Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
boshni engashtirmay bosh barmoqlarni quloqlar yumshog‘iga tekkizadi. Ayollar esa
qo‘llarini yenglaridan chiqarmagan holda yelkalarigacha ko‘taradilar. So‘ng o‘ng qo‘l
kaftini chap qo‘lning kafti orqasiga qo‘yib, o‘ng qo‘l bosh barmog‘i va chimchilog‘i
bilan
chap qo‘l oshig‘i ushlanadi. Bunda qolgan uch barmoq chap qo‘l bilagida bo‘ladi. Ayollar
o‘ng qo‘lning hamma panjalarini chap qo‘l kafti ustiga qo‘yishadi. Shu holda qo‘llarini
erlar kindik ostida, ayollar ko‘kraklari ustida tutadilar. Qiyomda
erkaklarning oyoqlari
orasi to‘rt enli bo‘lishi kerak. Ayollar oyoqlarini juftlab turadilar. Erkaklar ruku’da qo‘l
barmoqlari orasini ochib ikki tizzani mahkam changallaydilar. Ayollar barmoqlarini
jamlab tizzalarini tutadilar. Sajdada qo‘l va oyoq barmoqlari qiblaga qaratiladi. Qo‘l
barmoqlari juftlanib, bosh barmoq qosh to‘g‘risiga qo‘yiladi.
Bu holda quloq ustidan
tushgan narsa qo‘l ustiga tushadigan bo‘lsin, bilaklar yerga tegmasin. «Fatovoi
Olamgiriya» va «Munyatul musalli» kitoblarida namoz o‘quvchining sajda holida
oyoqlarini yerdan ko‘tarishi namozni fosid qilishi – buzishi aytilgan. Agar bir oyog‘ini
ko‘tarsa, makruh bo‘ladi.
Qa’dada erkaklar chap oyoqlarini to‘shab unga o‘tiradilar. O’ng oyoqlarini,
panjalarini
qiblaga qilib tik tutadilar. Qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq
uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim. Ayollar chap quyrug‘i bilan o‘tirib, o‘ng
tomondan
ikki oyog‘ini chiqarib, o‘ng boldirini chap boldiri ustiga qo‘yadi. Ayollar sajdada ikki
bilagini yerga qo‘yadi.
Namozxon
qiyomda sajda qiladigan joyiga, ruku’da oyoqlarining ustlariga, sajda
qilgan vaqtida burnining yumshog‘iga, o‘tirganda ko‘kragiga,
salom berganida yelkasiga
qarashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: