Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
taxta qoplama tomon yaqinroq surib keldi va chol shu bilan og‘irlikni o‘z gavdasidai qaynqqa 
ko‘chirdi. «Qo‘limdan uncha-muncha ish keladigan bo‘lib qolib-di,— deb o‘yladi u.— Hozircha men 
baliqni uddalayman. Buning ustiga u xo‘rakni yutib yuborganidan beri hali hech narsa totimaganini 
ham unutish kerak emas, o‘zi kattakon bo‘lsa, unga juda ko‘p oziq kerak. Menku, butun boshli bir 
tunetsni yeb oldima. Ertaga makrelni yeyman.— Chol makrelni dorado deb atardi.— Ehtimol, uni 
tozalayotganimda, bir bo‘lakchasini yeb olarman. Makrelni yeyish tunetsni yeyishdan og‘irroq. Ammo 
dunyoda osonlik bilan bitadigan ishning o‘zi yo‘q». 
Ahvollaring qalay endi, baliq?— baland ovoz bilan so‘radi u. 
— Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. So‘l qo‘limning og‘rig‘i pasaydi, oziq ham butun bir 
kechayu, yaia bir kunga yetadi. Mayli, baliq, qayiqni tortaver. 
Chol o‘zini, aytganiday, juda yaxshi his qilayotgani yo‘q edi. Chunki yelkasiga arqon berayotgan 
azob endi shunchaki og‘riqdan o‘tib, zirq-zirq lo‘qillashga aylan-gan, bu esa cholni xavotirga 
solayotgan edi. «Bundan battarroq narsalarni ham ko‘rganmiz,— deb yupatardi u o‘zini.— Bir qo‘lim 
sal-pal shikastlangan, ikkinchisi bo‘lsa, endi tomiri tortishayotgani yo‘q. Oyoqlarim bardam. Oziq-
poziq masalasida ham men baliqqa qaraganda o‘zimni poshsho deb his qilsam bo‘ladi». 
Qorong‘i tushdi, sentyabr oyida tun doimo birdan, quyosh botishi bilanoq kiradi. U, tuzdan yeyilib 
ketgan taxtalarga yonboshlab yotar va bor kuchi bilan dam olishga harakat qilardi. Osmonda ilk 
yulduzlar ko‘rindi. U Rajul yulduzining nomini bilmasada, ammo unga ko‘zi tushishi bilanoq tezda 
barcha qolganlarn ham chiqishini va shunda, bu olis hamrohlar yaia o‘ziga esh bo‘lishini tushundi. 
— Baliq ham menga oshna,— dedi u.— Men bunday baliqni hech qachon ko‘rgan emasman, 
shundaylari bo‘lishini eshitmaganman ham. Ammo men uni gumdon qili-shim kerak. Yaxshiyamki, 
yulduzlarni ham gumdon qilishga zarurat yo‘q! 
«Tasavvur qilib ko‘rgin-a, odam uzun kun oyni bo‘g‘izlashga harakat qilib yursa! Oy bo‘lsa, undan 
qochib ketadi. Bu ham mayli-ya, agar odamga har kuni quyoshni ovlashga to‘g‘ri kelib qolganda, nima 
bo‘lardi? Yo‘q, nima desang ham bizning toleimiz bor», deb o‘yladi u. 
Keyin u totinib olishga imkoni bo‘lmagan katta baliqqa achinib ketdi. Ammo bu qayg‘urish, uning 
baliqni o‘ldirish haqidagi qat’iy qaroriga hech qanday monelik qilmas edi. Qanchadan-qancha 
odamlarni to‘ydiradi u! Biroq kishilar u bilan qorin qappaytirishga arzisharmikin? Yo‘q, albatta. 
Dunyoda hech kim uni og‘ziga olishga loyiq emas; axir, unga bir qarang, o‘zini qanday tutyapti, 
qanday sharofat ko‘rsatyapti. 
«Men juda ko‘p narsalarni tushunmayman,— deb o‘yladi u.—Ammo bizga quyosh, oy va 
yulduzlarni o‘ldirishga to‘g‘ri kelmaganligi qanday yaxshi. Dengizdan bor yo‘q rizqi ro‘zimizni 
qoqishtirib olayotganimiz va yana o‘z birodarlarimizni o‘ldirayotganimiz ham yetib ortadi. 
Endi men eshkaklardan bo‘ladigan tormoz haqida o‘ylab ko‘rishim zarur. Buning ham yaxshi, ham 
yomon tomoni bor. Men ancha-muncha kalavadan ayrilib qolishim mumkin, keyin, baliq siltanib qolsa
tamom, uni ham qo‘ldan chiqarib qo‘yaman, tormoz bo‘lsa, qayiqni tez harakat qilishdan mahrum qilib 
qo‘yadi! Qayiqning yen-gilligi esa ham baliqning, ham o‘zimning azob-uqubatlarimni oshiradi, ammo 
bu uqubatdan xalos bo‘lishimning garovi ham shunda. Axir, bu baliq, agar istaguday bo‘lsa, bundan 
ham tez suzishi mumkin. Hay, nima bo‘lsa bo‘lar, hozir, hidlanib qolmasdan burun makrelni tozalab 
qo‘yish va picha totinish kerak. Quvvat bo‘ladi. 
Endi yana biror soat dam olaman, keyin agar baliq o‘zini tinch tutadigan bo‘lsa, quyruq tomonga 
o‘tib, lozim bo‘lgan ishlarni qilaman va eshkaklar to‘g‘risida bir fikrga kelaman. Ungacha baliqning 
o‘zini qanday tutishini quzatib boraman. Eshkak bilan bo‘ladigan hangoma yaxshi o‘ylab topildi, biroq 
hozir bo‘lsa-bo‘lmasa ishga qat’iy kirishish kerak. Baliq hali kuchga to‘liq. Men qarmoq baliq 
lunjining xuddi o‘zginasida sanchilib turganini, og‘zi esa mahkam qisib olin-ganini payqagan edim. 
Qarmoqning unga berayotgan azobini azob dsmasa ham bo‘ladi. Uni ko‘proq ochlik va o‘zi nimaligini 
aniq bilib yetmaydigan xavf-xatar sezgisi qiynaydi. Hordiq olaver-chi, chol. Senga navbag kelguncha
baliq zaxmat tortaversin». 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling