Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 birining chiroqlarini ko‘raman. «Men sohildan juda ham yiroqda bo‘lmasam kerak,— deb o‘yladi chol.— Fahmimcha, u yoqda bekordan-bekorga qayg‘urishmayotgan bo‘lsa kerak. Darvoqe, qay-g‘urganda ham faqat bola qayg‘urishi mumkin. Ammo, axir xuddi uning o‘zi menga juda ishonadi-ku! Kattaroq baliqchilar-ku, hoynahoy, xavotir olishayotgandir. Nimasini aytasan, yoshlar ham shunday deyaver,— deb o‘ylardi u.— Axir men yaxshi odamlar orasida yashayman». Endi u baliq bilan boshqa o‘rtoqlasholmasdi. Baliq boshdan-oyoq tig‘iparron qilingan edi. Lekin birdan uning xayolida yangi bir fikr tug‘ildi. — Hoy, yarimta baliq!— chaqirdi u.— Nomigagina qolgan baliq! Dengizda mana shunchalik yiroqlab ketganimga achinaman. Men har ikkimizni ham xonavayron qildim. Ammo biz sen bilan birga ko‘p akulalarni borsa kelmasga gumdon qildik va yapa qanchasining belini sindirdik. U, qara baliq, hoynahoy, sen o‘zing ham umring bino bo‘lib, ularning qanchadan-qanchasini dengiz qa’riga jo qilganiykinsan? Axir, boshingdagi tigning turishi bejiz emas-ku. Chol baliq haqida va agar u dengizda erkin suzib yursa, akula boshiga ne kunlarni solgan bo‘lishi haqida o‘ylashdan orom olar edi. «Men akulalar bilan olishish uchun uning tig‘ini chopib olishim kerak edi-ya, asli», deb o‘yladi u. Ammo, uning boshdanoq boltasi yo‘q edi, endi bo‘lsa, hatto pichoqdan ham ayrilib qolgandi. «Lekiniga uning tig‘i menda bo‘lganda, ol, deb eshkak dastasiga bog‘lab qo‘yardimu — qurolmisan qurol bo‘lardi-de, o‘ziyam! Ana o‘shanda, biz u bilan chinakamiga yonma-yon turib olishgan bo‘lardik! To‘xta-chi, agar anavilar mabodo kechasi kelib qolishsa, unda nima qilasan?» — Olishaman,— dedi u,— o‘lgunimcha olishaman. Ammo qorong‘ida na chiroq va na shu’la ko‘rinardi, yelkan va uni to‘ldirgan shamoldan o‘zga hech narsa yo‘q edi, shunda to‘sindan cholga o‘zi o‘lib qolganday bo‘lib tuyuldi. U panjalarini panjalariga qo‘yib ko‘rdi-yu, o‘z kaftini sezdi. Kaftlari jonsiz emasdi, ularni chaqachum qilib, chol og‘riq va issiq jonini uyg‘otishi mumkin edi. U quyruqqa suyanib ko‘rib, tirik ekanligini bildi. Tiriklikdan unga xabar bergan narsa — yelkalari edi. «Men agar baliqni ushlasam, o‘qiyman deb ahd qilganim — o‘sha hamma duolarni o‘qib qo‘yishim kerak,— deb o‘yladi u.— Biroq hozir o‘lgiday charchaganman. Yaxshisi, qopni olay-da, yelkamga yopinib ola qolay». U quyruqda yotgancha, qayiqni boshqarib borar va osmonda Gavana chiroqlarining yolqini qachon ko‘rinarkin deb kutardi. «Menda uning yarmigina qoldi,— deb o‘ylardi u.— Balkim, omadim kelib, uyga juda bo‘lmaganda, uning bosh qismini olib borarman. Ishim hech o‘ngidan kelishi kerakmi, yo‘qmi o‘zi!.. Yo‘q,— dedi u o‘zicha.— Sen dengizga shunchalik uzoq kirib borishing bilan o‘z omading, o‘z baxtingni poymol qilding». «Bemaza gaplarni qo‘y, qariya!— o‘zini o‘zi koyidi u.— Pinakka ketmay, ruldan ogoh bo‘lib tur. Ishing hali baroridan kelishi mumkin». — Agar biron bir joyda pullashayotgan bo‘lsa, o‘zimga qittakkina tole sotib olishni istardim,— dedi chol. «Xo‘sh, qani, qaysi oshib-toshib yotgan joyingga sotib olasan?—so‘radi u o‘zidan.— Hech zamonda uni boy berilgan garpun, singan pichog‘u, ishdan chiqqan qo‘llarga sotib olib bo‘ladimi? Kim bilsin? Axir, sen dengizda o‘tkazgan sakson to‘rt kunning badaliga baxt sotib olishni ko‘zlagan eding. Ha-ya, darvoqe, oz bo‘lmasa, uni senga sotib qo‘yay ham dedilar... Bo‘lar-bo‘lmas narsalarni o‘ylayverma. Baxt degan narsa odam bolasiga turlanib keladi, uni bilib bo‘larmidi? Boringki, men qanday bo‘lib kelmasin, o‘zimga jindakkina baxt olgan bo‘lardim va uning evaziga nima so‘ramasinlar, ikki qo‘llab baxsh qilardim. Qaniydi endi Gavana shu’lalarini ko‘rsam,— deb o‘ylardi u.— Sen besh qo‘lingni baravar og‘zingga tiqayapsan chol. Biroq, men shu tobda Gavana chiroqlarini ko‘rishdan boshqa hech narsani istamasdim». U rul yonida qulayroq o‘rnashib olishga urinib ko‘rdi, shunda og‘riqning zo‘rayganidan, o‘znning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling