131
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili – nazariy bilimlarning hayotga,
amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil.
Olam haqida shartli tasavvur – dunyoning yaxlit manzarasi,
bolaning
olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida
qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar)
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriat hamda magistratura)
da tashkil etiladigan hamda
mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy
ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi. ,
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va
ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim -
kasb-hunar manfaatlarini
qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish,
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga
oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob
yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalar darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist,
tarbiyachi, psixolog,
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport
va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat
mutaxassislar.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish,
muayyan faoliyat jarayonida
ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor
me'yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: