Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 «Mana endi ular aloha meni munkitib qo‘yishdi,— deb o‘yladi u.— Akulalarni to‘qmoq bilan urib o‘ldirish uchun men endi qarib qolganman. Shunday bo‘lsa ham, qo‘limda eshkak, to‘qmoq, qolaversa, rumpel bor ekan, men ular bilan olishaveraman». U qo‘lini yana sho‘r suvga soldi. Kech kira boshlagan, atrofda dengizu osmondan bo‘lak hech vaqo ko‘rinmas edi. Shamol boyagiga qaraganda kuchliroq esar, bundan chol ko‘p o‘tmay yerni ko‘rishiga umid bog‘lar edi. — Charchabsan, chol,—dedi u.—Ruhing charchabdi. Unga akulalar yana govgum mahalda bosqin yasashdi. Chol endi baliq hech shak-shubhasiz o‘z ortidan dengiz bo‘ylab qoldirayotgan keng yo‘lni qoralab suzgan jigar rang suzg‘ichlarni ko‘rdi. Ular hatto bu izni topish uchun o‘zlarini to‘rt tomonga urishmas, balki yonma-yon bo‘lib to‘g‘ri qayiqqa qarab kelishardi. Chol rumpelni mahkamlab qo‘ydi, yelkanni qayta bog‘ladi va quyruq ostidan to‘qmoqni oldi. Bu — uzunligi ikki yarim futcha keladigan siniq eshkakning ar-ralab olingan bo‘lagi edi. Chol uning dastak bo‘lgan joyidan faqat bir qo‘llabgina tuzukroq ushlay olar edi. U akulani kutib, to‘qmoqni o‘ng qo‘liga mahkam siqib ushlab oldi, panjasida aylantirib ham ko‘rdi. Ular ikkita edi, ikkisi ham galanos edi. «Birinchisi baliqqa qattiq yopishib olguncha, sabr qilishim kerak,— deb o‘yladi u,— o‘shanda, men uning yo burni uchiga, yo xuddi miyasining o‘ziga tushiraman». Har ikki akula ham birgalashib suzib kelishdi. Ulardan sal oldinroqda bo‘lgani jag‘larini kerib baliqning kumush rang biqiniga tishlarini qadagan zamon, chol to‘qmoqni baland ko‘tardi va zalvor bilan akulaning yapasqi boshiga tushirdi. Go‘yo ichi to‘q rezinka toshga urganday qo‘li zirilladi, qalqon kabi suyak-larning musti-metin qattiqligi bilinib ketdi va chol akulaning burni uchiga yana jon- jahdi bilan aylantirib urdi. Akula suvga sirg‘ilib ketdi. Boshqa akula bo‘lsa zindonasiga uradiganini urib bo‘lib, o‘zini chetga olishga ulgurgan, endi esa, u yana og‘zini o‘pqonday yirib yaqinlashgan edi. Akula baliqqa tashlanib, unga yopishib olmasdan burun, chol uning jag‘larida qolgan oppoq go‘sht parchalarini ko‘rdi. Chol aylantirib urdi, ammo zarb kallaga tushdi-yu, akula unga bir qarab qo‘yib, baliqdan bir parcha go‘sht yulib oldi. U o‘ljasini yutish uchun o‘zini chetga olarkan, chol yana aylantirib qo‘yib yubordi, ammo zarb yana akula boshining qayishqoq va qattiq yeriga to‘g‘ri keldi. — Qani, beriroq kelchi, galano,— dedi chol.— Yana bir marta beri kelgin! Akula baliqqa balo-qazoday tashlandi, u jag‘larini kartillatib yopgan onda, chol to‘qmoq tushirdi. Tushirganda ham, to‘qmog‘ini iloji boricha baland ko‘tarib, bor kuchi bilan tushirdi. Bu safar zarb akula bosh suyagining negiziga to‘g‘ri keldi, chol xuddi shu yerning o‘ziga yana qaytadan urdi. Akula baliqdan bir luqma go‘shtni tilar-tilamas uzib oldi-yu, dengiz qa’riga ketdi. Chol akulalar yana paydo bo‘lmasmikin deb, kutdi, ammo ulardan darak bo‘lmadi. Keyin u, ulardan birining qayiq yonida o‘ralishayotganini payqab qoldi. Boshqa akulaning bo‘lsa o‘zi tugul suzg‘ichi ham ko‘rinmay ketgan edi. «Men ularni gumdon qilarman deb hatto xayolimga ham keltirmagan edim,— deb o‘yladi chol.— Avvallari, rost, bu qo‘limdan kelardi. Darhaqiqat, men ularning har ikkovini ham o‘lasi qilib mayib qildim, o‘ldimi endi, shunda ham o‘zini hech balo urmaganday tutsa. Agarda to‘qmoqni ikki qo‘llab ushlay olganimda edi, unda men birinchisini turgan gap — o‘ldirardim: hatto hozir ham, shu yoshimga qaramay, o‘ldirgan bo‘lardim». Cholning baliq betiga aylanib qaragisi kelmasdi. Chunki uning yarmi talon-taroj bo‘lganligini bilardi. U akulalar bilan olisharkan, quyosh ham botib, gov- gum kirgan edi. — Hademay qosh qorayadi,— dedi u.— O’shanda men, ehtimol, Gavana chiroqlarining yolqinini ko‘rarman. Mabodo sharqqa qarab haddan tashqari og‘ib ketgan bo‘lsam, unda men yangi kurortlardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling