Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова
Download 33.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt xususiyatlari
- Shkalalash
- O‘z-o‘zini baholash
- O‘zlashtirish
Tevarak-atrof – chamalash, oriyentirovka qilish, o‘zi turgan nuqta, yon
atrofdagi obyektning o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma-yon, yaqin tomoni. Universitet – kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi. Usul - muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish. Vaqt xususiyatlari – bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi. Vaziyat- situation-(situatsiya) (keying lotinchadagi situation -ahvol) – muayyan vaziy at, ahvolni hosil qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi Verbal ifoda – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish. Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 133 O‘z-o‘zini baholash – mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish – o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti- harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. O‘zlashtirish – ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi. O‘rgatish – tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar. O‘quv fani - ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba. Download 33.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling