Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Javob: Yo‘q. Tong otgandan so‘ng bomdod namozining ikki rakat sunnatidan boshqa
nafl namozlarini, jumladan «tahiyyat ul-masjid»ni o‘qish makruhdir. Savol: Nafl namozlarini oshkora o‘qigan ma’qulmi yoki pinhona? Javob: Fiqh kitoblarida farz namozlarni iloji boricha oshkora, jamoat bilan o‘qish zarurligi ta’kidlangan. Ammo nafl va qazo namozlarni imkoni boricha pinhona o‘qish lozim. Savol: Safardagi odam ikki rakat qasr o‘qish o‘rniga to‘rt rakat o‘qisa nima bo‘ladi? Javob: Shariat belgilab qo‘ygan masofadan uzoqqa safarga chiqqan odam musofir sanaladi. U ana shu safar chog‘ida to‘rt rakatli farz namozlarini qasr qilib, ya’ni qisqartirib ikki rakat o‘qishi kerak. Mabodo bilib turib to‘rt rak’atni to‘la o‘qisa gunohkor bo‘ladi. Ammo musofir odam muqim odam orqasidan iqtido qilib o‘qisa to‘rt rakat o‘qiyveradi. Savol: Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta’siri haqida bayon etsangiz. Javob: Qur’oni karimni tajvid qoidasiga muvofiq o‘qish har bir musulmonga farzdir. Xususan, namoz uchun lozim bo‘lgan miqdorni bexato o‘qish barcha namozxonga vojib. Qiroatdagi xalal namozga ta’sir etadi. Ba’zi hollarda namozni fosid qiladi ham. Xato nimalarda sodir bo‘ladi: E’robda. Ya’ni, so‘z harakatlarida («a», «i», «u»), madlarda, tashdidlarda xato bo‘lishi mumkin. Ya’ni, harakatlarni almashtirib, cho‘zilishi lozim o‘rinlarni qisqa qilib, ikki bir xil harfning birini tashlab o‘qish kabi xatolar. Harflarda. Ya’ni, bir harf o‘rniga boshqasini talaffuz qilish yo tashlab ketish va qo‘shish kabi xatolar. So‘zlarda va jumlalarda. Ya’ni, so‘zni tashlab ketish yo qo‘shish, o‘rinlarini almashtirish kabi xatolar. To‘xtashda. Ya’ni, to‘xtash lozim bo‘lgan o‘rinlarda to‘xtamaslik yoki to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtash kabi xatolar. Bu xatolar sababidan oyat yo so‘z ma’nosi asl ma’nodan keskin o‘zgarsa, namoz fosid bo‘ladi. Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling