Savol: «Haqqulloh» deyilganda nima nazarda tutiladi?
Javob: Alloh taolo hech narsaga muhtoj emas. Barcha narsani O’zi yaratgan. Xatari
yo manfaati butun insoniyatga birday bo‘lgan narsalar «haqqulloh» deb ataladi.
«Haqqulloh»ni poymol etish shaxs va jamiyatni tanazzulga olib keladi. («Kashful
asror»).
Savol: Namoz o‘qiyotganda oldimizdan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kishini
qaytarsak bo‘ladimi?
Javob: Namoz o‘qiyotgan kishi o‘zi bilan oralig‘idan kesib o‘tuvchini qo‘l yo bosh bilan
ishora qilib yoki tasbeh aytib qaytarishi kerak.
Savol: Sutra nima?
Javob: Sutra to‘siqdir. U barmoq yo‘g‘onligida, yarim metrdan uzunroq, cho‘p kabi
narsa bo‘lib, ochiq joyda namoz o‘qilayotganda kesib o‘tuvchilar gunohkor bo‘lmasin
deb, ikki qoshning biri to‘g‘risiga yerga sanchib qo‘yiladi. Katta masjidlarda ustun yo
qiblaga qarab o‘tirgan kishi sutra o‘rniga o‘tadi. Jamoat bilan o‘qilayotgan namozda
imomning sutrasi jamoatga ham kifoya bo‘ladi.
Savol: Men yaqinda safarda bo‘lib qaytdim. U yerda bomdod
namozining sunnatini o‘qimadim, qarindoshlarim meni gunohkor qilishdi.
Uyga kelgach, hadis kitoblarida Payg‘ambarimizning bomdod namozi
sunnatini o‘qimaganlarini ham, o‘qiganlarini ham topdim. Keyin ilmli deb
bilgan ikki birodarimdan so‘radim. Biri, o‘qilmaydi, ikkinchisi, Imomi
A’zam mazhabidagilar o‘qiydi, deb javob berdi. Sizlardan iltimos, menga
aytilgan uchta javobning qay biri to‘g‘ri ekani haqida javob bersangiz,
mendan boshqa muxlislaringizga ham foydali bo‘lsa ajab emas.
Javob: Bomdod namozining sunnatini Payg‘ambarimiz alayhissalom, xoh muqim, xoh
musofir bo‘lsin, hech qoldirmaganlar va u sunnati muakkada sanaladi. Shunga ko‘ra,
bomdod farzining qazosi sunnati bilan birga ado etiladi. Endi uni safarda tark etish
masalasiga kelsak, imkon boricha o‘qiladi, ammo o‘qilmay qolsa, gunoh bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |