Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Rag‘batlantirish – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy 
baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-
quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
boiadigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
Rivojlantiruvchi vazifao‘qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va 
irodaviy rivoj lanishi, bilishga bo‘ lgan intilishlarini va ijodiy faollikni 
shakllantirish va rivojlantirishni ta’ minlashdan iborat bo‘lgan vazifa. 
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash)muayyan 
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma’lum o‘quvchilar guruhi.


132 
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, 
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik 
jarayoni.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi 
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Ta’lim muassasasi Ustavi - ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini 
yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat. 
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» – tizim) – ta’lim-tarbiya 
mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining 
turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini 
belgilashning alohida usuli. 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling