132
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya,
faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik
jarayoni.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim muassasasi Ustavi - ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini
yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» – tizim) – ta’lim-tarbiya
mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit
qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining
turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini
belgilashning alohida usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: