Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Interfaol usul  – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik 
muloqoti. 
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida 
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va 
insondagi shu jarayonni ifodalaydi. 


128 
Ijodkorlik (kreativlik)  –  bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z 
ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish 
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta 
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida 
barqarorlashgan dunyoqarash shakli. 
Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib 
bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini, 
qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib 
chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga 
oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy 
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv. 
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - 
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr
g‘oya. 
Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan 
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta 
oluvchi biologik mavjudot. 
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini 
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, 
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy 
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling