Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
— Hechqisi yo‘q, pochcha, bir necha yildan keyin yana ruxsat olib kelaman. Xafa 
bo‘lmang, hali oldimizda ancha kun bor, halitdan o‘zimizni dili siyoh qilish juda ham za-
rurmi? — deyardi. 
Choliqushi tamomila eski Choliqushiga aylangan edi. O‘tkinchi bo‘ronda sovrilgandan 
so‘ng yana quyoshga yetgan toza gul singari kun sayin ochilib borardi. 
Choliqushi yana uydagi bolalarga onaboshi bo‘lib oldi. Mujgonning uch yashar qizidan 
va undan xiyol katta Najdaddan boshlab to o‘n yetti yoshli Narmingacha katta-kichik bo-
lalarning hammasi uning pinjiga kirib oldi. Bular ertadan-kechgacha Choliqushidan bir 
odim ham qolmay chorbog‘ni to‘s-to‘polonga, qiy-chuvga, o‘yin-kulgilarga to‘lg‘azishardi. 
Gohi mahallar ularning to‘poloni shu darajaga yetardiki, kattalar tanbeh qilishga majbur 
bo‘lardilar. Lekin kattalarni suyuntiradigan boshqa tomon ham bor edi. Komron bilan Fa-
rida har nima bo‘lganda ham eski nishonlilar, unashilgan kishilar edi, shuning uchun 
so‘nggi besh yil ichida bitib ketganday ko‘ringan eski yaraning yana ochilishidan qo‘rqar-
dilar. Faridaning yosh bolalarcha sho‘xligi, uni faqat uzoqdan tomosha qilishdan 
boshqasini xohlamaganday ko‘ringan Komronning halim, sokin baxtiyorligi uydagilarni 
tashvishdan qutqara boshlagan edi. Shunday bo‘lsa ham ular Komron bilan Faridada eski 
vaqtlardagi “aka” va “singil” hislarini yana ehtiyoti shartdan kuchaytirishga harakat qildi-
lar. Uxlab qolgan kasalning uyida uni uyg‘otib qo‘yishdan qo‘rqib, qanchalik shivirlab ga-
pirilsa, ular oldida ham ehtiyotsiz bir so‘z bilan u alamli o‘tmishni uyg‘otib yuborishdan 
shunday qo‘rqar edilar. 
Ba’zan Azizbey Faridadan: 
— Munchalik shoshilmay, ko‘proq tursang bo‘lmaydimi? — deb so‘rardi. 
Choliqushi esa ketish so‘zini eshitib, har doim mashqi tushar: 
— Iloji yo‘q-da, pochcha. Har nima bo‘lganda ham Choliqushi boshqa uyaning onasi
uning yo‘liga ko‘zlari to‘rt bo‘lib turganlar ham bor, — deyar edi. 
 
*  *  * 
Komronga qattiq tegayotgan bir narsa bo‘lsa, u ham Farida bilan Najdad o‘rtasidagi 
ahillik edi. Komron bolaning Choliqushi qo‘llarida uxlashini, ana shundan ke-   yingina 
ularning ayrilishini kutishga majbur bo‘lardi. 
Komron bir kuni Faridaning bola bilan janjal qilayotganini eshitib qoldi. Choliqushi 
bo‘g‘ilib: 
— Qani, Najdad, ayt-chi, yana bir marta “amma” de-chi, amma, amma... — deyardi. 
Lekin Najdad unga bo‘ysunmas, o‘jarlik bilan sariq boshini silkitib: 
— Oyi, oyi, oyi, — deyardi. 
Komron hayiqibroq: 
— Qo‘y, Farida, oyi desa deyaversin, nima ziyoni bor? — dedi. — Kim biladi, balki 
shunday deyishga ehtiyoj sezayotgandir. 
Farida hech nima demadi. Faqat egilib, bolaning boshini silay boshladi. 
V 
 
Boshqa bir kuni ertalab Komron yopiq derazaga mayda toshlar kelib urilganini   eshi-
tib uyg‘ondi. Faqat Faridagina shu taxlit uyg‘otishini u bilardi. Choliqushi yana katta 
yong‘oq tagida nonushta qilishga chaqirib kelgan edi. Dasturxonda dastlabki kunlari va’-
da qilgandek, juda ham yoqimli nok hidi anqib turgan ajoyib sut, buning yonida qish-
loqlarda yopiladigan mayda kulchalar, murabboga o‘xshash pushtirang bir nima solingan 
likopcha bor edi. 
Farida kulchalarga murabbo surtib Komronga uzatdi-da: 
— Mana, totib ko‘r, keyin mening qanchalik pazanda ekanimni bilasan, — dedi. — Bu 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling