43
Rus tilida o’zlashgan so’zlar morfologik nuqtai nazardan ko’plab kuzatuvlarda
tadqiqot obyekti qilib olinadi. Chet tillari va rus tilida bir – biriga o’xshash hamda
bir xil vazifani bajaruvchi morfemalar V.A. Bogorodiskiy, V.V. Vinogradov,
N.V.Yumshanov tomonidan, chet so’zlarning modifikatsiyasi (shakl o’zgartirishi)
va fleksiyasi ( turlanganda yoki tuslanganda so’z qo’shimchalarining o’zgarishi)
I. Yasenko, G. Sonkina tomonidan o’rganilgan. O’zlashgan so’zlarda so’z yasalishi
va ularning qabul qiluvchi tildagi grammatik kategoriyalari haqida ham ko’plab
ilmiy fikrlar bildirilgan.
O’zbek tilshunosligida bu masalalar, birinchi navbatda, rus tili va o’zbek tili
bilan bog’lanib o’rganildi. A. K. Borovkov, M.P. Po’latov, R. Donyorov, A.N.
Tixonov, S. Akobirov, I.U. Asfandiyorov o’zlarining ilmiy ish maqolalarida rus va
o’zbek tillarining o’zaro aloqasi asosida yuz bergan o’zgarishlar haqida o’zlarining
ilmiy mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa 60- yillardan boshlab bu masala bilan
ko’pchilik o’zbek tilshunoslari shug’ullanishdi.
I. U.Asfandiyorovning O’zbekistonda rus tilining tutgan o’rnini tekshirishga
bag’ishlangan monografiyasi bu borada o’ziga yarasha katta ahamiyat kasb etadi.
Muallifning ta’kidlashicha, har qanday tilda ham o’zlashtirma so’zlar juda oson
o’zlashib va moslashib ketadi, chunki ular o’zlashtirayotgan tilning grammatik
Do'stlaringiz bilan baham: