O’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Dunyoda 24 xil
turkiy til bor: o’zbek, turkman, boshqird, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz, turk, uyg’ur,
qoraqalpoq, tatar, chivash, yoqut, qorachoy, balqar, tuva, oltoy turklari, xakas,
1. Qadimgi turkiy adabiy til (X – XII asrlar). O’rxun-Enasoy yodgorliklari (VI –
12
devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi bilim”
asarlari shu tilda yaratilgan.
2. Eski o’zbek adabiy tili (XIII – XIX asrning ikkinchi yarmigacha). Xorazmiyning
“Muhabbatnoma” , Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi
Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab,Turdi, Maxmur, Gulxaniy,
Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’pab ijodkorlarning asarlari shu tilda
yaratilgan.
3. Hozirgi o’zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha).
“Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlangan vaqtdan (1870 yil) e’tiboran to
hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o’zbek tilining namunalari
hisoblanadi.
O’zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII
asrda eski o’zbek adabiy tili shakllanib bo’ldi.
1989 yil 21 oktyabrida o’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili
ekanligi haqida qonun qabul qilindi. Shundan keyin tilimizning yangi taraqqiyot
bosqichi boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: