Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Uning nazarida, o‘zi ikki soatga yaqin dam olgan edi. Oy endi kech ko‘tarila boshlaganidan, u 
vaqtni aniq belgilay olmadi. To‘g‘risini aytganda, uning dam olishi shunchaki, xo‘ja ko‘rsinga bo‘lgan 
dam olish edi. U baliqning og‘irligini o‘z yelkasida boyagi-boyagi his qilar, shunday bo‘lsa ham chap 
qo‘li bilan quyruq plan-shiriga tayangan holda og‘irlikni imkoni boricha qayiqqa solishga urinardi. 
«Chilvirni qayiqqa bog‘lab qo‘yishim mumkin bo‘lganida, hamma narsa oppa-oson hal bo‘lgan 
bo‘lardi-qo‘yardi,— deb o‘yladi u.— Ammo u salgina siltana qolsa bormi, tamom, chilvir chirt uziladi 
ketadi. Men chilvirga tushadigan kuchni o‘z gavdam bilan beto‘xtov qirqib, har daqiqada kalavani ikki 
qo‘llab bo‘shatishga tayyor turishim kerak». 
— Ammo sen, axir, hali uxlaganing yo‘q-ku chol,— dedi u ovoz chiqarib.— Yarim kun va bir 
kecha, keyin yana bir kunduz o‘tsa hamki, sen hamon uxlaganingcha yo‘q, ha. U to‘polon ko‘tarmay, 
xotirjam to‘rgan mahalda, sen nima qilib bo‘lsa ham ozgina uxlab olishning g‘amini ye. Bo‘lmasa, 
kalovlanib qolasan. 
«Hozir miyam juda yaxshi ishlayapti,— deb o‘yladi u.— Hatto juda ham ravshan. Shunchalik 
ravshanki, go‘yo hamshiralarim bo‘lgan yulduzlarga o‘xshaydi. Ammo nima bo‘lganda ham, men 
uxlab olishim kerak. Yulduzlar ham uxlaydi, oy ham uxlaydi, quyosh ham uxlaydi va hatto oqim 
bo‘lmagan, jimjit sukunat cho‘kkan kezlari okean ham uxlaydi. 
— Uxlab olishni yodingdan chiqarma,— deb uqtiradi o‘ziga o‘zi chol. — Uxlashga o‘zingni 
majbur qil. Kalavadan bir amallab xoli bo‘lishning oson va to‘g‘ri yo‘lini axtar. Endi quyruqqa o‘tib, 
makrelni tozalab qo‘y. Eshkakdan qilingan tormoz esa, xudo ko‘rsatmasin uxlab qolguday bo‘lsang, 
nihoyatda xatarli bo‘ladi. 
— Ammo men uyqudan voz kechishim ham mumkin, — dedi u o‘ziga.— Ha, mumkin, biroq bu 
ham o‘lguday xavfli. 
U baliqni bezovta qilmaslikka harakat qilib, emaklab quyruq tomonga siljiy boshladi. «U ham 
ehtimol, pinakka ketayotgan bo‘lsa ajabmas,— deb o‘yladi u — Ammo men uning nafas rostlab 
olishini istamayman. U to jon berguncha qayiqni tortib borishi kerak». 
Quyruqqa yetib olgach, u aylanib baliqning butun og‘irligini chap qo‘liga o‘tkazdi, o‘ng qo‘li bilan 
esa pichoqni g‘ilofdan sug‘urib oldi. Yulduzlar bodrab-bodrab nurlanar, makrel ularning shu’lasida 
yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Chol uning kallasiga pichoq sanchib, quyruqning taxta kati ostidan tortib 
oldi-da, oyog‘i bilan bosib turib, dumidan to ostki jag‘ining tagigacha chaqqon tilib chiqdi. So‘ng 
pichoqni qo‘ydi. O’ng qo‘li bilan baliqning ichak-chavog‘iyu, jabrasini sug‘urib oldi. Uning qorin 
qopchig‘i og‘ir va shilimshiq edi. Tilinganda, ichidan ikki uchar baliq chiqdi. Ular hali buzilmagan
qattiqqina edi, chol har ikkovini ham qayiq tubiga yonma-yon qo‘ydi, ichak-chavoqlarni esa dengizga 
uloqtirdi. Ular cho‘kkan joyda yaltillagan iz qoldi. Yulduzlarning rangsiz shu’lasida makrel iflos bo‘z 
tusiga kirgan edn. Chol baliq boshini oyog‘i bilan bosib turib, uning bir yonidan terisini shilib oldi. 
Keyin makrelni ag‘darib qo‘ydi va ikkinchi yonining terisini shildi. Go‘shtini boshidan to dumigacha 
tilib chiqdi. 
Makrel skeletini dengizga uloqtirgach, suvda doiralar paydo bo‘ladimi, yo‘qmi deb, qarab turdi, 
ammo sekin-sekin cho‘kib borayotgan baliq ashqol-dashqoli-ning yaltiroq izidan boshqa hech vaqo 
ko‘rinmadi. Chol o‘girilib oldi, har ikkala uchar baliqni makrel bo‘laklari orasiga qo‘ydi va pichoqni 
g‘ilofiga solib, yana qayta qayiq burniga tomon ohista o‘tib oldi. Uning yelkasi chilvir zalvoridan 
egilgan, o‘ng qo‘li bilan esa baliqni tutib borardi. 
Joyiga qaytib kelgach, makrel bo‘laklarini taxtalar ustiga terdi, bularning qatoriga uchar baliqlarni 
qo‘ydi. Shundan keyin chilvirni yelkasining hali lat yemagan joyiga surib oldi va yana og‘irlikni 
planshirga tayangan chap qo‘liga o‘tkazdi. Bort osha engashib, uchar baliqni dengizda chayib oldi. Bu 
orada qo‘li ostida suvning qanday oqayotganiga ham e’tibor berdi. U makrel po‘stini shilganida, 
yaltirab qolgan qo‘li atrofida suvning doira yasab o‘tishiga mahliyo bo‘lib turdi. Hozir u avvalgidan 
sekiproq oqardi. Chol kaftining chetinn qayiq ziyiga ishqab turib, quyruq tarafga ohista suzib 
ketayotgan fosfor zarralarini ko‘rdi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling