Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
qiling, Choliqushi ham onasi singari allaqaerlarda o‘lib ketdi. Xohlasangiz, bir-ikki tomchi 
ko‘z yoshi to‘king. Bunga aralashmayman. Faqat uzoqda ham hazir bo‘ling, yordam 
qilayin deb yurmang, Haqorat bilan rad etaman. 
Men yigirma yoshida suvdan toymaydigan odamman. Ko‘nglim xohlaganicha yashay-
man”. 
Bu odobsiz maktubni eslasam, har doim uyalib yig‘layman. Ilojim yo‘q edi. Xolamning 
meni izlashiga, balki yo‘limni to‘sishiga boshqacha qarshilik ko‘rsatolmasdim. Kuysin, 
yonsin xolam, lekin meni sog‘inmasin. 
 
* * * 
Ertasi kun maktubni o‘z qo‘lim bilan pochtaga topshirib, to‘g‘ri Maorif ministrligiga 
ketdim. Egnimda Gulmisol xalfaning uzun chorshafi, yuzimda peshasi. Shunday qilishga 
majbur edim. Chunki ko‘chada o‘zimni birovga tanitmasligim kerak. Bundan tashqari, 
ochiq-sochiq yuradigan muallimalarga Maorif ministrligida uncha ishonmasliklarini ham 
eshitgan edim. 
Maorif ministrligining eshigiga yetguncha vaqtim ancha chog‘, o‘zim dadil edim. Ishla-
rimning juda oson bitishidan umidvor edim. Xizmatchilardan biri meni Maorif ministrining 
yoniga boshlab kiradi. U ham diplomimni ko‘rar-ko‘rmas: “Xush kelding, oppoq qizim. 
Biz sizlardaqa odamlarga intizor edik”, — deydi-yu, meni Anatoliyaning eng yashil o‘lka-
laridan biriga tayin etadi, deb o‘ylar edim. Faqat eshikdan kirar-kirmas havo birdan 
o‘zgardi: meni g‘alati bir hayajon, qo‘rquv chulg‘ab oldi. Egri-bugri koridorlar, binoning 
pastki qatoridan ustki qavatigacha cho‘zilgan ajoyib zinalar, bu koridorlar va zinalardagi 
talay odamlar. Birovdan bir nima so‘rashga yuragim betlamay, tevaragimga jovdir-jovdir 
qarardim. 
O‘ng tomonimda bahaybat eshik ustiga “Ministrlik sekretariati” deb yozilgan lavhani 
ko‘rib qoldim. Har holda, Maorif ministrining kabineti o‘sha yerda bo‘lishi kerak edi. 
Eshik yonida hammayog‘i yirtilib, iplari osilib qolgan saxtiyon to‘shakli eski kursida bir 
kerik xodim o‘tiribdi. Uning dimog‘i shunchalar baland ediki, ko‘rgan kishi: “Ministr yo 
uning o‘rinbosari shularmikan?” deb gumonsirasa o‘rinli bo‘lardi. 
Men qo‘rqa-pisa yoniga keldim-da: 
— Nozirbeyni* yo bo‘lmasa o‘rinbosarlarini ko‘rmoqchi edim, — dedim. 
Xodim barmoqlariga tupurib, shopday mo‘ylovlarining uchini buradi, keyin shohona bir 
qarash bilan menga ko‘z yugurtirib, og‘ir-vazmin so‘radi: 
— Nozirbeyda nima ishing bor? 
— Muallimalikka olsa, deb so‘rab keluvdim. 
U mo‘ylovlarining qay shaklga kirganini ko‘rish uchun lablarini yuqoriga burib turib ja-
vob qildi: 
— Bunday narsalar bilan nozirbeyni bezovta qilmaydilar. Kadrlar bo‘limiga uchra. 
“Kadrlar bo‘limiga uchra” degani nimaligini so‘ragan edim, u javob berishni ep 
ko‘rmay, yana boyagi mag‘rur shohona avzo bilan boshini teskari o‘girib oldi. 
Chorshafim ichida o‘zimni ermak qilib tilimni chiqardim. “Xizmatkori shunchalik 
bo‘lgandan keyin, xo‘jayini qanday ekan? Voy, sho‘rimga sho‘rva”, deb o‘yladim. 
Zina panjarasi yoniga sakkiztami-o‘ntami chelak tizib qo‘yishibdi. Ustiga men chor-
bog‘da o‘ynab yurgan taxtalarga o‘xshash bitta uzun taxtani yotqizishib, skameyka qili-
shibdi. Unda bir to‘da erkak va xotin kishi o‘tiribdi. 
Qora jun chodrasini iyagi tagidan to‘g‘nag‘ichlab olgan, ko‘zlari ko‘k shishaga o‘xsha-
gan bir keksa xotinni ko‘rdimu, yoniga borib, dardimni aytdim. Menga achinayotganday 
qarab: 
— Bu ishda yangiligingiz ko‘rinib turibdi. Ministrlikda tanishingiz yo‘qmi? — dedi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling