Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 ikki zo‘r baliq tutding. — E qo‘ysang-chi, mening balig‘imni!—dedi bola va yana yig‘lab yubordi. — Biror narsa ichib olmaysanmi?—so‘radi undan xo‘jayin. — Kerakmas,—dedi bola.—Ularga aytib qo‘y, Santyagoning me’dasiga tegishmasin. Men yana kelaman. — Shunday bo‘lib chiqqaniga mening ham juda achinayotganligimni aytib qo‘y unga. — Rahmat,— dedi bola. Bola kulbaga qaynoq kofe solingan bankani keltirib qo‘ydi va to chol uyg‘onmaguncha uning yonida o‘tirdi. Bir safar bolaga go‘yo u uyg‘onayotganday bo‘lib ko‘rindi, ammo chol yana og‘ir uyquga cho‘mdi, shundan so‘ng bola kofeni isitish uchun qarzga bir oz o‘tin olgani qo‘shnilarnikiga ketdi. Nihoyat chol uyg‘ondi. — Yetaver, turma,—dedi unga bola.— Mana buni ichib ol!— stakanga kofe quyib uzatdi u. Chol undan stakaini olib, kofeni ichdi. — Ular meni yengib qo‘yishdi, Manolin,— dedi u.— Ular meni yengishdi. — Ammo uning o‘zi seni yengolmabdi-ku, axir. Axir baliq seni yengmabdi-ku! — Yo‘q yengmadi. To‘g‘ri gapdan qochib qutulib bo‘larmidi. Bu voqea keyin bo‘ldi. — Qayiq bilan asbob-uskunalarga Pedriko qarab turadigan bo‘ldi. Baliqning boshini nima qilmoqchisan? — Uni Pedriko to‘rlarga xo‘rak qilib maydalay qolsin. — Tig‘ini-chi? — Xohlasang, uni esdalik uchun o‘zingga olib qo‘ya qol. — Xohlamay-chi,— dedi bola.— Kel endi, bundan keyin nima qilishimiz haqida gaplashib olamiz. — Meni qidirishdimi? — Bo‘lmasa-chi. Qirg‘oq soqchilari ham, samolyotlar ham qidirishdi. — Okean poyonsiz, qayiq bo‘lsa zig‘irdakkina, uni topib bo‘larmidi,— dedi chol. U, o‘z-o‘zing va yana dengizdan tashqari ham gaplashadngan biron odaming bo‘lsa qanday ajoyib bo‘lishini hozir ich- ichidan sezdi.— Men seni rosa qo‘msadim,— dedi u.— Sen biron iarsa ushladingmi? — Birinchi kuni bitta. Ikkinchi kuni yana bitta, uchinchi kuni bo‘lsa, ikkita katta baliq ushladik. — Qoyil! — Endi biz yana birgalashib ov qilamiz. — Sirayam. Menda tole yo‘q. Ishim teskari ketyapti. — E, qo‘ysang-chi, shu teskari-peskaringni!— dedi bola.— Men senga tole keltiraman. — Ota-onang-chi, ular nima deyishadi? — Ahamiyati yo‘q. Kecha men ikkita baliq ushlab berdim-ku. Ammo endi biz ikkovlashib baliqchilik qilamiz, chunki, men hali juda ko‘p narsani o‘rganishim kerak. — Zo‘r bir sanchqi topishga va dengizga doimo uni olib chiqishga to‘g‘ri keladi. Tig‘ini eski «ford»ning ressoridan qilsa ham bo‘ladi. Guanabakoada charxlatib olamiz. U juda o‘tkir bo‘lishi kerak, ammo sinib ketmasligi uchun toblanmagan bo‘lishi shart. Pichog‘im butunlay sinib ketdi. — Men senga yangi pichoq topib beraman, ressorni ham o‘zim charxlataman. Yana necha kun kuchli brissa 10 esib turadi? — Ehtimol, uch kundir. Balki, undan ham ko‘proqdir. — U paytgacha hamma narsa joyida bo‘ladi,— dedi bola.— Sen hozircha qo‘llaringni davosini qilgin. — Men ularni nima qilish kerakligini bilaman. Kechasi allaqanday g‘alati bir narsa tupurdim, shundan menga, xuddi ko‘kragimda bir parsa yorilib ketganday bo‘lib tuyuldi. 10 Sohil shamoli (isp.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling