Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 — Buning ham davosini qil,— dedi bola.—Dam ol, qariya, men senga toza ko‘ylak keltiramai. Yana ovqat-povqat deganday. — Men yo‘qligimda chiqqan gazetalardan birontasini o‘zing bilan ola kelgin, xo‘pmi? — iltimos qildi chol. — Sen tezroq tuzalashing kerak, chunki men hali sendan juda ko‘p narsalarni o‘rganib olishim zarur, sen bo‘lsang meni dunyodagi yetmish ikki hunarga o‘rgati-shnng mumkin. Senga juda ham og‘ir bo‘ldimi? — Juda,— dedi chol. — Men ovqat va gazeta keltiraman. Sen dam ol, qariya. Aptekaga ham kirib o‘taman, qo‘llaringga biron dori-darmon ola kelaman. — Pedriko baliq boshini o‘ziga olsin, aytib qo‘y, yodingdan chiqmasin. — Esimdan chiqmaydi, aytaman. Bola kulbadan chiqib, eski toshloq yo‘ldan pastga tushib borayotganida yana yig‘ladi. Shu kuni Terrasga bir gruppa turistlar kelgan edi, ulardan biri sharqdan esayotgan shamol ko‘rfazning dahanasida haybatli to‘lqin shopirayottaniga qarab turib, pivodan bo‘shagan idishlar va o‘lib yotgan meduzalar orasida sohilga urilayotgan to‘lqinlarda chayqala-chayqala yuksalib turgan, ulkan dumli uzun oq umurtqani ko‘rib qoldi. U hozir, endi yo‘lovchi to‘lqin surib ketuvchi axlatgina bo‘lib qolgan ulkan baliqning uzundan- uzun umurtqasini ko‘rsata turib, ofitsiantdan so‘radi: — Nima balo ekan bu o‘zi? — T iburon, — dedi ofitsiant.— Akulalar.— U so‘ragan ayolga bo‘lgan voqeann batafsil tushuntirib berish niyatida edi. — Ana xolos, shu paytgacha akulalarning mana bundaqa chiroyli, nafis qayrilgan dumlari bo‘lishini bilmagan ekanman-a! — Nimasini aytasan, men ham bilmasdpm, — qo‘shildi unga hamrohi. Yuqorida, o‘z kulbasida, chol hamon uxlab yotardi. U yana muk tushib uxlar, bola esa yonida o‘tirib unnng uyqusini ardoqlardi. Cholning tushiga arslonlar kirar edi. 1952. Download 260.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling