www.ziyouz.com kutubxonasi
17
qolmaganiga ko‘ngil taskin topsa, suv bilan yuvsa bo‘ladi. Ayollar siydikdan
bo‘shanganlaridan so‘ng ozgina kutishlari kifoya.
8.Bo‘g‘imlarni yuvish. Quloq burmalari, burun kataklari, kindik chuqurlari, ko‘z
qovoqlari kabi, odatda badanning kir to‘planadigan barcha burmali o‘rinlari bo‘g‘imlar
qatoriga kiradi. Poklik va yoqimli hidni yo‘qotmaslik uchun badanning bu o‘rinlarini
e’tibor bilan yuvish sunnatdir.
9.Og‘izni tozalash. Kishining badbo‘y hidi, xususan, og‘zining hidlanishi atrofdagilarga
ozor berishi ma’lum.
Milkning yallig‘lanishi, tishda tozalanmasdan qolgan taomlarning sasishi, piyoz,
sarimsoq kabi hidli narsalarni yeyish, ko‘p odamlar o‘rgangan yomon odat-chekish og‘iz
hidlanishining sabablaridandir.
Og‘izning tozaligiga e’tibor berish sunnatdir. Tishlarni misvok bilan tozalash fazilatlidir.
Zero, misvok ishlatish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridandir.
10.Sochni parvarishlash. Sochni parvarishlash sunnatdir. Soch sirka va bit kabi
tekinxo‘rlarga uya bo‘lmasligi uchun vaqtida yuvib turish, tarab, o‘rish bilan
parvarishlanadi.
Sochdagi oq tuklarni yulib tashlash makruhdir. Zero, sochdagi oq musulmon uchun
nur va ulug‘vorlikdir.
Ayollar sochlariga boshqa sochni, sun’iy bo‘lsa ham ulashlari haromdir.
Imom Buxoriy va Muslim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat
qiladilar: «Birovning sochiga yo o‘z sochiga boshqa sochni ulagan ayolni, ulab qo‘yishni
so‘ragan ayolni Alloh taolo la’natlaydi».
Savol: Tirnoq o‘stirib yuruvchilarga din nima deydi?
Javob: Bu ish sunnatga xilofdir. Erkak kishiga ham, ayol kishiga ham, haftada yoki
o‘n besh kunda bir tirnoq olish sunnatdir. Tirnoq ostida qolgan kir tufayli mukammal
olingan tahorat, g‘usl chala hisoblanadi. O’qilgan namoz yuzaki bo‘ladi. Bundan tashqari
o‘siq tirnoq tagida mikroblar ko‘payadi. Umuman, tirnoq o‘stirish islomiy odat emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |