Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Ovoz chiqarib dedi: 
— Eh, yonginamda bola bo‘lsaydi! 
«Ammo yoningda bola yo‘q,— deb o‘ylardi u.— Sen faqat o‘zinggagina ishonishing mumkin. 
Shunday zkan, hozirning o‘zidayoq qorong‘i bo‘lsa ham, anavi oxirgi chilvirni olib, kesishing kerak-
da, ikki ehtiyot o‘ramini ulab qo‘yganing ma’qul».
U shunday ham qildi. Qorong‘ida ishlash og‘ir edi, Bir gal baliq shunday siltaladiki, u yuz tuban 
yiqilib tushdi va ko‘z ostini yorib oldi. Qon yonog‘idan oqib tusha boshladi, ammo hali iyagiga yetib 
ulgurmasdan quyulib to‘xtadi va qotib qoldi. O’zi bo‘lsa, nafas rostlamoq uchun qayiq burniga qarab 
surgaldi va yetib kelib yonboshlab oldi. Chol qopni o‘rnashtiribroq qo‘ydi, chilvirni ehtiyot bilan 
yelkasinnng hali lat yemagan qismiga o‘tkazib, butun og‘irlikni yelkasiga tushirdi-yu, baliqning 
qanchalik kuch bilan tortayotganini aniqlashga urindi, so‘ngra, qo‘lini suvga tushirib, qayiq tezligini 
bilishga harakat qildi. 
«Nega u bunchalik siltandiykin, qiziq,— deb o‘yladi u.— Har nechuk chilvir yelkasidagi katta 
o‘rkachdan sirg‘alib tushgan bo‘lsa ajab emas. Uning yelkasi me-nikichalik og‘rimaydi, albatta. Ammo 
u qanchalik yirik bo‘lmasin, qayiqni bir umr tortib yurolmaydi-ku, axir. Endi xalaqit berishi mumkin 
bo‘lgan narsalarning baridan qutuldim. Bundan tashqari, chilvirni ham keragicha g‘amlab qo‘ydim, 
kishiga shundan boshqa yana nima kerak o‘zi?» 
— Baliq,— deb chaqirdi u sekingina,— o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmayman. 
«U ham, har holda mendan ayrilmasa kerak»,— deb o‘yladi chol va tong yorishini kuta boshladi. 
Bu azon pallasi havo sovuq edi va u sal bo‘lsa ham isinish uchun qayiq taxtalariga bag‘rini berib 
qattiqroq yopishdi. «U chidayotibdimi, men ham chidayman». 
Ko‘p o‘tmay tong shafag‘i dengiz qa’riga ketgan tarang chilvirni yoritdi. Qayiq to‘xtovsiz ilgari 
siljirdi: quyosh ham ufq betida tirnog‘ini ko‘rsatdi-da, cholning o‘ng yelkasiga nur to‘kdi. 
— Shimolga qarab suzyapti,— dedi chol.— Oqim-ku, bizni ancha sharq tomonga surib ketganga 
o‘xshaydi. U oqimga qarab burilsa qaniydi. Uning holdan toyga-nini shundan bilsa bo‘ladi. 
Ammo quyosh yana ham yuqori ko‘tarilganda, baliq charchashnn hatto xayoliga ham 
keltirmayotganligi cholga ayon bo‘ldi. Ko‘ngliga faqat bir narsa taskin berib tu-rar, u ham bo‘lsa, 
baliqning endi anchagina yuzada suzayotganligi edi, buni chilvirning suvga qanday qiyalikda 
ketayotgani aniq ko‘rsatib turardi. Ammo bu — baliq, albatta suv, yuziga qalqib chiqadi degan gap 
emas edi. Biroq, har qalay u chiqib qolishi ham mumkin. 
— E xudo o‘zing uni bu yoqqa chiqish majbur qil!— dedi chol.—Surobini to‘g‘rilash uchun esa, 
xudoga shukur, yetarli kalavam bor. 
«Yoki chilvirni andak tarangroq tortsammikin, og‘riq jonidan o‘tsa, otilib chiqib qolarmidi 
deyman-da,— deb o‘yladi chol.— Mabodo chiqadigan bo‘lsa, kun yorug‘ligida chiqib qo‘ya qolsin. 
O’shanda umurtqasi yoqalab ketgan pufaklari havo bilan to‘lib qoladi. Keyin u dengiz ostida o‘lish 
uchun hech qachon u yerga tushol-maydigan bo‘ladi». 
U chilvirni yana ham tarangroq tortishga urinib ko‘rdi, ammo chilvir busiz ham avval boshdan 
shunday taranglashgan ediki, hozir uni tortay deb, o‘zini orqaga tashlashi bilan yelkasini chunonam 
o‘yib yubordi-ki, bunaqada chol hech vaqo chiqara olmasliginn bildi. «Siltab tortish mumkin bo‘lmasa, 
bu falokatni,— deb o‘yladi chol.— Har siltovda qarmoq tishlagan joy kengayib bo‘shashaveradi, 
mabodo baliq yuzaga chiqib qolsa, qarmoq ham ayilib ketishi mumkin. Har holda o‘zimni hozir, 
quyosh chiqib turganda, yaxshi his qilyapman. Bu safar oftob ham ko‘zimga tushmayapti». 
Chilvirlarni sariq suv o‘tlari chirmab oldi. Ammo chol shunga ham xursand edi, chunki ular qayiq 
harakatini sekinlashtirib turishardi. Bu o‘sha, tunda yaltirab ko‘rinadigan sariq suv o‘tlarining o‘zginasi 
edi. 
— Baliq,— dedi u,— seni juda ham yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman. Ammo bilib qo‘y, kun 
botmasdan seni gumdon qilaman. 
«Har holda, men buning uddasidan chiqsam kerak»,— deb o‘yladi u. 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling