Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Savol: Qur’oni karimni tilovat qilishning bir qancha odoblari bor deb
eshitdim. Ular qaysilar?
Javob: Qori Qur’on tilovat qilayotganida sukunat holatida,
tahorat bilan, toza kiyim
va
pok joyda, tishlarini misvok bilan tozalagan, o‘tirgan
holatda qiblaga yuzlanib, boshini
eggan holda bo‘lishi lozim.
Chordona qurib, suyanib, mutakabbirlik holatida o‘tirmaslik,
tanho o‘tirganida ham o‘zini ustoz huzurida o‘tirgan kabi tutishi kerak.
Qur’on o‘qiyotganda kishining yig‘lashi mustahabdir. Rasululloh (s.a.v.): «Qur’on
tilovat qilarkansizlar, yig‘langlar, agar yig‘lay
olmasangiz, yig‘lamsiragan holda
o‘qinglar», deganlar. (Ibn Moja Sa’d ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilgan).
Qur’onni
chiroyli, uning nazmini buzib yuboradigan darajada ovozni ortiqcha
balandlatmasdan tartil bilan o‘qish, uning odoblariga kiradi.
Savol: Gazetalardan birida «Kishi olim bo‘lmagunicha taqvoli bo‘la
olmaydi», deyilibdi. Nega endi? Hamma taqvoli bo‘lishni istaydi, ammo
hamma musulmon ham olim bo‘lavermaydi-ku? Bu gapni o‘qigan avom:
Do'stlaringiz bilan baham: