Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc


Download 108.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana22.07.2023
Hajmi108.46 Kb.
#1661843
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. [O’tkir Hoshimov]

Yo’qchilik va to’qchilik 
Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o’qiydiganlarda pul yo’q. Puli ko’plar kitob 
o’qimaydi. 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Tebranma dunyo 
Mehr-yaxshilik, qahr-yomonlik belgisi, degan gap bor... 
Teskarisi bo’lsa-chi? 
Tasavvur qiling. Bir nomard, begunoh odamni o’ldirdi. Siz mehr ko’rgizib, uni jazodan 
saqlab qoldingiz. U ertasiga boshqa bir begunohni o’ldirdi. Sizning mehringiz yaxshilikka 
emas, yomonlikka sabab bo’ldi… 
Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan haqiqatlar ham bo’ladi… 
Ildiz 
Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O’z ildizini inkor 
qilgan daraxt qurib qoladi. 
O’lchov 
Umr o’lchovi yolg’iz Ollohga, mazmuni esa ko’p jihatdan insonning o’ziga bog’liq. 
Bolalik va keksalik 
Bolalikda dunyo keng-u kiyim tor. 
Keksayganda kiyim keng-u dunyo tor… 
Odob 
Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi. 
Otaga oson tutmang. Farzandiga dardini ayta olmaydi. 
Aql yoshda emas 
Yoshligida aqli raso odam keksayib, “annaqaroq” bo’lib qolishi mumkinmi-yo’qmi, unisini 
bilmadim-ku, ammo yoshligida “annaqaroq” odam keksayganda aqli raso bo’ladi, 
desalar... Bilmadimov. 
Tiriklar va o’liklar 
Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o’tganlar ruhini 
xotirlaysiz... Keyin... o’z yumushingiz bilan ketasiz. 
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas... iloji bo’lsa, qabristonni osoyishta aylaning. 
Shunda... g’alati holat ro’y beradi. Marhumlar sizga ko’-o’-o’p narsalarni aytadi... 
Ishoning, o’liklar tiriklardan ko’ra teranroq fikrlaydi... 
Ne’mat 
Ayollar! Yig’lab ko’nglingizni bo’shatishdek ne’matni ato etgani uchun Yaratganga 
shukronalar qiling! 

Download 108.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling