‘ksiga qo‘ydi. Keyin: 
— Uzr endi, men boray, Komron. Uyda mehmonlar bo‘lsa kerak, — dedi. 
 
IV 
 
Choliqushining uyasiga qaytganiga o‘n kunga yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham Azizbey 
pochchasi har kuni kechqurun: 
— Payqayapsizlarmi, bolalar? Uyimizga fayz kirib qoldi. Choliqushi bu safar qal-
dirg‘ochga o‘xshash qanotlarida bahor keltirdi. Attang, bahorning yana bir kuni o‘tib ket-
di-da, — deyishini qo‘ymas edi. 
Farida bo‘lsa kulib: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling