Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan boiib, parvarish qilish, ishlov berish 
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli 
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy 
va ma’naviy boyliklar tizimi. 
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs 
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, 
fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi. 
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni 
muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilalarda amalga 
oshiriluvchi ta’lim bosqichi. 
Maktabdan tashqari ta’lim – madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va 
boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga 
bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning 
bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim 
bosqichi. 
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. 
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan 
bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash 
majmui. 
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish 
uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o‘tkazish asosida ularning faoliyatini 
tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari. 
Metod – yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi 
ma’nolarni anglatadi. 
Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganadi. 
Munozara (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki 
ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli. 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling