Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan  olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.  Darslik


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan 
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli. 
Darslik - muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik 
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi 
manba. 
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» «o‘rgatuvchi», 
«didasko» - «o‘rganuvchi») – ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining 
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, 
ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish 
yo‘llari va hokazo muammolari) ni o‘rganuvchi fan. 
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik 
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. 
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda 
etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni 
o‘z ichiga oladi. 
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni 
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga 
tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim 
tarkibiy qismi. 
Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va 
xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon. 
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil 
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. 
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati. 
Individual o‘qitish  – o‘quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta’ lim-
tarbiya berish. 
Innovatsiya 
– 
yangidan 
kiritilgan 
tushunchalar, 
tartib-qoidalar, 
tehnologiyalar va yangiliklar. 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling