Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 cho‘chimaganligi yaqqol ko‘rinib turardi. Chol chilvirni ikki qo‘llab oxirigacha tortishga urinar edi. Agar baliqnnng harakatnni bir me’yordagi qarshilik bilan sekinlatishga muvaffaq bo‘lmasa, u holda baliq bor-yo‘q kalavasini tortib, uzib-yulqib ketajagini chol bilardi. «O’zi ham baliqmisan baliq ekan. Endi men uning o‘zida qanday kuch yashiringanini bilib olishiga yo‘l qo‘ymayman,— deb o‘ylardi u.— Agar juftakni rostlab qoladigan bo‘lsa, meni nima ko‘ylarga solishi mumkinligini unga bildirish kerak emas. Uning o‘rnida men bo‘lganimda, yo o‘lish, yo qolish deb, to o‘pka tushguncha olg‘a siljigan bo‘lardim. Ammo, ming qatla shukurki, baliqlar o‘zlarini qiruvchi odamlar singari aqlli emaslar; vaholanki, ular bizga qaraganda ham enchil, ham olijanobroqdirlar». Chol o‘z umrida juda ko‘p katta baliqlarga duch kelgan edi. Vazni ming qadoqdan ham og‘irroq kelgan baliqlardan talayini ko‘rgan, o‘zi ham bir mahal shunday xilidan ikkisini tutgan, ammo hech qachon bunday ishni bir o‘zi qilishiga to‘g‘ri kelmagan edi. Mana endi umrida ko‘zi bilan ko‘rmagan, qulog‘i bilan eshitmagan bu qadar katta baliqqa ochiq dengizda, yolgnz o‘zi chambarchas bog‘lanib o‘tiribdi, chap qo‘li esa boyagi boyagi, akashak. Go‘yo burgutnnng yumuq panjalariga o‘xshaydi. «Be, qo‘lim yozilib ketadi hali,— deb o‘yladi u.— Jilla qursa, o‘ng qo‘limga ko‘maklashish uchun, albatta yozilib ketadi. Bor ekanda, yo‘q ekan, ko‘k dengizdan narida uch og‘a-ini: bir baliq va mening ikki qo‘lim: bo‘lgan ekan... Albatta yozilib ketadi. Lo‘q bo‘lib turishi sharmandalik-ku, axir». Baliq sekinlashdi, endi u avvalgi tezlikda borardi. «Qiziq, nima sababdan u kutilmaganda yuqoriga chiqib qoldi,— fikrlay boshladi chol.— Yo o‘zini qanday ekanligini menga ko‘rsatgani chiqdimi. Hay, bu ham yomon emas, endi uni bilaman. Attang, unga men o‘zimning qanday odam ekanligimni ko‘rsata olmayman. Aytaylik, bunda u mening mana bu rasvoyi olam bo‘lgan qo‘limni ko‘rgan bo‘lardi. U men haqimda aslida o‘zim arzimasam ham yaxshiroq fikrda bo‘lishini istayman. O’shanda men chindan ham yaxshi bo‘laman. Men baliq bo‘lishni, uning nxtiyorida nimaiki bo‘lsa, menda ham bo‘lishini, yolg‘iz chidam va kalla bilan cheklanib qolmaslikni xohlardim». Qayiqning taxta qoplamasnga suyanib, chol o‘zini beto‘xtov qiynagan og‘riqqa g‘ing demay dosh bernb, jimgina, xotirjam o‘tirib olay, baliq bo‘lsa, boyagi-boyagi, hech to‘xtamay olg‘a suzib borar, qayiq ham qoramtir suvda asta harakat qnlardi. Sharqdan esgan shamol picha yirik to‘lqin ko‘tardi. Tushga kelib cholning chap qo‘li asl holiga qaytdi. — Sho‘ring quridi endi, baliq,—dedi u va yelkasidagi chilvirni bir oz surib qo‘ydi. Og‘riq o‘sha-o‘sha, jondan o‘tib turganiga qaramay chol o‘zini yaxshi his qilardi; faqat og‘riqdan qanchalik aziyat chekayotganligini xayoliga keltirmas, tan olmasdi. — Men xudoga ishonmayman.— dedi u.— Ammo bu baliqni tutish uchun o‘n qayta «yo padar»ni va yana shuncha marotaba «Bibi Maryam» duosini tilovat qilishga tayyorman. Agar uni chini bilan tutsam, ont ichamanki, bir ko‘p tabarruk joylarga topinmoqqa boraman. So‘z beraman. Chol duo o‘qiy boshladi. Ayrim o‘rinlarda u o‘zini shunday ham horg‘in sezar ediki, aytiladigan so‘zlarni unutib qo‘yar, shunda ular o‘z-o‘zidan, qiroat ichida ay-tilib ketsin uchun, iloji boricha tez o‘qishga harakat qilardi. «Yo padar»ga qaraganda «Bibi Maryam»ni qaytarish osonroq,— deb o‘yladi u. — Mufarrax o‘l, yo tangri onasi bibi Maryam, tangri senga yor bo‘lsin. O’zing iffatli zavjai muhtarrama, zuryoding boshimizga xaloskor o‘zing yaratgansan, o‘zing posbon bo‘lgaysan. Omin.— Keyin qo‘shib qo‘ydi:— yo mukarram Bibi Maryam ona, duo qil, baliq o‘lsin. Tengi yo‘q, topilmas bo‘lsa ham duo qil, o‘lsin. Duodan chol o‘zini bir qadar yaxshi seza boshladi, biroq og‘riq qittakkina bo‘lsin pasaymadi, balki battarroq azob bera boshladi. U quyruq qoplamasiga suya-nib oldi-da, chap qo‘lining barmoqlarini beixtiyor mashq qilib o‘qalay boshladi. Quyosh qizdirgandan qizdirar, shabada asta-sekin kuchayib borardi. — Xo‘p, endi mayda qarmoqqa xo‘rak joylab qo‘ysak ham bo‘lar,— dedi chol.— Baliq bu kecha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling